Raximjanova Shaxnoza Saidanvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uglevodorod xomashyosiga issiqlik ishlovi berib, birlamchi xaydashga tayyorlash jarayonlarini optimallashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1730.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Absalom Abdurasulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Anvar Maxmudovich texnika fanlari doktori, dotsent; Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qobiq trubali apparatlarda uglevodorod xomashyosiga distillat fraksiyalari issiqlik oqimlari bilan ishlov berib, birlamchi xaydash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft xomashyosi va distillat fraksiyalari xossalarining faza holati va qizdirish haroratiga bog‘liq o‘zgarishi isbotlanib, qobiq trubali issiqlik almashinish apparatlarda issiqlik uzatish koeffisienti aniqlangan;
atmosferada xaydash reglament sharoitida xom ashyoni isitish uchun, birinchi bosqich issiqlik almashinish apparatlari isitish sirtlarining optimal qiymatlari (Fopt = 856,7 m2, G0 = 105508 kg/soat, t = 20÷150 oC va Fum = 1781,7 m2) aniqlanib, 925 m2 isitish sirtining zaxirasida issiqlik yuklamasini 50÷62,5 % ga oshirishi isbotlangan;
unumdorligi 105508,3 kg/soat bo‘lgan issiqlik almashinish apparatlarning reglamentlangan harorat bo‘yicha ishlashi uchun isitiladigan xom ashyoning minimal qiymatini ta’minlaydigan jarayonning maqbul texnologik parametrlari asoslangan;
neft xomashyosini isituvchi issiqlik almashinish apparatlarning samaradorligini baholashning isitish yuzasi F birligiga to‘g‘ri keluvchi issiqlik Q va energiya N harajatlari nisbatini tavsiflovchi = Q/(NF) mezon asoslangan;
qobiq quvirli apparatlarda uglevodorod xomashyosiga distillat fraksiyalari issiqlik oqimlari bilan ishlov berish orqali takomillashtirilgan birlamchi xaydash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uglevodorod xomashyosiga issiqlik ishlovi berib birlamchi xaydashga tayyorlash jarayonlarini maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
distillat fraksiyalari issiqligi bilan uglevodorod xomashyoni birlamchi xaydash texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 21 yanvardagi 01-05/112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada birinchi bosqichidagi xom ashyoni isitish uchun issiqlik almashinish apparatlarnining umumiy optimal isitish yuzasi (Fopt = 856,7 m2) hisoblanib, qurilmalarning issiqlik yuklamasini 50 ÷ 60 % ga oshirish imkonini beradi;
xom ashyoni qaynoq disstilyatlar oqimi bilan qizdirish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2025 yil 21 yanvardagi 01-05/112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qizdiruvchi apparatlarning ekspluatatsion va energetik sarf harajatlarni 1,3 marotabagacha kamaytirish imkonini beradi.