Kurmaeva Diyora Nodirbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): ««COVID-19» bilan kasallangan bemorlarda metabolom profilini o‘rganish», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya, 03.00.01 – Biokimyo  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/V1302.
Ilmiy rahbarlar: Abduraximov Abrorjon Akramovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim; Xakimov Bekzod Baxromovich, falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ilg‘or texnologiyalar markazi, DSc.03/30.07.2024.V.179.01.
Rasmiy opponentlar: Daniela Rago, falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim; Muxammedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning metabolom profilini aniqlash orqali infeksiyaning og‘irligi, metabolik buzilishlar va kasallik oqibatlari bilan bog‘liq biomarkerlarni aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekistonda COVID -19 bilan kasallangan bemorlar plazmasining metabolom profili kompleks tahlili asosida 80 ta metabolit va 65 ta lipoprotein fraksiyasi aniqlangan; 
tadqiqotga kiritilgan bemorlar haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlashni ta’minlovchi noyob tuzilmali, kengaytirilgan,  yuqori darajada batafsil ma’lumotlar bazasi yaratilgan; 
asosiy biomarkerlarni aniqlash maqsadida PLS-DA asosida bemorlarning metobolik o‘zgarishlarni farqlash imkonini beruvchi model ishlab chiqilgan; 
SOVID-19 ning turli og‘irlik darajalaridagi bemorlarning metabolom profillarida farqlari aniqlangan va davolashda yangi shaxsiylashtirilgan  yondashuv uchun imkoniyatlar yaratilgan; 
ilk bor klinik ma’lumotlar asosida COVID-19 ni davolash samaradorligini baholashga qaratilgan, bemorlarning klinik ko‘rsatkichlari va xavf omillarini hisobga oluvchi prognostik model` ishlab chiqilib, klinik jihatdan tasdiqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarda metabolom profilini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar haqida ma’lumotlarni tizimlashtirish va saqlashni ta’minlovchi noyob tuzilmali ma’lumotlar ba’zasi RIAGIATM terapiya va reabilitatsiya laboratoriyasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16-son ma’lumotnomaci). Natijada, kasallikning og‘irlik xafini va davolash samaradorligini baholash, bashorat qilish, PLS-DA asosida tasnifiy modelini ishlab chiqish imkonini bergan;  
SARS-CoV-2 koronavirusini aniqlashda “Biotest SARS-CoV-2 detection kit” test-sistemasi  “Genmedical” MChJ xususiy korxonasida ko‘llanilgan va metabolom biomarkerlar joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 25 apreldagi 16-son  ma’lumotnomaci). Natijada, ko‘p parametrli immunoferment va biokimyo tahlillar o‘rniga tanlangan biomarkerlar tekshirlgan va davolash samaradorligi oshishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish