Turg‘unov Naufal Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlarida o‘quv motivatsiyasining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1221.
Ilmiy rahbar: Dushanov Rustam Xujanovich, psixologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich; psixologiya fanlari doktori, professor; Haydarov Fazliddin Ikramovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlarida o‘quv motivatsiyasningi psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish hamda o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi shaxsiy xususiyatlarini aniqlash orqali ularning kasbiy va psixologik rivojlanishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlaridagi «muvaffaqiyatga intilish» va «kasbni egallashga intilish» o‘quv motivatsiyalari ta’lim jarayoni va kasbiy tasavvurlariga bog‘liq ravishda yetakchi ekanligi asoslangan;
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘quv motivatsiyasining shakllanganligi «axloqni me’yorlanganligi» va «tashkilotchilik» bilan integral rivojlanishi tufayli professional motivatsiyaning ustuvor namoyon bo‘lishi bog‘liq ekanligi dalillangan;.
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘quv motivatsiyasining shakllanganligi «axloqni me’yorlanganligi», «tashkilotchilik», «ustunlikka intilish», «ijtimoiy etuklik», «ijtimoiy mardlik», «o‘ziga ishonch» jihatlari bilan integral rivojlanishi tufayli yuqori motivatsiyaning ustuvor namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekani dalillangan;
kursantlarda o‘quv motivatsiyasini rivojlantirish modeli ta’lim jarayonidagi kichik guruhlar tamoyiliga muvofiq trening texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlarida o‘quv motivatsiyasinining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlaridagi «muvaffaqiyatga intilish» va «kasbni egallashga intilish» o‘quv motivatsiyalari ta’lim jarayoni va kasbiy tasavvurlariga bog‘liq ravishda yetakchi ekanligi asoslangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 19 iyundagi PM-415-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16 iyundagi PM-415-a son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘quv motivatsiyasining shakllanganligi «axloqni me’yorlanganligi» va «tashkilotchilik» bilan integral rivojlanishi tufayli professional motivatsiyaning ustuvor namoyon bo‘lishi bog‘liq ekanligi dalillashga oid O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 19 iyundagi PM-415-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16 iyundagi PM-415-a son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning o‘quv motivatsiyani takomillashtirish psixotexnologiyalari ishlab chiqilgan;
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari o‘quv motivatsiyasining shakllanganligi «axloqni me’yorlanganligi», «tashkilotchilik», «ustunlikka intilish», «ijtimoiy etuklik», «ijtimoiy mardlik», «o‘ziga ishonch» jihatlari bilan integral rivojlanishi tufayli yuqori motivatsiyaning ustuvor namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq ekani dalillashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 19 iyundagi PM-415-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16 iyundagi PM-415-a son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarni yuqori darajadagi o‘quv motivatsiyasini shakllantirish psixotexnologiyalari ishlab chiqilgan.
kursantlarda o‘quv motivatsiyasini rivojlantirish modeli vizualizatsiyalash, o‘qitish usullari, ta’limga nisbatan ichki motivatsiya negizida namoyon bo‘lishi tufayli, muammoli ta’lim, loyiha faoliyati, didaktik trening texnologiyalarini integrativ qo‘llash mexanizmlari asosida takomillashtirish asosidagi takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 19 iyundagi PM-415-son buyrug‘i bilan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025- yil 16 iyundagi PM-415-a son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlarda o‘quv motivatsiyasini optimallashtirishga mo‘ljallangan psixologik o‘quv-treninglar ishlab chiqilgan.