Zaynobiddinov Muxammad Zahiriddin Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy javdar donining texnologik xossalarini tadqiq etib, yuqori va jaydari navli un tortish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5598.
Ilmiy rahbar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Asilbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Normatov Anvar Mirzaevich, texnika fanlari bo‘yicha (PhD), professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davalat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy javdar donidan yuqori novvoylik xususiyatli un tortish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quruq iqlim sharoitida etishtirilgan mahalliy javdar donining texnologik va novvoylik xossalari o‘rganilib, yuqori va jaydari navli un tortish texnologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
“Vaxshskaya 116” navli javdar donining 720 g/l natura og‘irlik va 50 % -li shishasimonlik ko‘rsatkichiga mos gidrotermik ishlov berishning (14,5-15% oralig‘ida namlash, 6-8 soat davomida dimlalash) maqbul rejimi eksperimental aniqlangan;
“Vaxshskaya 116” navli javdar donidan eng yuqori un chiqishi unumi 64,77-64,80 % va amilolitik faollikning maqbul qiymati (tushish soni) 177-179 s bo‘lishi tajriba asosida isbotlangan;
mazkur javdar donidan tortilgan undan tayorlangan nonning hajmi, solishtirma hajmi va mag‘zining g‘ovakligi boshqa namunalarga nisbatan mos ravishda 35 sm³, 0,28 g/sm³ va 6,1% gacha ortishi asoslangan; 
javdar donidan tortilgan novvoylik un navlari, xamir va nonning xossalari bo‘yicha olingan tahliliy va tajribaviy natijalar asosida non ishlab chiqarish korxonalari uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy javdar donidan yuqori maqsadda foydalanish, uning novvoylik xossalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyati iqlim sharoitida etishtirilgan javdar donini un tortishga tayyorlash, un chiqish unumini oshirishi hamda unning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash texnologiyasi «Oliy Ne’mat» MChJ va «Mustaqillik Nashidasi» XSISh korxonalarining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2024 yil 24 sentyabrdagi 24-95-/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, javdar unining chiqish unumi va tushish soni, non hajmi va solishtirma hajmiga hamda mag‘zining g‘ovakligiga ahamiyatli ta’sir qiladi. Un chiqish unumi 64,8% hamda tushish soni 179 s bo‘lganda non hajmi, solishtirma hajmi va mag‘zining g‘ovakligi boshqa namunalarga nisbatan mos ravishda 35 sm³, 0,28 g/sm3 va 6,1% gacha yaxshilash imkonini beradi;
javdar donidan tortilgan novvoylik un namunalari non mahsulotlarining tannarxidagi xom ashyo ulushini kamaytirishga asoslangan texnologiyasi «Ulug‘ Ne’mat» MChJ ning «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2024 yil 24 sentyabrdagi 24-95-/09-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, non mahsulotlaridagi biofaol moddalar (oziqa tolasi, mineral moddalar, vitaminlar, almashinmaydigan aminokislotalar) oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish