Fayzullaev Mirzaodil Mirzamurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smirlarda psixologik savodxonlik shakllanishining psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/P552.
Ilmiy rahbar: Eshmurodov Olmosbek Elamanovich, psixologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlar doktori, professor; Usmonov Sherzod Axmadjonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smirlarda psixologik savodxonlik shakllanishining yosh psixologik xususiyatlarini o‘rganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni shakllantirish natijasida, ularda suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok etishi, muloqot jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani yaratish bilan uyg‘unlashish orqali ustuvor komponentlar asosiy xarakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smirlardagi psixologik savodxonlikning shakllanishi orqali, ularda o‘zini anglash, stressga bardoshlilik, ijtimoiy ko‘nikma, analitik fikrlash, emotsional nazorat hamda o‘z-o‘zini motivatsiyalash tufayli psixologik savodxonlikning konstruktiv shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan;
o‘smirlarda ichki motiv, irodaviy quvvat, o‘z imkoniytalarini baholash, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlash, ijtimoiy normalarni tushunish, emotsional reaksiyalarni boshqarish takomillashuvidagi differensial farqlar tufayli o‘smirlarda psixologik savodxonlik xususiyatlarining ustuvor namoyon boʼlishi asoslangan;
o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni shakllantirishda ijtimoiy voqelikni tahlil qilish, prognozlay olish, kommunikativ qobiliyatlarni shaxslararo konstruktlarda namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra, kognitiv komponentga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda psixologik savodxonlik shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida:
o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni shakllantirish natijasida, ularda suhbatdoshni tushunish, shaxs o‘zini o‘zi idrok etishi, muloqot jarayonida refleksiya va empatiyaning namoyon bo‘lishi, fikrlashdagi ochiqlik va shaxsiy chegarani yaratish bilan uyg‘unlashish orqali ustuvor komponentlar asosiyb xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-sonlbuyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida kommunikativ ko‘nikmalarni diagnostika qilish orqali psixologik savodxonlikning ustuvor komponentlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.
o‘smirlardagi psixologik savodxonlikning shakllanishi orqali, ularda o‘zini anglash, stressga bardoshlilik, ijtimoiy ko‘nikma, analitik fikrlash, emotsional nazorat hamda o‘z-o‘zini motivatsiyalash tufayli psixologik savodxonlikning konstruktiv shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi isbotlangan takliflar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-sonlbuyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqotdagi qiyinchiliklarni namoyon bo‘lishiga hissiy sohani tadqiq etish natijasida o‘smirlar “psixologik savodxonligi” tashkillash asoslari yoritib berilgan.
o‘smirlarda ichki motiv, irodaviy quvvat, o‘z imkoniytalarini baholash, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlash, ijtimoiy normalarni tushunish, emotsional reaksiyalarni boshqarish takomillashuvidagi differensial farqlar tufayli o‘smirlarda psixologik savodxonlik xususiyatlarining ustuvor namoyon bo‘lishi asoslanganligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-sonlbuyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikdagi to‘siqlarning ta’sirini aniqlash yordamida muloqot malakalarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan.
o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni shakllantirishda ijtimoiy voqelikni tahlil qilish, prognozlay olish, kommunikativ qobiliyatlarni shaxslararo konstruktlarda namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra kognitiv komponentga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-sonlbuyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 29-sentyabrdagi PM-206-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlik davrida yosh psixologik xususiyatlariga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik savodxonlik modeli ishlab chiqilgan.