Tairova Maxfuza Abdusattorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida mamlakatshunoslik terminlarining chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisoslikligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, Filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03.05.05.2023.Fil.163.01. raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (Dsc), professor Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori (DSc) professor Ikromxonova Feruza Ikromovna
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida mamlakatshunoslik terminlarining leksik-semantik hamda lingvistik tavsifini o‘zaro chog‘ishtirgan holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sohaga oid adabiyotlarda mamlakatshunoslik terminlarining ifodalanishi, xususan, leksikografik manbalar tahlili orqali ingliz va o‘zbek tillarida etimologik-derivatsion xususiyatlari aniqlanib, ularni leksikografik tavsiflash orqali tizimlashtirishga erishish mumkinligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi mamlakatshunoslik terminlari o‘rtasidagi paradigmatik munosabatlar (sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya, polisemiya, monosemiya, omonimiya, paronimiya) o‘rganilgan, misollar asosida ushbu hodisalarning ingliz va o‘zbek tillari mamlakatshunoslik terminologiyasida amal qilishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillari mamlakatshunoslik terminlarining sodda, kompozision, abbreviatura, gibrid, birikma terminlar sifatida ifodalanishi, lug‘atlarda leksikografik belgilar bilan tasniflanishi, terminlarning unifikatsiyalash orqali alohida leksikografik tizimga solish vositasida tahlili amalga oshirilgan;
mamlakatshunoslik terminlarning etimologik-derivatsion xususiyatlari tahlil qilinib, morfologik, sintaktik, abbreviatura hamda kalkalash omillarini tartibga solish yuzasidan tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida mamlakatshunoslik terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillari mamlakatshunoslik terminlarining sodda, kompozision, abbreviatura, gibrid, birikma terminlar sifatida ifodalanishi, lug‘atlarda leksikografik belgilar bilan tasniflanishi, terminlarning unifikatsiyalash orqali alohida leksikografik tizimga solish hamda mamlakatshunoslik terminlarning etimologik-derivatsion xususiyatlari, morfologik, sintaktik, abbreviatura hamda kalkalash omillarini tartibga solish yuzasidan olingan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I OT-2019-42 Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish nomli” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-aprel № 01/4-1492-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi soha vakillarining nutqini o‘stirishga hamda mamlakatshunoslikka doir lug‘at va elektron ilovasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi mamlakatshunoslikka oid terminlarlarning lingvokulturologik, semantik, etimologik, struktur, derevatsion, paradigmatik jihatdan farqli va o‘xshash jihatlari, shuningdek, chog‘ishtirilayotgan tillardagi sohaga oid adabiyotlarda mamlakatshunoslik terminlarining ifodalanishi, ingliz va o‘zbek tillarida etimologik derivatsion xususiyatlari, ularni leksikografik tavsiflash orqali tizimlashtirishga erishish mumkinligi yuzasidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF 201912258, “Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-aprel № 01/4-1491-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga chog‘ishtirilayotgan tillardagi mamlakatshunoslikka oid terminlarning leksik, semantic, lingvokulturologik jihatlari tahlili natijasida aniqlangan farqli va o‘xshash jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida mamlakatshunoslikka oid terminlarning etimologik-derivatsion xususiyatlari, ularni leksikografik tavsiflash, tizimlashtirishga erishish mumkinligi, shuningdek, ingliz va o‘zbek tillaridagi mamlakatshunoslik terminlari o‘rtasidagi paradigmatik sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya, polisemiya, monosemiya, omonimiya, paronimiya kabi munosabatlar, ingliz va o‘zbek tillari mamlakatshunoslik terminologiyasida lug‘atlar tuzish yuzasidagi tavsiyalardan Termiz davlat universitetida 2021-2025 yillarda amalga oshirilgan 617309-EPP-1-2020-1-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – TRIGGER” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha doirasida foydalanilgan. Natijada Xorijiy filologiya fakulteti bitiruvchi talabalari bilan sohaga oid adabiyotlarda hamda mamlakatshunoslikka oid terminlar lug‘atlarini shu sohada faoliyat yurituvchi hamda ta’lim oluvchilarga tadbiq etish yuzasidan ma’lumot berilgan;
ingliz va o‘zbek tillari mamlakatshunoslik terminlarining sodda, kompozision, abbreviatura, gibrid, birikma terminlar sifatida ifodalanishi, lug‘atlarda leksikografik belgilar bilan tasniflanishi, terminlarning unifikatsiyalash orqali alohida leksikografik tizimga solish yuzasidan berilgan tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasida “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘smirlar uchun” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali, DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 21-aprel 2025-yil 05-09-504-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatshunoslikka oid terminlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ko‘rsatilgan.