Tursunova Gulchexra Shoaxrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir egosentrizmi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P232.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Karaeva Yulduz Xushbakovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir shaxsida egosentirizm namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarni aniqlash hamda mazkur jarayonni bartaraf etishga qaratilgan amaliy usullarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davridagi ontogenetik inqiroz natijasida shaxs moral qarashlari tizimida o‘zini-o‘zi anglash komponentining ustuvorligi ta’sirida egosentrizmning shaxslar o‘rtasida konstruktiv munosabatlardagi disfunksiyasi ichki motivatsiya darajasini pasaytirish, subektiv nazoratning internal ko‘rinishga kelishi analiz, sintez hamda kreativ fikrlarsh elementlari kombinatsiyasida “egosentrizm indeksi” va “altruizm” komponentlarining differensial namoyon bo‘lishi dalillangan;
shaxsda ijtimoiy ko‘nikmalarni egosentrizm ko‘rsatkichlari ta’siri natijasida kommunikativ, shaxslararo tushunish, assertiv, tashkilotchilik, hamkorlik, sub’ektlararo ko‘nikmalar altruizm indikatorining kuchaytirilganligi sababli o‘smirlik davrida ijtimoiy egosentrizm yetakchi omil ekanligi dalillangan;
o‘smirlik davrida interpersonal munosabatlar dinamikasida o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi nazorat qilish kabi refleksiv jarayonlarning etishmasligi natijasida bola hulq-atvorida egoizm, rad etish, qochish, xayolparastlik, apatik, diffuziya kabi psixoemosional holatlarning statik o‘rni egosentrizmning fundamental psixologik asosi ekanligi isbotlangan;
o‘smir xulq-atvoridagi altruizm va egoizmning noproporsional munosabatini psixokorreksiyalash “pedagog-bola”, “psixolog-bola” munosabatlari kontekstida “Men”, “Biz” ni transformatsiyalash orqali egoistik xulq-atvorning psixoemosional prevensiv mexanizmlari emosional, irodaviy komponentlarni kombinatsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smir egosentrizmi namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlik davridagi ontogenetik inqiroz natijasida shaxs moral qarashlari tizimida o‘zini o‘zi anglash komponentining ustuvorligi ta’sirida egosentrizmning shaxslar o‘rtasida konstruktiv munosabatlardagi disfunksiyasi ichki motivatsiya darajasini pasaytirish, subektiv nazoratning internal ko‘rinishga kelishi analiz, sintez hamda kreativ fikrlarsh elementlari kombinatsiyasida “egosentrizm indeksi” va “altruizm” komponentlarining differensial namoyon bo‘lishi dalillanganligi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 16-agustdagi PM-233 son buyrug‘i bilan “Pedagogik psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-233 a-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘smirlik davrida axloqiy o‘zini o‘zi anglash tizimidagi o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch, ichki motivasiya, o‘zini o‘zi tahlil qilish, mushohada qilish komponentlarini shaxs refleksiv jarayoniga samarali ta’sir qilishiga sharoit yaratilgan;
shaxsda ijtimoiy ko‘nikmalarni egosentrizm ko‘rsatkichlari ta’siri natijasida kommunikativ, shaxslararo tushunish, assertiv, tashkilotchilik, hamkorlik, sub’ektlararo ko‘nikmalar altruizm indikatorining kuchaytirilganligi sababli o‘smirlik davrida ijtimoiy egosentrizm yetakchi omil ekanligi dalillanganligi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 16-agustdagi PM-233 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-233 a-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘smirlik davrida egosentrizmni namoyon bo‘lishining ijtimoiy hulq-atvor ko‘nikmalari bilan uyg‘un rivojlanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘smirlik davrida interpersonal munosabatlar dinamikasida o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi nazorat qilish kabi refleksiv jarayonlarning etishmasligi natijasida bola hulq-atvorida egoizm, rad etish, qochish, xayolparastlik, apatik, diffuziya kabi psixoemosional holatlarning statik o‘rni egosentrizmning fundamental psixologik asosi ekanligi isbotlanganligi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 16-agustdagi PM-233 son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” va  “Umumiy psixodiagnostika” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-233 a-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘smirlik davrida egosentrizm va shaxs sifatlarini shakllanishi xususida barqaror tasavvurlarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan;
o‘smir xulq-atvoridagi altruizm va egoizmning noproporsional munosabatini psixokorreksiyalash “pedagog-bola”, “psixolog-bola” munosabatlari kontekstida “Men”, “Biz” ni transformatsiyalash orqali egoistik xulq-atvorning psixoemosional prevensiv mexanizmlari emosional, irodaviy komponentlarni kombinatsiyalash orqali takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 16-agustdagi PM-233 son buyrug‘i bilan “Psixologik xizmat” va  “Psixologik trening asoslari” moduliga kiritilgan. (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 8-oktyabrdagi PM-233 a-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘smirlik davrida egosentrizm, altruizm komponentlariga asoslanib shaxs sohasiga korresion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish