Urunova Dilbar Maxmudovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Retrovirusga qarshi terapiya fonidagi OIV infeksiyali bemorlarda har xil parametrlar va komorbid holatlarni kompleks baholash» mavzusidagi 14.00.10-Yuqumli kasalliklar, 14.00.36-Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. DSc /Tib512.
Ilmiy maslahatchilar: Axmedjanova Zulfiya Ismailovna tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yuldashev Kaxramon Xaldarovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini riovojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bayjanov Allabergan Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Semey tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: retrovirusga qarshi terapiya fonidagi OIV infeksiyali bemorlarda har xil parametrlar va komorbid holatlarni kompleks baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor OIV-infeksiyali bemorlarda 20 yildan ortiq dinamikada ikkilamchi va hamroh kasalliklar spektrida og‘iz bo‘shlig‘ining patologiyalari (81%), surunkali diareya (44,3%) ustun bo‘lganligi, o‘lim vaqtida esa – onkologik kasalliklar orasida OITS indikator bo‘lmagan o‘smalar (72%), jigar sirrozi (16%), yurak-qon tomir kasalliklari (49%) va anemiya (45%) ishonarli darajada (p<0,05) ustunligi aniqlangan;
ilk bor OIV-infeksiyasi bilan kasallangan 50 yosh va undan katta bemorlar ulushi 20 yildan ortiq kuzatuv davomida 11% dan retrovirusga qarshi terapiya sababli 42,9% gacha ortgani isbotlangan;
ilk bor komorbidlik (Charlson indeksi ≥5) 40 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bemorlarning 59,3% xollatlarda immuntanqislik rivojlanganligi xisobiga kuzatilishi isbotlangan;
ilk bor boshlang‘ich CD4 xujayralari darajasi ≥124 huj./mkl bo‘lishi, bemorning yoshi, komorbidlik hamda retrovirusga qarshi terapiyaga sodiqlik kabi omillar OIV infeksiyali bemorlarda CD4>500 huj./mkl ga erishishda ahamiyatli ekanligi asoslangan;
ilk bor retrovirusga qarshi terapiya qabul qilayotgan OIV infeksiyali bemorlarda tizimli yallig‘lanish indeksining neytrofil-limfotsitar (r=0,828, p<0,001) va trombotsitar-limfotsitar indekslari (r=0,636, p<0,001) orasida davomiy yallig‘lanish sababli korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 fevraldagi 12-son bayonnomasi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha №12/33-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor OIV-infeksiyali bemorlarda 20 yildan ortiq dinamikada ikkilamchi va hamroh kasalliklar spektrida og‘iz bo‘shlig‘ining patologiyalari (81%), surunkali diareya (44,3%) ustun bo‘lganligi, o‘lim vaqtida esa – onkologik kasalliklar orasida OITS indikator bo‘lmagan o‘smalar (72%), jigar sirrozi (16%), yurak-qon tomir kasalliklari (49%) va anemiya (45%) ishonarli darajada (p<0,05) ustunligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar (Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Ekspertlar kengashining 2024 yil 14 fevraldagi №n-r/35-sonli xulosasi). «Komorbid holatlarni baholash va OIV infeksiyasining oqibatlarini baholashda komorbidlik indeksidan foydalanish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Ushbu tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazining 2024 yil 03 apreldagi 91-R sonli va Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazining 2024 yil 6 apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 fevraldagi 12/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: natijalar OIV infeksiyali bemorlarni erta aniqlash, ularni olib borishning sifatini oshirish, asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash, prognozni yaxshilash va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: OIV infeksiyali bemorlarni kasallikning erta davrlarida aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun sarflanadigan yillik harajatlarni 5.5-7.5 mln so‘mga kamaytirish mumkin, 10 nafar bemorlar uchun 55-75 mln so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor OIV-infeksiyasi bilan kasallangan 50 yosh va undan katta bemorlar ulushi 20 yildan ortiq kuzatuv davomida 11% dan retrovirusga qarshi terapiya sababli 42,9% gacha ortgani isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar (Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Ekspertlar kengashining 2024 yil 14 fevraldagi №n-r/35-sonli xulosasi) «Komorbid holatlarni baholash va OIV infeksiyasining oqibatlarini baholashda komorbidlik indeksidan foydalanish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanomada aks ettirilgan. Ushbu tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markaziga 2024 yil 03 apreldagi 91-R sonli va Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi 2024 yil 6 apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 fevraldagi 12/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keksa bemorlarda yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda OIV infeksiyasini boshqarish taktikalari tibbiy yordam sifatini yaxshilab, ularning ijtimoiy moslashuvini va hayot sifati ortishiga xizmat qiladi Iqtisodiy samaradorligi: yoshga bog‘liq asoratlarning uchrash darajasi va og‘irligini kamaytirishga, sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanish va ushbu toifadagi bemorlarni davolash xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor komorbidlik (Charlson indeksi ≥5) 40 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bemorlarning 59,3% xollatlarda immuntanqislik rivojlanganligi xisobiga kuzatilishi isbotlanganligi bo‘yicha tavsiyalar «OIV bilan yashovchi shaxslarda kandidoz nozologiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollarda (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 23 iyundagi 180-son buyrug‘i), hamda opportunistik va koinfeksiyalarning diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha buyruqlarida (№402 2013 yil 29 noyabr` va №81 2015 yil 4 mart) aks etgan. Ijtimoiy samaradorligi OIV infeksiyali bemorlarda silni erta aniqlash misolida keltirilgan, bu kasallikning og‘ir shakllariga o‘tishining, asoratlarning kamayishiga va silning aholi orasida tarqalish xavfini pasayishiga olib kelishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: silni kasallikning boshlang‘ich davrlarida aniqlashda davolash xarajatlari o‘rtacha 19 736 000 so‘mni tashkil etsa, kech aniqlangan holatlarda (og‘ir, o‘pkadan tashqari va tarqalgan shakllarda) esa bu ko‘rsatkich - 34 000 000 so‘mgacha oshadi, kasallikni erta aniqlash, hamda oldini olish sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini tejash va og‘ir oqibatlarning oldini olishga va davolash xarajatlarini 30–40% ga kamayishiga imkon yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor boshlang‘ich CD4 xujayralari darajasi ≥124 huj./mkl bo‘lishi, bemorning yoshi, komorbidlik hamda retrovirusga qarshi terapiyaga sodiqlik kabi omillar OIV infeksiyali bemorlarda CD4>500 huj./mkl ga erishishda ahamiyatli ekanligi asoslanganligi (Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Ekspertlar kengashining 2024 yil 14 fevraldagi №n-r/35-sonli xulosasi) «OIV infeksiyasida retrovirusga qarshi terapiya samaradorligini oshirishda spirulina (Spirulina platensis)dan foydalanish» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma aks ettirilgan. Ushbu tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markaziga 2024 yil 03 apreldagi 91-R sonli va Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markaziga 2024 yil 6 apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 fevraldagi 12/33-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik monitoring va erta korreksiya tizimining joriy qilinishi orqali immun tiklanishining tezlashishi, ikkilamchi kasalliklar profilaktikasining yaxshilanishi, bemorlar hayoti sifatini va uzoq muddatli yashash ko‘rsatkichlari oshishining imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi infeksiyalarning oldini olish hisobiga davolash xarajatlari kamayishining imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor retrovirusga qarshi terapiya qabul qilayotgan OIV infeksiyali bemorlarda tizimli yallig‘lanish indeksining neytrofil-limfotsitar (r=0,828, p<0,001) va trombotsitar-limfotsitar indekslari (r=0,636, p<0,001) orasida davomiy yallig‘lanish sababli korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi isbotlanganligi (Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi Ekspertlar kengashining 2024 yil 14 fevraldagi №n-r/35-sonli xulosasi) «Komorbid holatlarni baholash va OIV infeksiyasining oqibatlarini baholashda komorbidlik indeksidan foydalanish» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ushbu tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markaziga 2024 yil 03 apreldagi 91-R sonli va Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markaziga 2024 yil 6 apreldagi 58-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 2 fevraldagi 12/33-sonli xulosasi. Ijtimoiy samaradorligi: NLR, PLR va SII larning oson va arzonligi asoratlarni erta aniqlash, hayot sifatini va tibbiy yordam qamrovini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi. NLR, PLR va SII larni oddiy umumiy qon tahlili orqali hisoblanishi boshqa yallig‘lanish markerlariga nisbatan arzon (3000-50000) bo‘lib bu OIV infeksiyali bemorlarda skrining va monitoring xarajatlarini 3-4 marta kamaytirish imkonini beradi.