Abdulazizov Otabek Nasibjon o‘g‘lining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boldir suyaklari yopiq siniqlarida o‘tkir kompartment sindromini prognozlash va davolash”, 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3884.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Qobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xo‘janazarov  Ilxom Eshkulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: boldir suyaklari yopiq siniqlarida kuzatiluvchi o‘tkir kompartment sindromini prognozlash va davolash samaradorligini yaxshilashdan iborat. 
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
statistik ahamiyatli bo‘lgan xavf omillaridan iborat shkala mezonlari ball tizimi yordamida takomillashtirilgan va o‘tkir kompartment-sindromi rivojlanish xavfini bashorat qilishga asoslangan katta boldir suyagi sinishlarini davolash taktikasini aniqlash  usuli  (k=0,502, p=0,001) ishlab chiqilgan; 
o‘tkir kompartment sindromida fassiya ichi bosimi va plazma tarkibidagi kreatinkinaza miqdorining ortishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik ilk bor aniqlangan (r=0,01), bunda kreatinkinazaning 300 birlik/litrdan ortishi fassiotomiya jarrohlik amaliyoti uchun absolyut ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan; 
fassiya ichi bosimining 50 mm simob ustunidan va kreatinkinaza miqdorining 300 birlik/litrdan yuqori bo‘lishi kuzatilganda, o‘tkir kompartment sindromining barcha (5R) klinik belgilari (98,2%) aniqlanishi isbotlangan, bunda klinik simptomlar, fassiya ichi bosimi va kreatinkinaza miqdoriga qarab, o‘tkir kompartment sindromini uchta klinik - kompensatsiya, subkompensatsiya, dekompensatsiya bosqichlariga tansiflash asoslangan; 
o‘tkir kompartment sindromi rivojlanishini oldini olish maqsadida ilk bor girudoterapiya usulidan foydalanilgan, girudoterapiyadan keyin solishtirma dopplerografik tekshiruvlar asosida a.femoralis pul`s indeksining kamayishi, a.dorsalis pedis pul`s indeksining ko‘tarilishi hamda, ishemiyaning bartaraf etilishi aniqlangan. 
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yilning 22 maydagi 18-son bayonnomasi xulosasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2025 yil 8 maydagi 06-2438-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: statistik ahamiyatli bo‘lgan xavf omillaridan iborat shkala mezonlari ball tizimi yordamida takomillashtirilgan va o‘tkir kompartment-sindromi rivojlanish xavfini bashorat qilishga asoslangan katta boldir suyagi sinishlarini davolash taktikasini aniqlash  usuli  (k=0,502, p=0,001) ishlab chiqilganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (134/26-son buyrug‘i, 15.06.2024 yil), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (187/19-son buyrug‘i, 18.09.2024 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar o‘tkir kompartment-sindromi bilan asoratlangan katta boldir suyagi singan bemorlarni sifatli davolash samaradorligini oshirib, jarrohlik aralashuvini kamaytirishi, erta reabilitatsiyani boshlash va boldir funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini kamaytirishga imkon beradi; yumshoq to‘qimalarga kam jarohat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, yaxshi natijalar olish imkonini bergan; taklif etilgan davolash usulidan foydalanish o‘tkir kompartment-sindromi bilan asoratlangan katta boldir suyagi singan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartiradi va shifoxonada qolish to‘lov miqdorini kamaytirdi (shifoxonaning jarrohlik bo‘limlarida 5-7 kun yotib davolanish 2645526 so‘mni tashkil qiladi); - taklif qilingan davolash usuli qo‘llamagan holda muolajaning farqi 2645526 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; taklif qilingan davolash usulini qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori-darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 996000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, taklif qilingan davolash usulini qo‘llanilgan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 596000 so‘mni tashkil qildi, bu esa 400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasini tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi.  Xulosa: o‘tkir kompartment-sindromi bilan asoratlangan katta boldir suyagi singan bemorlarni davolashda, taklif qilingan prognozlash va davolash usulini qo‘llanilishi, qo‘shimcha jarrohlik amaliyotini oldini oladi, bemorda qo‘shimcha jarohat, kontrakturalar yuzaga kelishini oldi olinishi 1 bemor uchun 1322763 so‘mga tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘tkir kompartment sindromida fassiya ichi bosimi va plazma tarkibidagi kreatinkinaza miqdorining ortishi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik ilk bor aniqlangan (r=0,01), bunda kreatinkinazaning 300 birlik/litrdan ortishi fassiotomiya jarrohlik amaliyoti uchun absolyut ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (134/26-son buyrug‘i, 15.06.2024 yil), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (187/19-son buyrug‘i, 18.09.2024 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar sifatli davolash samaradorligini oshirishga va qo‘shimcha jarrohlik amaliyotini bajarishlikka bo‘lgan talabni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartiradi va shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 2645526 so‘mga kamaytirdi; Xulosa: o‘tkir kompartment-sindromi bilan asoratlangan katta boldir suyagi singan bemorlarni davolashda, taklif qilingan prognozlash va davolash usulini qo‘llanilishi, fassiotomiya jarrohlik amaliyotini oldini oladi, 1 bemor uchun 1322763 so‘mga tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: fassiya ichi bosimining 50 mm simob ustunidan va kreatinkinaza miqdorining 300 birlik/litrdan yuqori bo‘lishi kuzatilganda, o‘tkir kompartment sindromining barcha (5R) klinik belgilari (98,2%) aniqlanishi isbotlangan, bunda klinik simptomlar, fassiya ichi bosimi va kreatinkinaza miqdoriga qarab, o‘tkir kompartment sindromini uchta klinik - kompensatsiya, subkompensatsiya, dekompensatsiya bosqichlariga tansiflash asoslanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (134/26-son buyrug‘i, 15.06.2024 yil), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (187/19-son buyrug‘i, 18.09.2024 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir kompartment sindromini klinik bosqichlarga bo‘lib, uning rivojlanishini oldini olish, davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, shularning oqibatida qo‘shimcha fassiotomiya jarrohlik amaliyotini bajarmaslik va bemorning mehnat faoliyatini erta tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir kompartment sindromini uchta klinik - kompensatsiya, subkompensatsiya, dekompensatsiya bosqichlariga tansiflashda, fassiya ichi bosimini o‘lchash va kretinkinaza laborator tahlili bilan to‘ldirilishini tavsiya etilishi, asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish va iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘tkir kompartment-sindromi bilan asoratlangan katta boldir suyagi singan bemorlarda qo‘shimcha fassiotomiya operatsiyasi o‘tkazilmasligi hisobiga mablag‘larni tejash  imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir kompartment sindromi rivojlanishini oldini olish maqsadida ilk bor girudoterapiya usulidan foydalanilgan, girudoterapiyadan keyin solishtirma dopplerografik tekshiruvlar asosida a.femoralis pul`s indeksining kamayishi, a.dorsalis pedia pul`s indeksining ko‘tarilishi hamda ishemiyaning bartaraf etilishi aniqlanganligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (134/26-son buyrug‘i, 15.06.2024), Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali (187/19-son buyrug‘i, 18.09.2024 yil) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir kompartment sindromini prognozlash asosida bemorlarni engil, o‘rta va yuqori xavf guruhlariga ajratib, shu asosda bajariladigan differensial davolash taktikasi yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa to‘qimalarning ortiqcha shikastlanishini oldini olib, minimal asoratlar, statsionar davolanishning qisqa muddati va tizza hamda oshiq bo‘g‘imlarining funksional tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartiradi va shifoxonada qolish to‘lov miqdorini taxminan 2645526 so‘mga kamaytirdi; - taklif qilingan davolash usuli qo‘llamagan holda muolajaning farqi 1322763 so‘m tejashga imkon bergan; - taklif qilingan davolash usulini qo‘llamagan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori- darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 996000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, taklif qilingan davolash usulini qo‘llanilgan holda bajarilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarga shifoxonada dori darmonlarga sarf qilingan mablag‘ miqdori o‘rtacha 596000 so‘mni tashkil qildi, bu esa 400000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini bergan. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini bergan. Xulosa: o‘tkir kompartment sindromini prognozlash asosida bemorlarni engil, o‘rta va yuqori xavf guruhlariga ajratib, shu asosda bajariladigan differensial davolash taktikasi orqali amalga oshirilishi 1 bemor uchun 1722763 so‘mga tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish