Ikramova Kamola Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh oilalarda er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlar profilaktikasining ijtimoiy-psixologik jihatlari », 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P331.
Ilmiy rahbar: Ismailova Ra’no Nuraevna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va gender» ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Karimov Xolmurod Karimovich, psixologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh oilalarda er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlar namoyon bo‘lishining ijtimoiy-rsixologik jihatlarini o‘rganish asosida nizoli holatlarning oldini olishga oid amaliy usullarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh oilada ziddiyatlar ijtimoiy-rsixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi natijasida oilaviy muhitning nosog‘lomligi, adaptatsion inqirozlar dinamikasi, hayotiy tajribaning yetishmasligi, ijtimoiy rollarni funksional bajarishda vaqt kamligining faol ifodalanishi sababli er-xotinlar shaxsida nizolashuvchanlik xususiyatlari yetakchi psixologik determinant bo‘lishi dalillangan;
shaxsning nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari ziddiyatlar bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, konfliktli holatlarda turmush o‘rtog‘ining manfaatlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslikning ustun kelishiga ko‘ra nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning psixologik prevensiyasi dalillangan;
oilaviy munosabatlar siklida yosh er-xotinlar orasidagi ziddiyatlarning agressivlik darajalari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, salbiy hissiyotlarini psixolingvistik ifodalash, turmush o‘rtog‘iga nisbatan verbal agressiya, o‘z fikrida statik turib olish, o‘zgalarga nisbatan nonkonformizmni namyon etish orqali nizoli holatlarning «bilvosita agressiya», «negativizm» komponentlari bilan ustuvor korrelyat xarakteriga ega ekanligi isbotlangan;
hayotiy mazmun yo‘nalganligidagi tafovutlarning ziddiyatlar yuzaga kelishiga ta’siri natijasida er-xotinlar fe’l-atvorining o‘zaro nomutanosibligi, qarashlardagi differensiallik ijtimoiy va ma’naviy yo‘nalganlikning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi proporsionalligi tufayli yosh oilalarda moddiy motivlar va qadriyatlarning transformatsiyasining «pulga nisbatan munosabatlarning mos kelmasligi» bilan adekvat rivojlanishi asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yosh oilada er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olishning ijtimoiy-psixologik jihatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
yosh oilada ziddiyatlar ijtimoiy-rsixologik determinantlarga bog‘liq holda namoyon bo‘lishi natijasida oilaviy muhitning nosog‘lomligi, adaptatsion inqirozlar dinamikasi, hayotiy tajribaning yetishmasligi, ijtimoiy rollarni funksional bajarishda vaqt kamligining faol ifodalanishi sababli er-xotinlar shaxsida nizolashuvchanlik xususiyatlari yetakchi psixologik determinant bo‘lishi dalillanishiga doir xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-231-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-231a-son ma’lumotnomasi). Natijada adaptatsion inqirozlar dinamikasi, hayotiy tajribaning yetishmasligi, ijtimoiy rollarni funksional bajarishda vaqt kamligining faol ifodalanishi sababli er-xotinlar shaxsida nizolashuvchanlik xususiyatlari yetakchi o‘rin tutishini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
shaxsning nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari ziddiyatlar bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, konfliktli holatlarda turmush o‘rtog‘ining manfaatlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslikning ustun kelishiga ko‘ra nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning psixologik prevensiyasi dalillangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-231-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-231a-son ma’lumotnomasi). Natijada nizoli vaziyatlarga moyillik xususiyatlari ziddiyatlar bilan ta’sirlashuv jarayonlariga muvofiq, konfliktli holatlarda turmush o‘rtog‘ining manfaatlarini hurmat qilmaslik, bahs-munozaradan qaytmaslikning ustun kelishiga ko‘ra nizoli xulq-atvor shakllaridan «hamkorlik», «murosalilik»ning kuchaytirilishi orqali yosh er-xotinlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning psixologik prevensiyasi asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
oilaviy munosabatlar siklida yosh er-xotinlar orasidagi ziddiyatlarning agressivlik darajalari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, salbiy hissiyotlarini psixolingvistik ifodalash, turmush o‘rtog‘iga nisbatan verbal agressiya, o‘z fikrida statik turib olish, o‘zgalarga nisbatan nonkonformizmni namoyon etish orqali nizoli holatlarning «bilvosita agressiya», «negativizm» komponentlari bilan ustuvor korrelyat xarakteriga ega ekanligi isbotlashga oid takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-231-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-231a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh er-xotinlar orasidagi ziddiyatlarning agressivlik darajalari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishiga ko‘ra, salbiy hissiyotlarini psixolingvistik ifodalash, turmush o‘rtog‘iga nisbatan verbal agressiya, o‘z fikrida statik turib olish, o‘zgalarga nisbatan nonkonformizmni namoyon etish orqali nizoli holatlarning «bilvosita agressiya», «negativizm» komponentlari bilan ustuvor korrelyat xarakteriga ega ekanligi isbotlashga oid takliflar ishlab chiqilgan;
hayotiy mazmun yo‘nalganligidagi tafovutlarning ziddiyatlar yuzaga kelishiga ta’siri natijasida er-xotinlar fe’l-atvorining o‘zaro nomutanosibligi, qarashlardagi differensiallik ijtimoiy va ma’naviy yo‘nalganlikning namoyon bo‘lishiga qarama-qarshi proporsionalligi tufayli yosh oilalarda moddiy motivlar va qadriyatlarning transformatsiyasining «pulga nisbatan munosabatlarning mos kelmasligi» bilan adekvat rivojlanishi asoslanilgan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-231-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya» va «Oila psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Rsixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-231a-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh oilalarda moddiy motivlar va qadriyatlarning yetakchiligi «pulga nisbatan munosabatlarning mos kelmasligi» bilan uyg‘un rivojlanishini tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.