G‘ulomov Xumoyun Abduvaxob o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bo‘lgan dilatatsion kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlarda zamonaviy biomarkerlar ahamiyati va farmakoterapiya samaradorligi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib 4247.
Ilmiy raxbar: Abdullaev Timur Atanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01. 
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Nosir Muxamedjanovich biologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bo‘lgan, chap qorincha otish fraksiyasi pasaygan dilatatsion kardiomiopatiya bemorlarda yurak  etishmovchiligi biomarkerlarining (ST2, NUP) yurak ichi gemodinamik ko‘rsatgichlari bilan bog‘liqligini o‘rganish va zamonaviy farmakoterapiya samaradorligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlarda NTproBNP va sST2 konsentratsiyalarining klinik holatni baholash shkalasi (KHBSh) hamda 6 daqiqalik yurish testi (6DYuT) natijalariga asoslangan jismoniy yuklamalarga tolerantlik darajasi bilan musbat korrelyasiyasi aniqlangan;  
ilk bor ushbu bemorlarda miokard elektrik dissinxroniya darajasi hamda remodellanish o‘rtasidagi patofiziologik bog‘liqlikni aks ettiruvchi assotsiatsiya: sST2 va NTproBNP konsentratsiyalari ortishi bilan QRS kompleksi davomiyligi parallel ortishi aniqlangan; 
dilatatsion kardiomiopatiya va Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchaning remodellanish xususiyatlari, hamda, ushbu bemorlarda zamonaviy kvadroterapiya samaradorligi yaqin va uzoq muddatlarda aniqlangan;   
ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya va Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bilan og‘rigan bemorlarda hayot prognozini baholash va kasallikning nohush oqibatlarini oldindan bashorat qilish uchun KHBSh > 7 ball, NTproBNP> 4475 pg/ml, sST2 > 36,6 ng/ml, ODH > 227 ml, OSH > 200 ml va QRS > 112 ms aniq prediktorlar ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025-yil 22-maydagi 18- sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha №18/20 sonli xulosasiga binoan: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya bilan og‘rigan bemorlarda NTproBNP va sST2 konsentratsiyalarining klinik holatni baholash shkalasi (KHBSh) hamda 6 daqiqalik yurish testi (6DYuT) natijalariga asoslangan jismoniy yuklamalarga tolerantlik darajasi bilan musbat korrelyasiyasi aniqlanlangan bo‘lib, ushbu tashhis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 16 martdagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak etishmovchiligida zamonaviy biomarkerlarning klinik ahamiyati» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 56 t - sonli buyruq, hamda, Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialiga 06.11.2024-yildagi 36 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Shunday qilib, ijtimoiy samaradorlik bemorlar uchun prognozni yaxshilash, ularning hayot sifatini oshirish va kasalxonaga yotqizilishlar soni hamda statsionarda bo‘lish muddatini kamaytirish orqali sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni pasaytirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SYuE bilan og‘rigan bemorlarni biomarkerlar ko‘rsatkichlariga asoslangan holda olib borish natijasida yillik shifoxonaga yotqizilish soni kamayishiga, shu bilan birga, bemorlarning statsionar davolanish kunlari soni kamayishiga erishiladi. Agar shifoxonada 1 kunlik yotoq kuni narxi 247000 so‘m bo‘lsa, 10 kun davolanish 2470000 so‘m bo‘ladi, SYuE medikamentoz davosi uchun kuniga o‘rtacha 150000-200000 so‘m sarflanishini hisobga olsak, 10 kun uchun 1500000- 2000000 so‘m bo‘ladi, SYuE tashxislash uchun esa 1 bemorga o‘rtacha 1500000- 2000000 so‘m sarflanadi.  
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor ushbu bemorlarda miokard elektrik dissinxroniya darajasi hamda remodellanish o‘rtasidagi patofiziologik bog‘liqlikni aks ettiruvchi assotsiatsiya: sST2 va NTproBNP konsentratsiyalari ortishi bilan QRS kompleksi davomiyligi parallel ortishi aniqlangan bo‘lib, ushbu tashhis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 16 martdagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak etishmovchiligida zamonaviy biomarkerlarning klinik ahamiyati» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 56 t - sonli buyruq, hamda, Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialiga 06.11.2024-yildagi 36 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ST2 darajasi yurak etishmovchiligining kechishini prognoz qilishda yuqori spesifiklikka ega bo‘lgaligini inobatga olib, ushbu biomarker bemor holatini monitoring qilish uchun yanada ob’ektiv marker sifatida tavsiya etilishi mumkin. QRS kompleksi davomiyligi va sST2 darajasi o‘rtasidagi aniqlangan bog‘liqlik KRTga bo‘lgan ko‘rsatmalarni kengaytirish va individuallashtirilgan davolash uslubini o‘z vaqtida tanlash imkonini berishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: DKMP bilan og‘rigan bemorlarda SYuE kechishini prognozlashda sST2 biomarkeridan foydalanish bemorlar holatining shifoxonagacha og‘irlashuvini erta aniqlash imkonini beradi. Buning natijasida SYuE dekompenchatsiyasi sababli gospitalizatsiyalar soni kamayishiga va bemorlarning shifoxonada davolanish kunlari kamayishiga erishiladi. Buning natijasida SYuE davolash uchun sarflanadigan harajatlarni inobatga olganda har bir bemor uchun yiliga 1030000 so‘m tejash imkonini beradi.          
uchinchi ilmiy yangilik: dilatatsion kardiomiopatiya va Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bilan og‘rigan bemorlarda chap qorinchaning remodellanish xususiyatlari, hamda, ushbu bemorlarda zamonaviy kvadroterapiya samaradorligi yaqin va uzoq muddatlarda aniqlangan bo‘lib, ushbu davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 16 martdagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak etishmovchiligida zamonaviy biomarkerlarning klinik ahamiyati» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 56 t - sonli buyruq, hamda, Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialiga 06.11.2024-yildagi 36 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: GTChOTQ bo‘lgan  bemorlarda SYuE optimal medikamentoz terapiyasiga qaramay, yurak ichi gemodinamik ko‘rsatkichlari va jismoniy yuklamalarga tolerantlikning yomonlashishi kuzatildi, bu esa yurak ichi o‘tkazuvchanligi buzilishi SYuEning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini tasdiqlaydi va GTChOTQ bo‘lgan bemorlarda KRTni erta ko‘rib chiqish zarurligini asoslaydi. Elektrokardiografik va biokimyoviy markerlarga asoslangan personallashtirilgan terapiya usuli davolash samaradorligini oshirish va kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: DKMP bilan og‘rigan bemorlarda elektrokardiografik va biomarkerlarga asoslangan personallashtirilgan terapiya usuli qayta gospitalizatsiya holatlarini kamaytiradi, bu esa yiliga har 100 bemor uchun 53000000 so‘m, yoki 1 nafar bemorga 530000 so‘mgacha tejash imkonini beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor dilatatsion kardiomiopatiya va Gis tutami chap oyoqchasi to‘liq qamali bilan og‘rigan bemorlarda hayot prognozini baholash va kasallikning nohush oqibatlarini oldindan bashorat qilish uchun KHBSh > 7 ball, NTproBNP> 4475 pg/ml, sST2 > 36,6 ng/ml, ODH > 227 ml, OSH > 200 ml va QRS > 112 ms aniq prediktorlar ekanligi aniqlangan bo‘lib,  ushbu tashhis qo‘yish taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 16 martdagi 1-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «Surunkali yurak etishmovchiligida zamonaviy biomarkerlarning klinik ahamiyati» uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga 10.09.2024-yildagi 56 t - sonli buyruq, hamda, Farg‘ona viloyati mintaqaviy filialiga 06.11.2024-yildagi 36 – sonli buyruq bilan joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan prognozlash mezonlari DKMP va SYuE bo‘lgan bemorlarda kasallikning nohush oqibatlari xavfini ob’ektiv baholash imkonini beradi. Aniqlangan prediktorlarni klinik amaliyotga joriy etish bemorlarning boshqaruv taktikasini personallashtirish, zarur davolash choralarini o‘z vaqtida tayinlash va shu bilan birga, kasallikning uzoq muddatli oqibatlarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: DKMP va GTChOTQ mavjud bemorlar uchun ishlab chiqilgan nohush oqibatlarni prognozlash algoritmi va personallashtirilgan davolash strategiyasini tanlash orqali har bir bemor uchun 1380000 so‘m, 100 bemor uchun esa 138000000 so‘m tejashga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish