Sarimov Shaxbozali Soatali o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini ta’minlash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2990. 
Ilmiy rahbar: Xolmamatov Farhodjon Kubaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklarning resurs bazasi mustahkamligini aniqlashda stress-test o‘tkazish parametri sifatida boshqa banklarga joylashtirilgan depozitlar qoldig‘ining 20 foizi qaytarib olinishi – pessimistik ssenariy, 25 foizi qaytarib olinishi – kritik ssenariy va 30 foizi qaytarib olinishi va aktivlarga joylashtirilmasligi – katastrofik ssenariy deb belgilash taklif etilgan;
depozit sertifikat saqlovchisi sertifikatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilganda, u bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi va depozitga talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar miqdorida to‘lash taklif etilgan;
bankning resurs bazasida eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan 3 ta yirik mijozlarining muddatli va jamg‘arma hisobraqamlaridagi mablag‘lar 6 oygacha bo‘lgan muddatda olib chiqib ketilishi va bank tomonidan mijozlarga kreditlar ajratish hajmi 50 foizga, kreditlar qaytishi 0,5 foizga kamayishini stress-testning bir omilli ssenariy parametri sifatida kiritish taklif etilgan;
banklarda resurslarni oqilona joylashtirishda jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha o‘lchangan foiz stavkasining o‘sish surʼatiga nisbatan joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha o‘lchangan foiz stavkasining o‘sish surʼatini kamida 20 foiz bo‘lishini ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
banklarning resurs bazasi mustahkamligini aniqlashda stress-test o‘tkazish parametri sifatida boshqa banklarga joylashtirilgan depozitlar qoldig‘ining 20 foizi qaytarib olinishi – pessimistik ssenariy, 25 foizi qaytarib olinishi – kritik ssenariy va 30 foizi qaytarib olinishi va aktivlarga joylashtirilmasligi – katastrofik ssenariy deb belgilash taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2023-yilga mo‘ljallangan “Bank faoliyatini stress-testdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024-yil 10-dekabrdagi 05-04/4716-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankini stress-testdan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilgan, bankning moliyaviy resurslari barqarorligi mustahkamlangan, 2023-yilda bankning majburiyatlari tarkibida banklararo depozitlarning ulushi 10,4 foiz yoki 1395,4 mlrd so‘mni, ulardan olingan foizli daromadlar esa 13,9 foizga oshib, 43,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
depozit sertifikat saqlovchisi sertifikatni muddati tugagunga qadar qaytarib berishni talab qilganda, u bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi va depozitga talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar miqdorida to‘lash taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2023-yilga mo‘ljallangan bankning “Emissiya siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024-yil 10-dekabrdagi 05-04/4716-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning barqaror resurslar hajmi va daromadliligi oshgan, bank xarajatlari kamayishi hisobiga moliyaviy holati yaxshilangan. Shuningdek, bankning yuridik mijozlardan jalb qilgan milliy valyutadagi depozitlari hajmi 3,1 foizga oshib 4736 mlrd so‘mni tashkil etgan va milliy valyutadagi depozitlarning o‘rtacha tortilgan stavkasi 17,7 foizni tashkil etgan.
bankning resurs bazasida eng ko‘p ulushga ega bo‘lgan 3 ta yirik mijozlarining muddatli va jamg‘arma hisobraqamlaridagi mablag‘lar 6 oygacha bo‘lgan muddatda olib chiqib ketilishi va bank tomonidan mijozlarga kreditlar ajratish hajmi 50 foizga, kreditlar qaytishi 0,5 foizga kamayishini stress-testning bir omilli ssenariy parametri sifatida kiritish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2023-yilga mo‘ljallangan “Bank faoliyatini stress-testdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024-yil 10-dekabrdagi 05-04/4716-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023-yilda bank faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilangan, xususan, bank jami daromadlari oldingi yilga nisbatan 145,2 foizga oshgan va 3392,2 mlrd so‘mni tashkil etgani holda rentabellik ko‘rsatkichi 11 foiz bandga oshib 21,8 foiz, sof foizli marja esa 0,3 foiz band oshib 4,6 foizni tashkil etgan.  
banklarda resurslarni oqilona joylashtirishda jalb etilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha o‘lchangan foiz stavkasining o‘sish surʼatiga nisbatan joylashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha o‘rtacha o‘lchangan foiz stavkasining o‘sish surʼatini kamida 20 foiz bo‘lishini ta’minlash taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2023-yilga mo‘ljallangan bankning “Aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ning 2024-yil 10-dekabrdagi 05-04/4716-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank aktivlari va passivlarining so‘ndirilish muddatlari bo‘yicha o‘zaro muvofiqligi ta’minlangan. Shuningdek, bankning chakana kreditlar qoldig‘i 3081,2 mlrd so‘m va ular bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 16,9 foizni, aholi omonatlari qoldig‘i esa 3033,1 mlrd so‘m hamda ular bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 16,9 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish