Xadiyatullaev Ziyodullo Shuxratillaevichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped3256.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Serebryakov Yuriy Vladimirovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yuqori malakali bokschi qizlarning energiya taminoti zahirasini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarning turli kuchlanishli yuklamalaridan kelib chiqib, individual fiziologik ko‘rsatkichlar - portlovchi chidamlilik koeffisenti, portlovchi chidamlilik indeksi, kreatinfosfat ishlash qobiliyati indeksi va tezkor chidamlilik koeffisenti tahlilini tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga ishchanlik qobiliyatini baholash imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yuqori malakali bokschi qizlar tayyorgarligini oshirish uchun organizmning individual xususiyatlari va funksional holatiga (yillik tayyorgarlik davrlarida ish qobilyatining tebranish dinamikasini belgilab berish kabi) moslashtirilgan maxsus mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish hisobiga musobaqa oldi va musobaqadan keyingi davrlarda ish qobiliyatini saqlab qolish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yuqori malakali bokschi qizlarning sport mahoratini oshirish va ishchanlik qobiliyatini uzoq muddat saqlab qolish uchun organizmni yuqori shiddatga (yuklamalarga bosqichma-bosqich readaptatsion moslashish koʻrsatkichlari boʻyicha) moslashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tizimini ishlab chiqish hisobiga adaptatsiya imkoniyatlari va maxsus jismoniy tayyorgarlikni to‘liq namoyish qilish jarayoni optimallashtirilgan; 
yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqa sharoitidan kelib chiqib jismoniy sifatlarni rivojlantirishda yurak qisqarish soniga qarab tanlab yo‘naltirilgan umumiy va maxsus vositalar (ixtisoslashtirilgan va ixtisoslashtirilmagan vositalarning nisbati hamda turli xil muvofiqlashtirish murakkabligidagi yuklamalarni taqsimlash kabi) mashg‘ulot uslubiyatini ishlab chiqish hisobiga sportchilarni musobaqalarga maqsadli tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali bokschi qizlarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
yuqori malakali bokschi qizlarning energiya taminoti zahirasini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarning turli kuchlanishli yuklamalaridan kelib chiqib, individual fiziologik ko‘rsatkichlar - portlovchi chidamlilik koeffisenti, portlovchi chidamlilik indeksi, kreatinfosfat ishlash qobiliyati indeksi va tezkor chidamlilik koeffisenti tahlilini qoʻllash boʻyicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy terma jamoasi bokschi qizlarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12729-sonli ma’lumotnoma) va qayd etilgan natijalar quyidagicha: 15-16 yoshli bokschi qizlarda berilgan zarbalar aniqligi 22,80% ga, 17-18 yoshli bokschi qizlarda 17,95% ga o‘sgan; 
yuqori malakali bokschi qizlar tayyorgarligini oshirish uchun organizmning individual xususiyatlari va funksional holatiga (yillik tayyorgarlik davrlarida ish qobilyatining tebranish dinamikasini belgilab berish kabi) moslashtirilgan maxsus mashg‘ulot rejasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bokschi qizlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12729-sonli ma’lumotnoma). Natijada, 15-16 yoshli bokschi qizlarning yuqori kuchlanishda bergan zarbalari 14,70% ga, 17-18 yoshli bokschi qizlarda esa 7,82% ga oshgan; 
yuqori malakali bokschi qizlarning sport mahoratini oshirish va ishchanlik qobiliyatini uzoq muddat saqlab qolish uchun organizmni yuqori shiddatga (yuklamalarga bosqichma-bosqich readaptatsion moslashish koʻrsatkichlari boʻyicha) moslashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tizimi O‘zbekiston milliy termasi jamoa bokschi qizlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12729-sonli ma’lumotnoma). Natijada, 15-16 yoshli bokschi qizlarning past kuchlanishda berilgan zarbalar 13,08 % ga, 17-18 yoshli bokschi qizlarning qayd etgan natijalari 12.36% ga yaxshilangan;
yuqori malakali bokschi qizlarning musobaqa sharoitidan kelib chiqib jismoniy sifatlarni rivojlantirishda yurak qisqarish soniga qarab tanlab yo‘naltirilgan umumiy va maxsus vositalar (ixtisoslashtirilgan va ixtisoslashtirilmagan vositalarning nisbati hamda turli xil muvofiqlashtirish murakkabligidagi yuklamalarni taqsimlash kabi) mashg‘ulot uslubiyati O‘zbekiston milliy terma jamoasi bokschi qizlarini musobaqalarga maqsadli tayyorlash jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 03-16/12729-sonli ma’lumotnoma). Natijada, zarbalar aniqligi 20,31% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish