G‘aniev Jaxongir Malikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Disksimon o‘zgravitasiyalanuvchi sistemalarda mayda masshtabli tebranish modalari va ularning beqarorligi masalalari”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1151
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/05.05.2023.FM.01.18.
Rasmiy opponetlar: Atamurotov Farruh Shuxratovich, fizika-matematika fanlari doktori; Burxonov Otabek Anvarjonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “TIQXMMI” Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Galaktikamiz yulduzlar tarqoq to‘dalari (YuTT) hamda gigant molekulyar bulutlari (GMB) maxsus kataloglarini tuzish va ularning turli fizik parametrlari orasida statistik taqdiqotlarini o‘tkazish, YuTT larning klassifikasiyalarini ularning fizik parmetrlari asosida ishlab chiqish, nochiziqli nostatsionar modellar fonida mayda masshtabli ham gorizontal ham vertikal tebranishlarni tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor nostatsionar disksimon kollapslanuvchi modellar gravitatsion beqarorliklari mayda masshtabli gorizontal va vertikal tebranish modalari uchun hisoblandi;
ilk bor ushbu olingan natijalar asosida Galaktikamiz YuTT lari sistemasining shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshlang‘ich shartlar kollapslanish tempini xarakterlovchi virial parametrga bog‘liq holda aniqlandi;
yangi anizotrop tezlik diagrammasiga ega bo‘lgan disksimon o‘zgravitasiyalanuvchi sistemalarning nochiziqli nostatsionar tuzilma modeli qurildi va unung yordamida qator NDT lar topildi;
birinchi marotaba YuTT va GMB lar kuzatuv ma’lumotlari statistik tahlillari asosida ularning alohida asosiy fizik xarakteristikalari orasidagi o‘zaro empirik bog‘lanishlar topildi, YuTT larning asosiy fizik parametrlari yordamida ularni sinflashtirish amalga oshirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
yangi qurilgan nochiziqli nostatsionar tuzilma model asosida olingan natijalardan O‘zRFA Yadro fizika institutining F-FA-2021-510 raqamli “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyasi doirasida neytron yulduzlardagi yadro moddalarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida, neytron yulduzlar atrofidagi g‘alayonlarni tadqiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2025 yil 29 maydagi 2/1255-1318 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neytron yulduzlar atrofidagi vertikal g‘alayonlarnig mexanizmlarini aniqlashga erishilgan;
nostatsionar disksimon kollapslanuvchi model yordamida hisoblangan mayda masshtabli gorizontal tebranish modalarining natijalaridan O‘zRFA Yadro fizika institutining F-FA-2021-510 raqamli “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyasi doirasida neytron yulduzlardagi yadro moddalarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida, neytron yulduzlar sirtidagi g‘alayonlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2025 yil 29 maydagi 2/1255-1318 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarning qo‘llanilishi neytron yulduzlarning sirtida kuzatiluvchi tebranishlar tabiatini tadqiq qilishga imkon bergan;
tuzilgan YuTT va GMB lar kataloglari asosida olingan empirik bog‘lanishlar hamda ularni sinflashtirish natijalaridan O‘zRFA Yadro fizika institutining F-FA-2021-510 raqamli “Modifikatsiyalangan gravitatsiya nazariyasi doirasida neytron yulduzlardagi yadro moddalarini tadqiq etish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2025 yil 29 maydagi 2/1255-1318 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neytron yulduzlarning fizik parametrlari orasidagi empirik bog‘lanishlar topilgan va ularni sinflashtirish amalga oshirilgan.