Isroilov Bektosh Erkinovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida vorisiylikka an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fal70
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodoyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida vorisiylikka an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning shakllanishi, integratsiyasi hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida avlodlar o‘rtasidagi bilim uzatishning texnologik va madaniy mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan an’anaviy hamda innovatsion yondashuvlarni sintez qiluvchi yangi “Virtual etnografik arxivlar”, “Interaktiv muzeylar”, “Gamifikatsiyalangan o‘qitish”, “Smart qishloqlar” kabi gibrid modellar samaradorligi isbotlangan;
ijtimoiy institutlar va ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim hisoblangan vorisiylikni innovatsion yondashuv asosida ta’minlash uchun sun’iy intellekt, raqamli platformalar asosida qadriyatlarni saqlashdagi ma’lumotlarni kontekstualizatsiya qilish hamda interaktiv ta’lim platformalarini yo‘lga qo‘yish singari mexanizmlar ko‘rsatib berilgan;
vorisiylikka an’anaviy va innovatsion yondashuvlar asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda empirik (so‘rovnoma, statistik tahlil, korrelyasion) metodlar solishtirilib, an’anaviy (xalq og‘zaki ijodi, tarixiy tajribalar, madaniy identitet) va institusional (davlat boshqaruvi, ta’lim tizimi, jamoat institutlari) omillar aniqlangan;
O‘zbekistonda vorisiylikning jamiyat barqarorligidagi ahamiyatiga oid an’anaviy yondashuvlar bilan zamonaviy innovatsion strategiyalar o‘rtasidagi kognitiv, kommunikativ va emotsional sintez jarayonlari asoslangan;
global va mintaqaviy miqyosda vorisiylikka oid an’anaviy-innovatsion yondashuvlarning o‘zaro ta’sirini metaforik, dialektik, kognitiv metodlar yordamida sintez qilib, jamiyat taraqqiyotining madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorligini mustahkamlovchi multidissipliner paradigmani shakllantirishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Insonlarning vorisiylik tamoyiliga uyg‘un holda an’anaviy va innovatsion yondashuvlarini falsafiy tahlil etish natijasida erishilgan ilmiy xulosalar asosida:
globallashuv sharoitida avlodlar o‘rtasidagi bilim uzatishning texnologik va madaniy mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan an’anaviy hamda innovatsion yondashuvlarni sintez qiluvchi yangi “Virtual etnografik arxivlar”, “Interaktiv muzeylar”, “Gamifikatsiyalangan o‘qitish”, “Smart qishloqlar” kabi gibrid modellar samaradorligi isbotlanganligiga doir taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti bilan hamkorlikda Evropa Ittifoqi Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xalqaro amaliy grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 11-martdagi 684/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, avlodlar o‘rtasidagi almashinuvlarda ajdodlar yaratgan milliy mentalitetning madaniy aloqalari kreativ tarzda boyitishiga falsafiy jihatdan xizmat qilgan;
ijtimoiy institutlar va ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim hisoblangan vorisiylikni innovatsion yondashuv asosida ta’minlash uchun sun’iy intellekt, raqamli platformalar asosida qadriyatlarni saqlashdagi ma’lumotlarni kontekstualizatsiya qilish hamda interaktiv ta’lim platformalarini yo‘lga qo‘yish singari mexanizmlar ko‘rsatib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazi tomonidan “Jamiyat barqarorligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishning inovatsion omillari” mavzusidagi 2021-yilda bajarilgan 07-raqamli amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2025-yil 14-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning vorisiylikka innovatsion yondashuvida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoniga bo‘lgan qizivishlarini oshirishga xizmat qilgan;
vorisiylikka an’anaviy va innovatsion yondashuvlar asosida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda empirik (so‘rovnoma, statistik tahlil, korrelyasion) metodlar solishtirilib, an’anaviy (xalq og‘zaki ijodi, tarixiy tajribalar, madaniy identitet) va institusional (davlat boshqaruvi, ta’lim tizimi, jamoat institutlari) omillar aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining loyihalari samardorligini oishrishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025 yil 13 fevraldagi 14/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, Senat faoliyatida vorisiylikning rolini oshirishga qaratilgan tadbirlar, jumladan, keksa va yosh avlod o‘rtasida dialektik aloqadorlikning kuchayishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda vorisiylikning jamiyat barqarorligidagi ahamiyatiga oid an’anaviy yondashuvlar bilan zamonaviy innovatsion strategiyalar o‘rtasidagi kognitiv, kommunikativ va emotsional sintez jarayonlari asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 21-bandi “Ijtimoiy-siyosiy, axborot psixologik, g‘oyaviy-mafkuraviy hurujlar hamda turli yot va buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun mohiyatini ochib berishga doir tahliliy ko‘rsatuv va tok-shoular tayyorlash” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 18-martdagi 10/136-son ma’lumotnomasi). Natijada, markazning huddularda olib boradigan tadbirlarida vorisiylik tamoiyiliga monand innovatsion yondashuvlarning milliy ruhda rivojlanishiga xizmat qilgan;
global va mintaqaviy miqyosda vorisiylikka oid an’anaviy-innovatsion yondashuvlarning o‘zaro ta’sirini metaforik, dialektik, kognitiv metodlar yordamida sintez qilib, jamiyat taraqqiyotining madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorligini mustahkamlovchi multidissipliner paradigmani shakllantirishi ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi loyihalariining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining 2025-yil 14-martdagi 01/154-son ma’lumotnomasi). Natijada, nuroniylarning vorisiylik tamoyili asosida jamiyatda yoshlarga an’anaviy yondashuvlarni o‘rgatishi jarayonining kengayishiga xizmat qilgan.