Saidova Ozoda Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psxiologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P1133.
Ilmiy rahbar: Eshmuradov Olmosbek Elamanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Bahrom, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik xususiyatlarini o‘rganish asosida zarur taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda shaxslararo munosabatlardagi emotsional bilimdonlik pedagogik jarayonni chuqur anglash, o‘ziga o‘zi motivatsiya berish shaxsiy salohiyatni realizatsiyalashga, o‘z emotsiyalarini boshqarish hamda boshqa insonlarning kechinmalarini tushunish esa tashqi, real obrazni yorqin ifodalanishiga olib kelganligi tufayli emotsional intellektning rivojlanishiga ustuvorlik berish muhimligi isbotlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda kasbiy rivojlanish bilan bog‘liq jarayonda o‘zini o‘zi boshqarish, ichki salohiyatni realizatsiyalashda o‘zini o‘zi hurmat qilish, real tashqi obrazni namoyon qilishda o‘ziga bo‘lgan ishonchning darajaviy ifodalanishidagi differensial farqlarga muvofiq shaxsning o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabati ikki qutbli ta’sirga ega bo‘lgan psixologik xususiyat ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidji ta’limiy jarayondagi vaziyatlarni tahlil qilishida tashqi va zaruriy-professional qiyofani, o‘quv faoliyatini rejalashtirishida real obrazni, o‘zini o‘zi nazorat qilishida esa talabalarning shaxsiy ichki imkoniyatlarini yaqqol namoyon bo‘lishiga asoslanib, shaxsning o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali shakllantirilishi dalillangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda tanlangan kasbning statusi tashqi va real qiyofani, kasbiy faoliyatdagi istiqbol shaxsning ichki imkoniyatlarini, faollik va mustaqillik xususiyati esa pedagogik jarayonni tashkil etish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy identifikatsiya darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishning psixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda shaxslararo munosabatlardagi emotsional bilimdonlik pedagogik jarayonni chuqur anglash, o‘ziga o‘zi motivatsiya berish shaxsiy salohiyatni realizatsiyalashga, o‘z emotsiyalarini boshqarish hamda boshqa insonlarning kechinmalarini tushunish esa tashqi, real obrazni yorqin ifodalanishiga olib kelganligi tufayli emotsional intellektning rivojlanishiga ustuvorlik berish muhimligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-404-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-404-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda shaxslararo munosabatlar hamda emotsional intellektning ahamiyati isbotlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda kasbiy rivojlanish bilan bog‘liq jarayonda o‘zini o‘zi boshqarish, ichki salohiyatni realizatsiyalashda o‘zini o‘zi hurmat qilish, real tashqi obrazni namoyon qilishda o‘ziga bo‘lgan ishonchning darajaviy ifodalanishidagi differensial farqlarga muvofiq shaxsning o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabati ikki qutbli ta’sirga ega bo‘lgan psixologik xususiyat ekanligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-404-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-404-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidj shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlashga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidji ta’limiy jarayondagi vaziyatlarni tahlil qilishida tashqi va zaruriy-professional qiyofani, o‘quv faoliyatini rejalashtirishida real obrazni, o‘zini o‘zi nazorat qilishida esa talabalarning shaxsiy ichki imkoniyatlarini yaqqol namoyon bo‘lishiga asoslanib shaxsning o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatlariga ustuvorlik berish orqali shakllantirilishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-404-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-404-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda kasbiy identifikatsiya darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik imidjini shakllantirishda tanlangan kasbning statusi tashqi va real qiyofani, kasbiy faoliyatdagi istiqbol shaxsning ichki imkoniyatlarini, faollik va mustaqillik xususiyati esa pedagogik jarayonni tashkil etish bilan bog‘liq ko‘nikmalarni rivojlanishiga olib kelganligi tufayli kasbiy identifikatsiya darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19-iyundagi PM-404-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 16-iyundagi PM-404-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik imidjni shakllantirishga qaratilgan psixologik trening dasturlari ishlab chiqilgan va uning samaradorligini baholashga erishilgan.