Qo‘ychieva Zarnigor Abdmannob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8225
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), Farsaxonova Dilafruz Rizaxonova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlangʻich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilar nutqini o‘stirishdagi tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va tizimli, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish, ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning nazariy, amaliy, metodik, texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
integratsion yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quvchilar nutqini o‘stirishga oid metodik tayyorgarligini takomillashtirish mazmuni fonetika va so‘zlarni o‘rganish, ravonlik lug‘atni boyitish, stilistik defferensiatsiya, muloqotga yo‘nalganlik komponentlarining  integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga oid metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi taʼlim jarayonini rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish kabi tashkiliy-pedagogik komponentlar uzviyligini kasbiy tayyorgarlik darajasining amaliy va mantiqiy mushohada elementlariga maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga metodik tayyorgarligini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilar nutqini o‘stirishdagi tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratish va tizimli, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar yaxlit integrativligini izchil ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 26-maydagi 11-05-3373/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil etish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish modeli o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qiyosiy qayta ishlash, xulosalar chiqarishga mustaqil yo‘naltirish, ijodiy muloqotga kirishish faolligini oshirishga qaratilgan didaktik shart-sharoitlarni yaratish hamda faoliyatga tayyorgarlik natijadorligini ta’minlashning nazariy, amaliy, metodik, texnologik tarkibiy qismlarini adekvat tarzda optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 26-maydagi 11-05-3373/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarni nutqini o‘stirishning metodik tizimi takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
integratsion yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quvchilar nutqini o‘stirishga oid metodik tayyorgarligini takomillashtirish mazmuni fonetika va so‘zlarni o‘rganish, ravonlik lug‘atni boyitish, stilistik defferensiatsiya, muloqotga yo‘nalganlik komponentlarining  integrativ xususiyatlarini didaktik yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 26-maydagi 11-05-3373/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nutqni o‘stirishga metodik tizimini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilar nutqini o‘stirishga oid metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi ta’lim jarayonini rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish kabi tashkiliy-pedagogik komponentlar uzviyligini kasbiy tayyorgarlik darajasining amaliy va mantiqiy mushohada elementlariga maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 2025-yil 26-maydagi 11-05-3373/04-sonli ma’lumotnomasi).Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Ona tili o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi» samaradorligini oshirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish