Boboev Shodiyor Xurozmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Samarqand viloyatida agrosanoat klasterlarini rivojlantirishning geografik asoslari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr268.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Lutfillo Ziyadullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Xalilova Xurshida Teshaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand viloyatida agrosanoat klasterlarining hududiy joylashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash asosida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning ilmiy echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligida agrosanoat klasterlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan tajribalarni amaliyotga joriy qilish, fermerlar faoliyati, davlat, ta’lim dargohlarining o‘zaro hamkorligiga asoslangan Niderlandiya tajribasi negizida “Ishlab chiqaruvchi-davlat-fan” uchlik modeli ishlab chiqilgan;
ArcGIS dasturi asosida ilk bor “Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi va agrosanoat klasterlarinig joylashuvi”, “meva-sabzavotchilik klasterlari”, “paxta-to‘qimachilik” va “g‘allachilik klasterlarining” hududiy joylashuvi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy ko‘ratkichlari aks ettirilgan 1:900000 masshtabli kartalari yaratilgan;
simpleks usulini qo‘llash orqali Samarqand viloyatidagi agrosanoat klasterlarining (Afrosiyob Jeans va Samarqand Kamalak Invest misolida) hosildorlik ko‘rsatkichi, byudjetga to‘langan soliqlar so‘mmasi, jalb qilingan investisiyalar hajmi va yaratilgan ish o‘rinlari soni bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari baholangan hamda ulardagi paxta xomashyosi, ishchi kuchi va boshqa kiruvchi resurslarning daromadga aylanish darajasini aniqlashga qaratilgan model ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyati agrosanoat klasterlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab, klasterlar infratuzilmasining holati, ularni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabat hamda agrosanoat klasterlarini rivojlantirish istiqbollari ijtimoiy sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatida agrosanoat klasterlarini rivojlantirishning geografik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natjalar asosida:
qishloq xo‘jaligida agrosanoat klasterlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan: tajribalarni amaliyotga joriy qilish, fermerlar faoliyati, davlat, ta’lim dargohlarining o‘zaro hamkorligiga asoslangan “Ishlab chiqaruvchi-davlat-fan” uchlik modeliga asoslangan Niderlandiya tajribasi asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jarligi vazirligi qoshidagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilm-fanda erishilgan yutuqlar va ilmiy yangiliklarni ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ArcGIS dasturida asosida ilk bor “Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi va agrosanoat klasterlarinig joylashuvi”, “meva-sabzavotchilik klasterlari”, “paxta-to‘qimachilik” va “g‘allachilik klasterlarining” hududiy joylashuvi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy ko‘ratkichlari aks ettirilgan 1:900000 masshtabli kartalaridan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jarligi vazirligi qoshidagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand viloyatining ixtisoslashuvi asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish, klasterlarning ba’zi turlarini rivojlantirish imkonini beruvchi hududlarni belgilab olish, shuningdek, kartalarda keltirilgan klasterlarga oid iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar agrosanoat klasterlarinig rivojlantirish strategiyasini jadallashtirish imkonini bergan;
simpleks usulini qo‘llash orqali Samarqand viloyatidagi agrosanoat klasterlarining (Afrosiyob Jeans va Samarqand Kamalak Invest misolida) hosildorlik ko‘rsatkichi, byudjetga to‘langan soliqlar so‘mmasi, jalb qilingan investisiyalar hajmi va yaratilgan ish o‘rinlari soni bo‘yicha asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari baholangan hamda ulardagi paxta xomashyosi, ishchi kuchi va boshqa kiruvchi resurslarning daromadga aylanish darajasini aniqlashga qaratilgan modeldan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jarligi vazirligi qoshidagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Samarqand Kamalak Invest Tekstil” klasterida tola ishlab chiqarish xarajatlarining 5% ga kamaytirish resurslardan maksimal samarali foydalanish imkonini bergan;
Samarqand viloyati agrosanoat klasterlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan talab, klasterlar infratuzilmasining holati, ularni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, klasterlar faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy hamkorlik ahamiyati, klasterlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasidagi munosabat hamda agrosanoat klasterlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflaridan Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jarligi vazirligi qoshidagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-312-son ma’lumotnomasi). Natijada, agrosanoat klasterlaridagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar va mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari va mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyatini bergan.