Abduqodirova Muxtasarxon Latibjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlik davrida o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P448.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Nurbek Sa’dullaevich, psixologiya fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbeiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nadira G‘ayratovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlik davrida o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishning amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi boshqarishining refleksiv komponentlari shaxsning qarama-qarshiliklarni tahlil qilish, rejalashtirish, qaror qabul qilish, o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini bilish, kommunikativ, muvaffaqiyatga intilish motiviga bog‘liq ta’lim jarayonida integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlardagi “o‘quvchi pozisiyasi” bilan determinatsiyalashganligi dalillangan;
o‘smirlik davrida maktab bilan bog‘liq xavotirlanishning kuchli ifodalanishi o‘quvchidagi ichki qarama-qarshiliklarni tahlil qilish, ta’limiy maqsadlarni belgilash, qaror qabul qilishning shaxsni o‘ziga beradigan bahosi va shaxslararo munosabatlardagi xavotir darajasiga ikki qutbli ta’sir etishi natijasida o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlanishiga psixologik to‘siq ekanligi isbotlangan;
o‘smirlik davrida o‘zini o‘zi boshqarishning rivojlanishi o‘quvchilardagi mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlikning ta’lim jarayonida qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va prognozlay olish xususiyatlarini shakllanishiga ta’siri tufayli, irodaviy sifatlarning ustuvor namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
o‘smirlarning xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoiy jarayonlarda o‘zini o‘zi emotsional nazorat qilish zarurligiga ko‘ra “psixik desensibilizatsiya” holatini shaxs xususiyatlari bilan integrativ faollashtirish muhimligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘smirlik davrida o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlanishining psixologik xususiuatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
o‘quv faoliyatida o‘zini o‘zi boshqarishining refleksiv komponentlari shaxsning qarama-qarshiliklarni tahlil qilish, rejalashtirish, qaror qabul qilish, o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini bilish, kommunikativ, muvaffaqiyatga intilish motiviga bog‘liq ta’lim jarayonida integrativ namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlardagi “o‘quvchi pozisiyasi” bilan determinatsiyalashganligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 - yil 9- noyabrdagi PM-242-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Rivojlanish psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-242-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsda o‘zini o‘zi boshqarishning refleksiv komponentlari namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar ochib berilgan;
o‘smirlik davrida maktab bilan bog‘liq xavotirlanishning kuchli ifodalanishi o‘quvchidagi ichki qarama-qarshiliklarni tahlil qilish, ta’limiy maqsadlarni belgilash, qaror qabul qilishning shaxsni o‘ziga beradigan bahosi va shaxslararo munosabatlardagi xavotir darajasiga ikki qutbli ta’sir etishi natijasida o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlanishiga psixologik to‘siq ekanligi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-242-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 13 noyabrdagi PM-242-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv faoliyatida xulq atvorni boshqarish komponentlariga ustuvorlik berilishi natijasida qadriyatlar tizimidla anglangan ijtimoiy ta’sir mexanizmlari (norma, axloq, ustanovka) shaxsning o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanishi orqali shaxsiy ijtimoiy identifikatsiyaning rivojlanishi asoslanilgan;
o‘smirlik davrida o‘zini o‘zi boshqarishning rivojlanishi o‘quvchilardagi mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlikning ta’lim jarayonida qaror qabul qilish, faoliyatni rejalashtirish va prognozlay olish xususiyatlarini shakllanishiga ta’siri tufayli, irodaviy sifatlarning ustuvor namoyon bo‘lishiga bog‘liq ekanligi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 9-noyabrdagi PM-242-son buyrug‘i bilan “Shaxs psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024- yil 13- noyabrdagi PM-242-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdla iroda kuchining lokalizatsiyasiga ko‘ra boshqarish tiplari aniqlashtirilgan;
o‘smirlarning xulq-atvorda o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun ijtimoiy jarayonlarda o‘zini o‘zi emotsional nazorat qilish zarurligiga ko‘ra “psixik desensibilizatsiya” holatini shaxs xususiyatlari bilan integrativ faollashtirish muhimligi dalillangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024- yil 9-noyabrdagi PM-242-a-son buyrug‘i bilan “Muloqot psixologiyasi” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-242-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarning xulq atvorida o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.