Zokirov Nodirjon Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlari xirurgik korreksiyasidan keyingi o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligi rivojlanishining exokardiografik prediktorlari ”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2338.
Ilmiy rahbar: Raximova Ra’no Abduxakimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori; Yusupalieva Gul`nora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yurak xirurgiyasi va organ transplantatsiyasi ilmiy-tekshirish instituti (Qirg‘iz Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi exokardiografik prediktorlarni hisobga olgan holda tug‘ma yurak nuqsonlarini korreksiyasida bolalarda o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligi rivojlanishini oldini olish va prognozlash chora-tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cog‘lom bolalarda o‘ng qorinchaning sistolik va diastolik funksiyasini aks ettiradigan exokardiografik ko‘rsatkichlar — TAPSE va Tei indeksining miokard holatini ob’ektiv baholash imkonini berishi sababli, ular pediatriya amaliyotida o‘ng qorincha funksiyasini skrining, erta diagnostika va dinamik kuzatuvda ishonchligi va ahamiyati isbotlangan;
tug‘ma yurak nuqsonlari korreksiyasida jarrohlik amaliyotidan keyingi erta davrning og‘ir kechishiga oid umumiy va xususiy exokardiografik prediktorlarning o‘ng qorincha funksiyasi buzilishini erta aniqlash va o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligi rivojlanish xavfini baholashda prognostik qiymati asoslangan;
tug‘ma yurak nuqsonlarini korreksiyasi o‘tkazilgan bolalardagi o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligining exokardiografik prediktorlari bilan yurak ritmi ko‘rsatkichlari, gemostaz tizimi parametrlari, jarrohlik aralashuvi sharoitlari (sun’iy qon aylanishi, aortaning qisilishi, o‘pkalar sun’iy ventilyasiyasi davomiyligi) va qo‘llanilgan dori vositalari (inotrop va vazodilatatorlar dozalari) o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘lam mavjudligi isbotlangan;
o‘ng qorincha funksiyasini baholashda exokardiografik monitoringni amalga oshirish uchun muolaja taktikasi va asoratlarni oldini olish choralarini to‘g‘ri tanlash imkonini beruvchi yangi algoritmning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlari xirurgik korreksiyasidan keyingi o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligi rivojlanishining exokardiografik prediktorlari” mavzusidagi yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 18 aprel` 15/05 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi sog‘lom bolalarda O‘Qning funksiyasini xarakterlaydigan exokardiografik parametrlar bo‘yicha normativ ko‘rsatkichlar aniqlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar mazkur populyasiyada yurak faoliyatining fiziologik xususiyatlarini aks ettirgan va turli tug‘ma va orttirilgan patologiyalardagi og‘ishlarni baholash uchun yo‘riqnomalar sifatida xizmat qiladi. Olingan normativlar yosh va antropometrik farqlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning klinik qo‘llanilishi kundalik diagnostika amaliyotida samarali bo‘lgan. Olingan natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida (klinika bosh shifokorining 2024 yil 25 yanvar`dagi №18 sonli buyrug‘i) va Bolalar milliy tibbiyot markazida (markaz direktorining 2024 yil 28 martdagi № 01-1-04/35 sonli buyrug‘i) faoliyatda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda yurak qon-tomir tizimi patologiyasini aniqlashda aniq va quly diagnostika o‘rnatishni ta’minlaydigan etalon ma`lumotlar bazasini yaratishdan iborat bo‘lib, bu erta diagnostikani amalga oshirish va asoratlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: lokal normativlardan foydalanish, qimmatga tushadigan qo‘shimcha tekshiruvlarga, masalan, MRT va MSKT ga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini bergan, bu esa davlat va xususiy tibbiyot muassasalariga diagnostikada xarajatlarni kamaytirishga yordam bergan. MRT yordamida yurakni tekshirishning o‘rtacha narxi ushbu kategoriyadagi bemorlarda 1800000 so‘mni tashkil qiladi, exokardiografiyadan foydalanish esa o‘rtacha 200000 so‘mni tashkil qiladi xolos, bu esa har bir bemorga 1600000 so‘m tejash imkonini bergan (tadqiqot miqyosida — 128000000 so‘m, n=80).
ikkinchi ilmiy yangilik: keng qamrovli klinik materiallar asosida tug‘ma yurak nuqsonlarni jarrohlik yo‘li bilan korreksiyasidan so‘ng bolalarda operatsiyadan keyingi erta davrning ham nisbatan engil, ham asoratli kechishini bashorat qilish imkonini beradigan ham umumiy, ham spesifik exokardiografik prediktorlar aniqlangan. Ushbu prediktorlar miokardning funksional holatini va yurakning o‘ng kameralariga xos gemodinamik xususiyatlarni aks ettirgan, bu esa ularni xavf darajasini erta aniqlash va bemorlarni operatsiyadan keyingi davolash chora tadbirlarini boshqarishni optimallashtirish uchun muhim vositaga aylantirgan. Olingan natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida (klinika bosh shifokorining 2024 yil 25 yanvar`dagi №18 sonli buyrug‘i) va Bolalar milliy tibbiyot markazida (markaz direktorining 2024 yil 28 martdagi № 01-1-04/35 sonli buyrug‘i) faoliyatda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: Tug‘ma yurak nuqsonlarni korreksiyasi amaliyotidan so‘ng bolalarda operatsiyadan keyingi erta davrning nisbatan engil yoki asoratli kechishini bashorat qilish imkonini beradigan exokardiografik prediktorlarni aniqlash kasallikning rivojlanish mexanizmlarini oldindan baholashga imkon yaratgan. Bu esa operatsiyadan keyingi asoratlar sonining sezilarli darajada kamayishi va bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: yurakning kontrastli MRT usulidan foydalanilganda bemorlarning ko‘pchiligiga sedatsiya va anesteziolog shifokor nazorati talab etiladi. Shuningdek, tug‘ma yurak nuqsonlar ba’zi bolalarga kislorod qo‘llab-quvvatlovi ham zarur bo‘ladi. Sedativ preparat propofolning bir ampulasi 495000 so‘mni tashkil qiladi. Odatiy exokardiografiyadan foydalanilganda sedatsiya talab etilmaydi, bu esa har bir bemor uchun 495000 so‘mni, tadqiqot ko‘lamida esa (n=80) jami 39600000 so‘mni tejash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: Tug‘ma yurak nuqsonlarni korreksiyasi amaliyotidan so‘ng bolalarda rivojlanadigan o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligining exokardiografik prediktorlari bilan yurak ritmi parametrlari, gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari, jarrohlik aralashuvi xususiyatlari (jumladan, sun’iy qon aylanishi vaqti, aorta qisilishi davomiyligi, o‘pkalar sun’iy ventilyasiyasi davomiyligi) hamda inotrop va vazodilatator terapiya dozalari o‘rtasida korrelyasion bog‘lanishlar aniqlangan. Olingan natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida (klinika bosh shifokorining 2024 yil 25 yanvar`dagi №18 sonli buyrug‘i) va Bolalar milliy tibbiyot markazida (markaz direktorining 2024 yil 28 martdagi № 01-1-04/35 sonli buyrug‘i) faoliyatda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: exokardiografik ko‘rsatkichlar bilan klinik-gemodinamik parametrlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlarni aniqlash har bir bemorga individual yondashuvni shakllantirish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorlik esa bolalarda operatsiyadan keyingi davrni samarali va xavfsiz boshqarishni ta’minlashda, o‘lim holatlari va nogironlik darajasini kamaytirishda, shuningdek, tibbiyot xodimlarining klinik qarorlar qabul qilishdagi ishonchi va tibbiy savodxonligini oshirishda namoyon bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy nuqtai nazardan individuallashtirilgan yondashuv mavjud resurslardan samarali foydalanish imkonini bergan — dori vositalarining dozasini kamaytirish, keraksiz tibbiy muolajalardan saqlanish va statsionarda bo‘lish muddatini oqilona rejalashtirish imkoni yaratilgan. Ushbu usulda tayyorlangan bemorlarda off-pump (sun’iy qon aylanish apparatisiz) aralashuvlarni o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lgan va shu bemorlarning operatsiyadan keyingi davrida reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish muddatini o‘rtacha 3,7 kundan 2,2 kungacha qisqartirishga imkon yaratgan, ya’ni reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limidada bir kunlik yotoq joyi xarajati 1000000 so‘mni tashkil etganda, har bir bemor uchun 1500000 so‘m, tadqiqot ko‘lamida esa (15 nafar bemorda) jami 22500000 so‘m tejash imkoni paydo bo‘lgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik va instrumental ma’lumotlarning chuqur va tahliliy asoslangan kompleks baholash natijasida tug‘ma yurak nuqsonlarni jarrohlik yo‘li bilan korreksiya qilingan bolalarda operatsiyadan keyingi davrda o‘ng qorincha disfunksiyasi belgilariga barvaqt tashxis qo‘yishga qaratilgan exokardiografik monitoring algoritmi ishlab chiqilgan. Mazkur algoritm monitoring jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish va baholash mezonlarini aniq belgilash imkonini beruvchi, TAPSE va Teі indeksi kabi asosiy exokardiografik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan hamda har bir bemorning klinik-gemodinamik individual xususiyatlarini hisobga olgan. Algoritmni amaliyotga joriy etish o‘tkir O‘Q etishmovchiligining rivojlanish xavfini erta aniqlash, shoshilinch va maqsadli terapevtik qarorlar qabul qilish orqali operatsiyadan keyingi davrni xavfsiz va samarali boshqarish imkoniyatini yaratgan. Olingan natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida (klinika bosh shifokorining 2024 yil 25 yanvar`dagi №18 sonli buyrug‘i) va Bolalar milliy tibbiyot markazida (markaz direktorining 2024 yil 28 martdagi № 01-1-04/35 sonli buyrug‘i) faoliyatda qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: O‘Q funksiyasini exokardiografik monitoring qilish algoritmini ishlab chiqish klinik amaliyotda diagnostika yondashuvlarini standartlashtirish va optimallashtirishga xizmat qilgan. Ushbu yondashuvning ijtimoiy samaradorligi yuqori sifatli diagnostika va davolash xizmatlarining mamlakatning barcha hududlarida, jumladan, olisda joylashgan kardiologiya va kardiojarrohlik muassasalarida ham keng joriy etilishi orqali ta’minlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritm takroriy instrumental tekshiruvlarning asossiz o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga, davolash muddatini qisqartirishga hamda butun sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni kamaytirishga xizmat qilgan. Exokardiografik prediktorlarni hisobga olib inotrop dori vositalarining dozasini o‘z vaqtida korreksiya qilish orqali antiaritmik dori vositalarini tejash imkoni yaratilgan (masalan, bir ampula adenozintrifosfat preparati narxi 300000 so‘m, bir ampula kordaron — 72000 so‘mni tashkil qilgan) va barvaqt profilaktika qilish hisobiga har bir bemorga 372000 so‘m, tadqiqot ko‘lamida esa (n=80) jami 29760000 so‘mni tejash imkoni yaratilgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlari xirurgik korreksiyasidan keyingi o‘tkir o‘ng qorincha etishmovchiligi rivojlanishining exokardiografik prediktorlari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 18 aprel`dagi 01-02/964-sonli xati yuborilgan.