Karimov Avazjon Qudratillaevichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Respublikada ommaviy sport tizimini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari” 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7247.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Arziqulov Muqim Uralovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqishning pedagogik asoslari, shart – sharoitlari va metodlarini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholi qatlamlarining nogironligi bo‘lgan bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish orqali ularning sog‘ligi, psixo-emotsional holati, ijtimoiy faolligi va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan (imkoniyatlarga moslashtirilgan mashqlar majmuasini mativatsion yondashuvga integratsiya qilingan) maxsus metodikani ishlab chiqish hisobiga imkoniyati cheklangan yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish imkoniyati kengaytirilgan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi va ijtimoiy faolligiga sport tadbirlarining ta’sirini baholovchi (sportchining rivojlanishini kuzatish, sport natijalari dinamikasini tahlil qilish va mashg‘ulotlar dasturlarini maslashtirish imkonini beruvchi) kompleks indikatorlar tizimi ishlab chiqish hisobiga sport tadbirlarining samaradorligi aniqlanib, ularni yoshlar salomatligi va faolligini oshirishdagi amaliy rolini aniqlash samaradorligi oshirilgan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini (antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini) inobatga olib maxsus mashqlar majmuasini uchta metodik blokga ajratib mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyati takomillashtirilgan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini tabaqalashtirish, funksional holatini yaxshilash hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan “besh tashabbus” mobil ilovasining mazmuniga yuklama me’yori, mashg‘ulot darajasi, mashqni bajarish davomiyligi, takrorlashlar soni, musobaqa rejimi va tiklanish jarayonini aniqlovchi innovatsion mashg‘ulot dasturi kiritilishi hisobiga mashg‘ulotlarni mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan 5 tashabbus olimpiadasi yangi mexanizmidan foydalanish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
aholi qatlamlarining nogironligi bo‘lgan bolalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish orqali ularning sog‘ligi, psixo-emotsional holati, ijtimoiy faolligi va jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan (imkoniyatlarga moslashtirilgan mashqlar majmuasini mativatsion yondashuvga integratsiya qilingan) maxsus metodikani ishlab chiqish hisobiga imkoniyati cheklangan yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublikadagi barcha viloyat sport boshqarmalarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-iyundagi buyrug‘iga asosan 02-16/6577-sondagi ma’lumotnoma). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish Namangan viloyatida 25,7 % ga, Sirdaryo viloyatida 21,4 % ga, Samarqand viloyotida esa 31,7 % ga oshganligi aniqlangan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarning sog‘ligi, jismoniy tayyorgarligi va ijtimoiy faolligiga sport tadbirlarining ta’sirini baholovchi (sportchining rivojlanishini kuzatish, sport natijalari dinamikasini tahlil qilish va mashg‘ulotlar dasturlarini maslashtirish imkonini beruvchi) kompleks indikatorlar tizimi ishlab chiqish hisobiga sport tadbirlarining samaradorligi aniqlanib, ularni yoshlar salomatligi va faolligini oshirishdagi amaliy rolini aniqlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Sport boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-iyundagi buyrug‘iga asosan 02-16/6577-sondagi ma’lumotnoma). Natijada mahalla yoshlari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 469 812 nafarga, umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 167 914 nafarga, professional ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 6 142 nafarga, oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 930 nafarga oshishiga erishilgan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini (antropometrik, morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini) inobatga olib maxsus mashqlar majmuasini uchta metodik blokga ajratib mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sirdaryo viloyati Sport boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-iyundagi buyrug‘iga asosan 02-16/6577-sondagi ma’lumotnoma). Natijada mahalla yoshlari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 172 032 nafarga, umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 103 497 nafarga, professional ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 5 115 nafarga, oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 9 815 nafarga oshishiga erishilgan;
ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy sifatlarini tabaqalashtirish, funksional holatini yaxshilash hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan “besh tashabbus” mobil ilovasining mazmuniga yuklama me’yori, mashg‘ulot darajasi, mashqni bajarish davomiyligi, takrorlashlar soni, musobaqa rejimi va tiklanish jarayonini aniqlovchi innovatsion mashg‘ulot dasturi kiritilishi hisobiga mashg‘ulotlarni mustaqil nazariy va amaliy o‘zlashtirish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand viloyati boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 20-iyundagi buyrug‘iga asosan 02-16/6577-sondagi ma’lumotnoma). Natijada Maxalla yoshlari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 613 671 nafarga, Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 451 868 nafarga, professional ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 21 041 nafarga, Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 27 231 nafarga oshishiga erishilgan.