G‘afurova Robiya Nasim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyalarini  takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari), (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti 
Ilmiy rahbar: Saydazimova Durdona Xabibullaevna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna pedagogika fanlari doktori, professor. Eshchanova Gulbahor Husanboevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyalarini  rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari nutq holatlariga mos grammatik vositalarni tanlay olish, kontekstual muloqot qurilishida lingvistik birliklarni qo‘llay olish, tilni o‘rganish bosqichlari, psixolingvistik xususiyatlar, til modeli va nutq turlariga ko‘ra grammatik vositalarni diskursga integratsiyalashga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalarini bosqichma-bosqich qo‘llash asosida aniqlashtirilgan; 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirish modeli grammatika va diskursni o‘zaro uyg‘unlashtirish, kommunikativ kontekstda grammatika qo‘llash salohiyatini shakllantirishga qaratilgan motivatsion, lingvistik, diskursiv-amaliy va refleksiv komponentlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlikni aks ettirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan  kognitiv va kommunikativ tamoyillarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi muloqot jarayonida grammatik birliklarni pragmatik, stilistik va funksional jihatdan kontekstga mos qo‘llashni o‘rgatishga yo‘naltirilgan interaktiv va multimodal o‘qitish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlaridan ratsional foydalanish hamda lingvistik tahlil, refleksiya va metakognitiv yondashuvlarni maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi kontekstual grammatik bilimni qo‘llash darajasini aniqlashga qaratilgan Grammatik to‘g‘rilik, diskursiv moslik, pragmatik to‘g‘rilik, ifodaviylik va ravonlik mezonlarini yozuv madaniyatini rivojlantirishning tarkibiy elementlariga maqbul uygʻunlashtirish asosida takomilshashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning grammatik-diskursiv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari: 
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari nutq holatlariga mos grammatik vositalarni tanlay olish, kontekstual muloqot qurilishida lingvistik birliklarni qo‘llay olish, tilni o‘rganish bosqichlari, psixolingvistik xususiyatlar, til modeli va nutq turlariga ko‘ra grammatik vositalarni diskursga integratsiyalashga yo‘naltirilgan ilgʻor texnologiyalarini bosqichma-bosqich qo‘llash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Practice of language aspecs” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-274/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda grammatik-diskursiv kompetensiyani rivojlantirishda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan, multimodal vositalardan va kontekstual yondashuvdan samarali foydalanishning didaktik imkoniyatlari aniqlab berildi;  
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirish modeli grammatika va diskursni o‘zaro uyg‘unlashtirish, kommunikativ kontekstda grammatika qo‘llash salohiyatini shakllantirishga qaratilgan motivatsion, lingvistik, diskursiv-amaliy va refleksiv komponentlar o‘rtasidagi funksional aloqadorlikni aks ettirish hamda shaxsga yo‘naltirilgan  kognitiv va kommunikativ tamoyillarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga izchil uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doit takliflar “Integrated Speaking skills Part II” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-274/22-sonli dalolatnomasi) Natijada, grammatik va diskursiv kompetensiyalarni bosqichma-bosqich va integratsiyalashgan holda rivojlantiruvchi motivatsion, lingvistik, amaliy va refleksiv komponentlardan tashkil topgan model takomillashtirildi;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining grammatik-diskursiv kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi muloqot jarayonida grammatik birliklarni pragmatik, stilistik va funksional jihatdan kontekstga mos qo‘llashni o‘rgatishga yo‘naltirilgan interaktiv va multimodal o‘qitish texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlaridan ratsional foydalanish hamda lingvistik tahlil, refleksiya va metakognitiv yondashuvlarni maqsadli integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Applied linguistics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-274/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, grammatik-diskursiv kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv, kontekstual va zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilgan metodik tizim taklif etildi;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarning grammatik-diskursiv kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi kontekstual grammatik bilimni qo‘llash darajasini aniqlashga qaratilgan Grammatik to‘g‘rilik, diskursiv moslik, pragmatik to‘g‘rilik, ifodaviylik va ravonlik mezonlarini yozuv madaniyatini rivojlantirishning tarkibiy elementlariga maqbul uygʻunlashtirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Practice of language aspecs” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy Pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyuldagi 22-01-274/22-sonli dalolatnomasi). Natijada, Ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligi eksperimental tajriba asosida isbotlanib, talabalar grammatik bilimlarni kontekstda qo‘llay olish va mazmunli muloqot qurish ko‘nikmalarida ijobiy o‘sishga erishganliklari aniqlandi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish