Jumaeva Sevara Dusmuratovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika fanlari), (Ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7817
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Pulatova Durdona Ravshanovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
 (PhD), dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: Komilov Nodirbek Boqijonovich Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Sodiqova Iroda Ilxomjon qizi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot:  Guliston davlat universiteti         
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining  kreativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan ijodiy sezgirlik, lingvistik ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi o‘zini ifoda eta olish layoqatini oshirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, nostandart muammolarga kreativ yondashish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish salohiyatidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik modeli amaliy yondashuvlar va tamoyillarning tizimli birligini asoslash, vizual va estetik tafakkurni ifodalash, tilni o‘zlashtirish ta’limiy integratsiyaga ko‘ra o‘qitish samaradorligini oshirish hamda ilmiy-innovatsion va kreativ gʻoyalarning konseptual, mazmunli, prossessual va diagnostik-natijaviy bloklar uzviyligiga funksional bog‘liqligini isbotlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi VS-visual thinking strategy, TBL-task-based learning, CPS-creative problem solving, Creative concentration usullariga ko‘ra Canva, padlet va flipgrid adaptiv ta’lim platformalari yordamida lingvistik, san’at va madaniyat, ijodiy topshiriqlar mazmunidagi interaktiv mashqlarni  ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish samaradorligi tasviriy echimlarning ijodiy jamoaviy muhitda samarali muloqot va muammoli vazifalarni hal qilishga qaratilgan va oʻzini-oʻzi rivojlantirishga yoʻnaltirilgan estetik uyg‘unlikni anglash natijaviyligini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ijodiy tafakkurni kengaytirishga qaratilgan ijodiy sezgirlik, lingvistik ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi o‘zini ifoda eta olish layoqatini oshirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish, nostandart muammolarga kreativ yondashish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish salohiyatidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2975/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kreativ kompetensiyasini rivojlantishni didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishildi;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirishning didaktik modeli amaliy yondashuvlar va tamoyillarning tizimli birligini asoslash, vizual va estetik tafakkurni ifodalash, tilni o‘zlashtirish ta’limiy integratsiyaga ko‘ra o‘qitish samaradorligini oshirish hamda ilmiy-innovatsion va kreativ gʻoyalarning konseptual, mazmunli, prossessual va diagnostik-natijaviy bloklar uzviyligiga funksional bog‘liqligini isbotlash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2975/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kreativ kompetensiyasini rivojlantishning metodik modeli takomillashtirildi;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish metodikasi VS-visual thinking strategy, TBL-task-based learning, CPS-creative problem solving, Creative concentration usullariga ko‘ra Canva, padlet va flipgrid adaptiv ta’lim platformalari yordamida lingvistik, san’at va madaniyat, ijodiy topshiriqlar mazmunidagi interaktiv mashqlarni  ishlab chiqish asosida takomillashtirishga xos tavsiyalardan “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2975/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kreativ kompetensiyasini rivojlantish metodikasini takomillashtirishga doir mashqlar tizimi ishlab chiqildi;
talabalarda kreativ kompetensiyani rivojlantirish samaradorligi tasviriy echimlarning ijodiy jamoaviy muhitda samarali muloqot va muammoli vazifalarni hal qilishga qaratilgan va oʻzini-oʻzi rivojlantirishga yoʻnaltirilgan estetik uygʻunlikni anglash natijaviyligini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflardan “Integrated skills” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025 yil 8-maydagi 11-05-2975/04-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda kreativ kompetensiyasini rivojlantish metodikasi takomillashtirish samaradorligi mezonlar va ularning ko‘rsatgichlar orqali aniqlashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish