Abdug‘aniev Abdulaziz Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiyalarni fond bozori orqali moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3729.
Ilmiy rahbar: Tojiev Raxmatilla Rahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish orqali O‘zbekistonda fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarni fond bozori orqali moliyalashtirishni “Toshkent” fond birjasi ko‘magida Sanoat qurilish bankida (SQB) ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni sek`yuritizatsiyalash jarayonini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
kompaniyalar tomonidan o‘z investision loyihasi uchun kapitalni jalb etishda mazkur loyiha umumiy qiymatining 40 foizini bank krediti, 60 foizini esa Toshkent fond birjasi orqali amalga oshiriluvchi kompaniya aksiyalarini sotish yoki obligatsiyalar chiqarish orqali ta’minlashga yo‘naltirilgan “O‘rta va yirik xususiy kompaniyalar uchun 60/40 nisbat asosida moliyalashtirish dasturi”ni yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
davlat obligatsiyalari, korporativ obligatsiyalar kabi asosiy daromadli aktivlarni tokenizatsiya qilish uchun aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni qayd etadigan raqamli tizimni anglatuvchi taqsimlangan reestr texnologiyasini (DLT) joriy etish orqali investisiyalarni fond bozori orqali moliyalashtirishni takomillashtirish asoslangan;
AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiya turkumini joriy etish va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiyalarni joriy etishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fond bozorlari infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish orqali O‘zbekistonda fond bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
investisiyalarni fond bozori orqali moliyalashtirishni “Toshkent” fond birjasi ko‘magida Sanoat qurilish bankida (SQB) ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni sek`yuritizatsiyalash jarayonini joriy etish orqali takomillashtirish taklifi AJ “Sanoat Qurilish Bank” tomonidan amaliyotga joiy etilgan (AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning 2025 yil 12 martdagi № 01-13/5005-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital bozorini rivojlantirish, yangi investision instrumentlarni joriy qilish va portfel investision salohiyatini oshirish imkoni yaratilgan;
kompaniyalar tomonidan o‘z investision loyihasi uchun kapitalni jalb etishda mazkur loyiha umumiy qiymatining 40 foizini bank krediti, 60 foizini esa Toshkent fond birjasi orqali amalga oshiriluvchi kompaniya aksiyalarini sotish yoki obligatsiyalar chiqarish orqali ta’minlashga yo‘naltirilgan “O‘rta va yirik xususiy kompaniyalar uchun 60/40 nisbat asosida moliyalashtirish dasturi”ni yaratish taklifi AJ “Sanoat Qurilish Bank” tomonidan amaliyotga joiy etilgan (AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning 2025 yil 12 martdagi № 01-13/5005-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida o‘rta va yirik xususiy kompaniyalar uchun moliyalashtirish dasturini yaratish imkoni taqdim etilgan;
davlat obligatsiyalari, korporativ obligatsiyalar kabi asosiy daromadli aktivlarni tokenizatsiya qilish uchun aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni qayd etadigan raqamli tizimni anglatuvchi taqsimlangan reestr texnologiyasini (DLT) joriy etish orqali investisiyalarni fond bozori orqali moliyalashtirishni takomillashtirish taklifi AJ “Sanoat Qurilish Bank” tomonidan amaliyotga joiy etilgan (AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning 2025 yil 12 martdagi № 01-13/5005-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chakana investorlar uchun qulay shaklda joriy etish, smart-kontraktlar orqali hisob-kitoblarni butunlay avtomatlashitirish, butun jarayonni aqlli shartnomalar asosida amalga oshirish orqali barcha ishtirokchilar hech qanday vositachi ishtirokisiz yoki vaqtni yo‘qotmasdan darhol natijaga ishonch hosil qilish imkoni yaratilgan;
AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiya turkumini joriy etish va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida 2027 yilga qadar ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiyalarni joriy etishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. taklifi AJ “Sanoat Qurilish Bank” tomonidan amaliyotga joiy etilgan (AJ “Sanoat Qurilish Bank”ning 2025 yil 12 martdagi № 01-13/5005-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiya turkumini joriy-etish uchun va sifat jihatidan baholashning ko‘p omilli balans ekonometrik modeli asosida oxirgi 20 yil davomida (2004-2024) respublika bo‘yicha ajratilgan ipoteka kreditlarini (u) ergashuvchi omil va asosiy foiz stavkasining o‘zgarishi (2004-2024) (x1) ta’sir qiluvchi, shu jumladan, aholining o‘sishi (2004-2024) (x2) ta’sir qiluvchi omil sifatida tahlil qilinib, unga ko‘ra ipoteka bilan ta’minlangan obligatsiyalarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan.