Shoyzakova Hilola Yusuf qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5259
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Abduvalieva Dilsora Nodirjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljahan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishni dasturiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari elektron resurslarning ergonomik-metodik va maxsus talablarini bajarishga ustuvorlik berish, talabalarning bilim olishiga ijodiy yondashuvlarini rag‘batlantiruvchi simulyasion muhit yaratish, dasturlashtirilgan resurslarni virtual borliqda moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xalqaro tajribalarga ko‘ra elektron didaktik vositalar funksiyalarini didaktik tamoyillarga uyg‘unlashtirish hamda eksperemental ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga maqbul integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Discussion”, “Heuristic”, “Discovery learning” va “Case study” obrazi va tasviriy intelektual tasavvurlarini  va electron talim resurslarini rivojlantiruvchi  metodlarini virtual ta’lim muhitida foydalanishning amaliy natijadorligini oshirish traektoriyasiga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida eksperimental ta’lim mazmunini oshirishga qaratilgan “Collaborative Learning”, “Inquiry Based Learning” metodlariga ustuvorlik berish hamda “Gamification Method” va “Reward System” metodlariga ko‘ra talabalarni ijodiy faoliyatga rag‘batlantirish va talabalarning ijodiy intellektual kompetensiyalarini diagnostik rivojlanishini aniqlash asosida takomillashgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini dasturiy vositalar yordamida interaktiv ta’lim resurslarini ishlab chiqishga o‘rgatish usullarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari elektron resurslarning ergonomik-metodik va maxsus talablarini bajarishga ustuvorlik berish, talabalarning bilim olishiga ijodiy yondashuvlarini rag‘batlantiruvchi simulyasion muhit yaratish, dasturlashtirilgan resurslarni virtual borliqda moslashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Molekulyar fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasiga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23-iyundagi 11-05-4036/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yo‘nalishda o‘qituvchilar uchun tayyorgarlik imkoniyatlari oshirilgan.
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish modeli xalqaro tajribalarga ko‘ra elektron didaktik vositalar funksiyalarini didaktik tamoyillarga uyg‘unlashtirish hamda eksperemental ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga maqbul integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Molekulyar fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasiga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23-iyundagi 11-05-4036/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni boyitilgan.
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi “Discussion”, “Heuristic”, “Discovery learning” va “Case study” obrazi va tasviriy intelektual tasavvurlarini  va electron talim resurslarini rivojlantiruvchi  metodlarini virtual ta’lim muhitida foydalanishning amaliy natijadorligini oshirish traektoriyasiga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Molekulyar fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasiga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23-iyundagi 11-05-4036/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy-didaktik ta’minoti rivojlangan.
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida eksperimental ta’lim mazmunini oshirishga qaratilgan “Collaborative Learning”, “Inquiry Based Learning” metodlariga ustuvorlik berish hamda “Gamification Method” va “Reward System” metodlariga ko‘ra talabalarni ijodiy faoliyatga rag‘batlantirish va talabalarning ijodiy intellektual kompetensiyalarini diagnostik rivojlanishini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar  “Molekulyar fizika fanidan amaliy mashg‘ulotlar” o‘quv qo‘llanmasiga kiritildi (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 23-iyundagi 11-05-4036/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining ijodiy intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish