Nurmatov Uzoq Xushmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Partisipativ boshqaruv uslubining o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P298.
Ilmiy rahbar: Hayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Shonazarov Asror Maxmaisoevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa dokroti (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi partisipativ boshqaruv uslubining o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga ta’siri xususiyatlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan asoslash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-psixologik omillar differinsial tahliliga ko‘ra, «Partisipativ boshqaruv uslubining o‘qituvchilar va metod birlashmalar faoliyati samaradorligiga ta’sirini baholash» so‘rovnomasi asosida rahbarlik uslubining kollegial, direktiv va popustitel komponentlari o‘qituvchilarining kasbiy faollik, tashabbuskorlik, refleksiv yondoshuv va o‘zini o‘zi baholash kabi indikatorlari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikda tahlil qilinib, boshqaruv samaradorligining partisipativ muhitda optimal darajada shakillanishi ilmiy asoslangan;
mehnat jamoasida partisipativ boshqaruv uslubining shakillanishi «qaror qabul qilishda pedagog ishtirokining real darajasi», «rahbar-o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot formasi», «menejerlarning tanqidga nisbatan ochiqligi», «tashabbuslarni rag‘batlantirish mexanizmi», «boshqaruvda ishonch va mas’uliyat taqsimoti» kabi indikatorlar differensial ifodasiga ko‘ra, kollegial-komponentli boshqaruv modeli o‘qituvchilarda kasbiy motivatsiya, tashabbuskorlik va professional sheriklikni rag‘batlantiruvchi muhim psixologik omil sifatida dalillangan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagogik jamoalarida partisipativ boshqaruv uslubining samaradorligini aniqlovchi «boshqaruv salohiyati», «kasbiy motivatsiya», «emotsional faollik», «ijtimoiy ishonch», «jamoaviylik» va «hamkorlik darajasi» indikatorlari asosida direktor (direktor o‘rinbosarlari)-fan o‘qituvchilari o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar konstruktivlik mezonlari orqali tahlil qilinib, kasbiy faoliyatga daxldorlik va qarorlar qabul qilishda ishtirok darajasi o‘rtasidagi funksional uzviylik empirik jihatdan asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarida partisipativ boshqaruv kompetensiyasining shakillanishi KOS-2 metodikasi asosida aniqlangan «kommunikativ» va «tashkilotchilik» qobiliyatlar darajalarining real boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan uzviylikda namoyon bo‘lishi, shuningdek, bu resurslarning defferinsial tahlili orqali pedagogik jamoalarda funksional tenglik, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va institusional ishonch muhitini ta’minlash omili ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Partisipativ boshqaruv uslubining o‘qituvchilar faoliyatining samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishi asosida:
ijtimoiy-psixologik omillar differinsial tahliliga ko‘ra, «Partisipativ boshqaruv uslubining o‘qituvchilar va metod birlashmalar faoliyati samaradorligiga ta’sirini baholash» so‘rovnomasi asosida rahbarlik uslubining kollegial, direktiv va popustitel komponentlari o‘qituvchilarining kasbiy faollik, tashabbuskorlik, refleksiv yondoshuv va o‘zini o‘zi baholash kabi indikatorlari bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqlikda tahlil qilinib, boshqaruv samaradorligining partisipativ muhitda optimal darajada shakillanishi ilmiy asoslangan xulosalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-337-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-337-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi rahbarlik uslublari o‘qituvchilarning kasbiy faoliyat ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan hamda boshqaruv samaradorligiga ta’sirini ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o‘rganilgan;
mehnat jamoasida partisipativ boshqaruv uslubining shakillanishi «qaror qabul qilishda pedagog ishtirokining real darajasi», «rahbar-o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot formasi», «menejerlarning tanqidga nisbatan ochiqligi», «tashabbuslarni rag‘batlantirish mexanizmi», «boshqaruvda ishonch va mas’uliyat taqsimoti» kabi indikatorlar differensial ifodasiga ko‘ra, kollegial-komponentli boshqaruv modeli o‘qituvchilarda kasbiy motivatsiya, tashabbuskorlik va professional sheriklikni rag‘batlantiruvchi muhim psixologik omil sifatida dalillangan takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-337-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-337-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, partisipativ boshqaruv muhitini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik indikatorlar aniqlangan hamda ular asosida kollegial boshqaruv modelining kasbiy motivatsiya va pedagogik sheriklikka ta’sirini empirik jihatdan o‘rganish imkoniyati kengaytirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagogik jamoalarida partisipativ boshqaruv uslubining samaradorligini aniqlovchi «boshqaruv salohiyati», «kasbiy motivatsiya», «emotsional faollik», «ijtimoiy ishonch», «jamoaviylik» va «hamkorlik darajasi» indikatorlari asosida direktor (direktor o‘rinbosarlari)-fan o‘qituvchilari o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar konstruktivlik mezonlari orqali tahlil qilinib, kasbiy faoliyatga daxldorlik va qarorlar qabul qilishda ishtirok darajasi o‘rtasidagi funksional uzviylik empirik jihatdan asoslangan takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-337-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-337-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktabi rahbarlari va o‘qituvchilari o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik munosabatlar konstruktivlik mezonlari asosida baholangan hamda bu ularning kasbiy faoliyatga daxldorligi va qaror qabul qilishdagi ishtiroki bilan bog‘liqligini tekshirish imkoniyati yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarida partisipativ boshqaruv kompetensiyasining shakillanishi KOS-2 metodikasi asosida aniqlangan «kommunikativ» va «tashkilotchilik» qobiliyatlar darajalarining real boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan uzviylikda namoyon bo‘lishi, shuningdek, bu resurslarning defferinsial tahlili orqali pedagogik jamoalarda funksional tenglik, tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va institusional ishonch muhitini ta’minlash omili ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-maydagi PM-337-son buyrug‘i bilan «Boshqaruv psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 12-maydagi PM-337-a-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar va pedagog kadrlardagi kommunikativ hamda tashkilotchilik qobiliyatlarining partisipativ boshqaruv sharoitida o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.