Marufov Oybekjon Uktamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rishning protsessual hususiyatlari” 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Yu1235
Ilmiy rahbar:Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori, professor, Avezov Kosim Safarovich yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xuzuridagi Sudyalar oliy maktabi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi : Sudlarda erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rish va hal etish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish orqali mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
      davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha prokurorning sudga murojaat qilishga haqli bo‘lishi va ushbu toifadagi ishlarni sudda qonuniy, asosli va adolatli ko‘rilishiga ko‘maklashish maqsadida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishda ishtirok etishi mumkinligini fuqarolik protsesssual  qonunchilikda belgila asoslantirilgan;                                                          
      erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni sudda qo‘zg‘atishning o‘ziga xos xususiyatlarini, jumladan, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi, da’vo arizasining mazmuni, da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati bilan bog‘liq normalar fuqarolik protsessual qonunchilikda o‘z ifodasini topishi ilmiy asoslantirilgan;        o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan er uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni sudda muhokama qilish xususiyatlari va muddatlari, ish yuzasidan chiqariladigan sudning hal qiluv qarori bilan bog‘liq normalar fuqarolik protsessual qonunchilikda o‘z ifodasini topishi ilmiy asoslantirilgan;        erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan boshqa turkumdagi nizolardan farqli ravishda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan er uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini qonunlikda belgilash asoslantirilgan.                                                                       
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan: 
         davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha prokurorning sudga murojaat qilishga haqli bo‘lishi va ushbu toifadagi ishlarni sudda qonuniy, asosli va adolatli ko‘rilishiga ko‘maklashish maqsadida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishda ishtirok etishini fuqarolik protsesssual qonunchilikda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 30 sentyabrdagi O‘RQ-968-sonli Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 50-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 5 martdagi 27/2-41-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida erga oid nizoli ishlarda prokuror ishtirokini ta’minlash va huquqi buzilgan shaxslarning sud orqali himoya huquqini qo‘shimcha ravishda kafolatlashga asos bo‘lgan.  
erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlar bo‘yicha sudga murojaat qilish tartibi, da’vo arizasining mazmuni, da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini fuqarolik protsessual qonunchilikda aniq belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga er uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-997-sonli Qonuning 4-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan 232-bob (2706-27010-moddalar)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 martdagi 3/dn-48-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ushbu toifadagi nizoli ishlar yuzasidan sudda ish qo‘zg‘atishning asosli bo‘lishi bilan birga, sudga murojaat qiluvchi taraflarga o‘z da’vo arizalarini to‘g‘ri rasmiylashtirishga xizmat qilgan; 
erga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni sudda muhokama qilish xususiyatlari va muddatlari, ish yuzasidan chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bilan bog‘liq normalar fuqarolik protsessual qonunchilikda o‘z ifodasini topish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga er uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-997-sonli Qonuning 4-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan 232-bob (2706-27010-moddalar)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 martdagi 3/dn-48-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi natijada ushbu toifadagi nizoli ishlar yuzasidan sudning qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorini chiqarishga xizmat qilgan; 
             o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan er uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yilmasligini qonunlikda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga er uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-997-sonli Qonuning 4-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan 232-bob (2706-27010-moddalar)da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 7 martdagi 3/dn-48-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi erga oid nizolarni sudlarda ko‘rilishida qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun jazoning muqarrarligi tamoyilini amlga oshirishga xizmat qiladi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish