Nurmanova Naziyra Kudaynazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4527
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Mamat Eshkulovich pedagogika fanlari doktori, professor; Raximkulova Maxbuba Baxronovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini integrativ modulli o‘qitishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari tushunchalar semantikasini va fanlararo aloqadorlikni assotsiativ izohlash hamda mantiqiy tafakkur va faoliyatli-kasbiy ko‘nikma yaxligini bosqishma-bosqish ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini metodik rivojlantirish modeli motivatsion va ijodiy muhit, o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan  mazmuniy, konseptual-faoliyatli, integrativ jarayonli komponentlar, baholash mezonlarini integrallash bosqichlariga muvofiqlashtirish orqali takomillantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni bilish faoliyatini kengaytirish, shaxsiy intellektual salohiyatini, mantiqiy-tanqidiy tahlil qilish kompetensiyalarini mos yaxlitlash hamda  tashxis qilish mahoratini va uni tatbiq qilish usullarini didaktik maqsadlarda belgilangan kasbiy ko‘nikmalarining talablariga mos ravishda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorlash samaradorligi ishni rejalashtirish, kerakli materialni tanlash va uni blok-modullarga loyihalash hamda talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarini rag‘batlashtirishda geymofikatsiya elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integrativ modulli o‘qitishga tayyorgarligini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini integrativ modulli o‘qitishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlari tushunchalar semantikasini va fanlararo aloqadorlikni assotsiativ izohlash hamda mantiqiy tafakkur va faoliyatli-kasbiy ko‘nikma yaxligini bosqishma-bosqish ta’minlash asosida aniqlashga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025- yil 20-maydagi 11-05-3263/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak  boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini integrativ modulli o‘qitishga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini metodik rivojlantirish modeli motivatsion va ijodiy muhit, o‘quv-metodik ta’minotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan  mazmuniy, konseptual-faoliyatli, integrativ jarayonli komponentlar, baholash mezonlarini integrallash bosqichlariga muvofiqlashtirish orqali takomillastirishga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025- yil 20-maydagi 11-05-3263/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini integrativ modulli o‘qitishga tayyorligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni bilish faoliyatini kengaytirish, shaxsiy intellektual salohiyatini, mantiqiy-tanqidiy tahlil qilish kompetensiyalarini mos yaxlitlash hamda  tashxis qilish mahoratini va uni tatbiq qilish usullarini didaktik maqsadlarda belgilangan kasbiy ko‘nikmalarining talablariga mos ravishda qo‘llash asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining  2025- yil 20-maydagi 11-05-3263/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasida integrativ modulli o‘qitishga metodik  tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi takomillashgan.
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining integrativ modulli o‘qitishga metodik tayyorlash samaradorligi ishni rejalashtirish, kerakli materialni tanlash va uni blok-modullarga loyihalash hamda talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarini rag‘batlashtirishda geymofikatsiya elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 20-maydagi 11-05-3263/04 sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak  boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining oliy ta’lim muassasasida integrativ modulli o‘qitishga tayyorgarligining metodikasini samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish