Kalbaev Alisher Maksetbay ulining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. «Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va sintetik montmorillonitlarni modifikatsiyalash hamda ularning g‘ovakli strukturasini tadqiq qilish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K1009.
Ilmiy rahbar: Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Yoʻldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Rasulbek Jumyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va sintetik montmorillonitlarni modifikatsiyalash, shuningdek, ularning g‘ovakli tuzilmasi va adsorbsion faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Cr³⁺-polioksokationlarning interkalatsiyasi uchun maksimal unum KB uchun Cr³⁺/KAS=0,4–0,8 mol nisbati va 30-40 soat davomida, L uchun esa 1-1,5 nisbatda va 20-30 soatda kuzatilib, bu esa boshlang‘ich minerallarning kristallokimyosi va almashinish jarayonlarining kinetikasi farqlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Cr³⁺-polioksokationlarning kiritilishi yuzaning kislotaligi oshishiga olib kelishi: nol zaryad nuqtasi KB uchun pH 8,32 dan 4,39 gacha (Δ≈–3,9), L uchun esa pH 7,56 dan 4,56 gacha (Δ≈–3,0) siljishi, bu kuchli kislotali gidroksokomplekslarning qatlamlararo fazoga interkalatsiyasi bilan bog‘likligi isbotlangan;
Cr-modifikatsiyadan so‘ng KBning nisbiy yuzasi 3,3 baravar (112 m²/g gacha), g‘ovaklar hajmi esa 2,6 baravar (0,297 sm³/g gacha) ortib, g‘ovaklar diametri esa 123 Å dan 99 Å gacha qisqaradi, L uchun esa SBET 3,3 baravar (198 m²/g gacha), g‘ovak hajmi 3,2 baravar (0,380 sm³/g gacha) oshib, Dpor ≈ 78 Å qiymatida saqlanadi, bu esa barqaror mikromezog‘ovakli tarmoqlarning hosil bo‘lishini asoslagan;
ODTMAB va KPAAning birgalikda kiritilishi KASning to‘yinganlik darajasini KB uchun 78 % dan 183 % gacha, L uchun esa 97 % dan 242 % gacha boshqarish imkonini berib, bu tartibli ikki zanjirli tuzilmaning (d₀₀₁=2,29-2,31 nm) shakllanishi uchun optimal tarkiblar (50 - 75% ODTMAB + 2% KPAA L uchun va 50% ODTMAB + 4% KPAA KB uchun)ni belgilashi asoslangan;
kationli sirt faol modda va poliakrilamid bilan organik modifikatsiyalanganda qisman egilgan monoqavatdan zich ikki va psevdo uch qavatli konfiguratsiyalarga o‘tishini taminlab, bunda d₀₀₁ 1,23–1,41 nm dan 2,36–2,42 nm gacha ortib, bu esa eng katta g‘ovaklik va sorbsiya o‘sishi bilan muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy hamda sintetik montmorillonit asosida interkalatsiyalangan materiallar olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
suvni tozalash uchun organik-noorganik sorbent olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi foydali modeliga patent olingan (FAP №2622, 25.11.2024 y.). Natijada, bentonit va laponit kabi qatlamli materiallar asosida sorbent olish usulini ishlab chiqish imkonini bergan;
Cr3+ polioksokationlari va SFMlar bilan modifikatsiyalangan laponit asosida sorbentlar olish va ularni bo‘yoqlar va boshqa organik ifloslantiruvchilari bor oqava suvlarni tozalashda qo‘llash usullari “Uzwoolentex” MChJ QKning “2026-2027-yillarda amaliyotga joriy etish boyicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Uzwoolentex” MChJ QK 2025 yil 3 iyundagi 38-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu adsorbsion va katalitik faollikga ega moddalarni qo'llash import analogini sarfini kamaytirish va suvlarni buyoq moddalardan 30 daqiqa 72-81% gacha, 47 daqiqa davomida 99% gacha tozalash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish