Xurmatov Yaxyobek Alijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yuqori tonnajli konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan uzun bazali platforma vagonining parametrlarini tanlash va konstruktiv echimlarini asoslash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5742
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor; Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘li – texnika fanlar doktori, dotsent. Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekspluatatsion xususiyatlarni yaxshilash va yuqori tonnajli konteynerlarni tashish samaradorligini oshirishni ta’minlovchi uzun bazali vagon-platformaning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuk ko‘taruvchi elementlarning ratsional o‘lchamlarini hisobga olgan holda geometrik parametrlarni asosli tanlash imkonini beruvchi uzun bazali vagon-platforma konstruksiyasining plastina-sterjenli chekli-elementli modeli ishlab chiqilgan;
ta’sir etuvchi ekspluatatsion yuklamalarni hisobga olgan holda vagon uzaytirilgan ramasining ratsional o‘lchamlarini asosli tanlash imkonini beruvchi vagon-platforma konstruksiyasining kuchlanganlik-deformatsiya holatini uning elementlarining geometrik parametrlariga bog‘liqliklari aniqlangan
bazasini uzaytirish va foydali yuza maydonini kengaytirish orqali yuqori tonnajli konteynerlarni tashish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi vagon-platformaning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ekspluatatsiya sharoitida mustahkamlik va ishonchlilikning hisobiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash imkonini beruvchi uzun bazali vagon-platforma konstruksiyasi elementlarining kuchlanganlik-deformatsiya holatini tenzometrik usulni qo‘llagan holda o‘lchash uchun statik va harakat-dinamik sinovlarini o‘tkazishning takomillashtirilgan dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Yuqori tonnajli konteynerlarni tashish uchun uzun bazali vagon-platformaning parametrlarini tanlash va konstruktiv echimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Barnaul vagon ta’mirlash zavodi” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 13-644 rusumli vagon-platformasi asosida uzun bazali vagon-platformaning ishlab chiqilgan takomillashtirilgan konstruksiyasi “Quyuv-mexanika zavodi” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 25 maydagi №4/E690-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori tonnajli konteynerlarni tashish uchun vagon-platformani takomillashtirilgan konstruksiyasining tara og‘irligi pasaygan, yuk ko‘tarish qobiliyati va sig‘imi oshirilgan.
uzun bazali vagon-platformaning statik va harakat-dinamik sinovlarini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur va uslubiyoti ishlab chiqarish va dala sharoitida uzun bazali vagon-platforma konstruksiyasining yuklanganligini eksperimental tadqiq qilishda “Quyuv-mexanika zavodi” AJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025 yil 25 maydagi №4/E690-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishdan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik yuk tashish samaradorligini oshirish hamda poezdlarni tortish va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirish hisobiga
742 mln so‘mni tashkil etgan.