Xaydarova Dildora Jaxongir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ hisobni takomillashtirish», 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2247 
Ilmiy rahbar: Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Babaxalov Norbo‘ta Eshnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ hisob tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ hisob” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari, aktivlari va majburiyatlari holati, kapital o‘zgarishi hamda iqtisodiy natijalarini xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablari asosida tizimli ravishda yig‘ish, tasniflash, qayta ishlash va tahlil qilish orqali kompaniya rahbariyati hamda manfaatdor shaxslarning samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishini ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan;
korporativ tuzilmalarda tranzaksion xarajatlarni hisobga olishda 9470 – “Tranzaksion xarajatlar” schyotini tanlash va tuzilgan xarajatlarni hisobga olish buxgalteriya tizimlarida boshqaruv yoki operatsion xarajatlarni ifodalashning aniqligini oshirish maqsadida 9410 va 9420 ishchi schyotlardan foydalanish orqali aksionerlik jamiyatlarida korporativ hisobni takomillashtirish asoslangan;
korporatsiya egalarining manfaatlarini inobatga olgan holda, moliyaviy ma’lumotlarning shaffofligi, aniqligi va to‘g‘ri qaror qabul qilishdagi foydaliligini ta’minlashga qaratilgan yondashuv asosida korporativ moliyaviy hisoboti ishonchliligining 20-25% ga oshishi va boshqaruv qarorlarining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilanishi asoslangan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining daromadlari va sof foydasining uzoq muddatli davrdagi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028-yilga qadar moliyaviy holatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ hisobni takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korporativ hisob” tushunchasining iqtisodiy mazmunini korxonaning moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari, aktivlari va majburiyatlari holati, kapital o‘zgarishi hamda iqtisodiy natijalarini xalqaro standartlar va milliy qonunchilik talablari asosida tizimli ravishda yig‘ish, tasniflash, qayta ishlash va tahlil qilish orqali kompaniya rahbariyati hamda manfaatdor shaxslarning samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishini ta’minlash jihatidan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Finansovaya otchetnost`” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (TDIU 2022 – yil “24” oktyabrdagi “328” – soni buyrug‘iga asosan). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda kompaniya rahbariyati hamda manfaatdor shaxslarning samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishini ta’minlash jihatidan takomillashtirilgan korporativ hisob tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
korporativ tuzilmalarda tranzaksion xarajatlarni hisobga olishda 9470 – “Tranzaksion xarajatlar” schyotini tanlash va tuzilgan xarajatlarni hisobga olish buxgalteriya tizimlarida boshqaruv yoki operatsion xarajatlarni ifodalashning aniqligini oshirish maqsadida 9410 va 9420 ishchi schyotlardan foydalanish orqali aksionerlik jamiyatlarida korporativ hisobni takomillashtirish taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning hisob siyosatiga kiritilgan ("O‘zkimyosanoat" AJning 2025-yil 20-iyundagi 03-1779-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida kompaniya xarajatlarni boshqarishni takomillashtirish va korporativ faoliyat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
korporatsiya egalarining manfaatlarini inobatga olgan holda, moliyaviy ma’lumotlarning shaffofligi, aniqligi va to‘g‘ri qaror qabul qilishdagi foydaliligini ta’minlashga qaratilgan yondashuv asosida korporativ moliyaviy hisoboti ishonchliligining 20-25% ga oshishi va boshqaruv qarorlarining samaradorligi sezilarli darajada yaxshilanishiga oid taklifi “O‘zkimyosanoat” AJning hisob siyosatiga kiritilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 20-iyundagi 03-1779-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida korporativ maqsadni aniqlash, korporatsiya xodimlarini safarbar qilish, korporativ tuzilishga tegishli bo‘lishning aniq mezonlarini aniqlash, tashkilotning qadriyatlar tizimini shakllantirish, innovatsion tadbirkorlik g‘oyalarini ilgari surish, korporativ tuzilma samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining daromadlari va sof foydasining uzoq muddatli davrdagi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan moliyaviy holatining prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zkimyosanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2025-yil 20-iyundagi 03-1779-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida aksiyadorlik jamiyati daromadlari va sof foydasining uzoq muddatli davrdagi ijobiy moliyaviy holatini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish