Ikromov Axmadjon Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt2930
Ilmiy rahbar: Nasretdinova Shaxnoza Saidakmalovna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek Nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03   
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Turg‘unov Muxriddin Mo‘ydinjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligi va jarayonni boshqarish samaradorligini xom-ashyo ta’minoti zanjirida faol ishtirok etayotgan qishloq xo‘jaligi subektlari uchun tabaqalashgan soliq imtiyozlarini joriy etishga ko‘ra oshirish taklifi asoslangan;
oziq-ovqat korxonasi bilan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnika-texnologiyalar ishlab chiqarish yoki uni sotish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy diller kompaniyalar o‘rtasida konglomerativ yo‘nalish-dagi M&A shartnomasiga ko‘ra xom-ashyoni to‘liq qayta ishlash imkonini beruvchi texnikalarni 5,0 foizgacha bo‘lgan ustama narxda sotilgan qismi uchun bojxona imtiyozlari ajratish taklifi asoslangan;
eksportyor hisoblangan mahalliy oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini boshqarish amaliyotini tabaqalashgan imtiyozli kredit ajratish orqali mahsulotlar ishlab chiqarish zanjirini o‘zlashtirishni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
2024-2029-yillarda Andijon viloyati oziq-ovqat korxonalari mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha viloyatning ushbu mahsulot turi bo‘yicha tashqi savdo saldosi rivojlanishining bazaviy, pessimistik va mobilizatsion ssenariylarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat korxonalari raqobatbardoshligini samarali boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid olingan natijalar asosida:
ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari raqobatbardoshligi va jarayonni boshqarish samaradorligini xom-ashyo ta’minoti zanjirida faol ishtirok etayotgan qishloq xo‘jaligi subektlari uchun tabaqalashgan soliq imtiyozlarini joriy etishga ko‘ra oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-maydagi PQ-193-son “Tadbirkorlik subektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi 2-xatboshini ishlab chiqishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 15-martdagi 15-28/03-25-sonli ma’lumotnomasi). Taklif oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishda qo‘shimcha resurslarni shakllantirish, mavjud imkoniyatlardan maqsadli foydalanish va foyda darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oziq-ovqat korxonasi bilan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnika-texnologiyalar ishlab chiqarish yoki uni sotish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy diller kompaniyalar o‘rtasida konglomerativ yo‘nalishdagi M&A shartnomasiga ko‘ra xom-ashyoni to‘liq qayta ishlash imkonini beruvchi texnikalarni 5,0 foizgacha bo‘lgan ustama narxda sotilgan qismi uchun bojxona imtiyozlari ajratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2024-yil 1-avgustdagi 476-son “Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi 1-xatboshini ishlab chiqishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 15-martdagi 15-28/03-25-sonli ma’lumotnomasi). Taklif oziq-ovqat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy texnika-texnologiyalarni optimal narxlarda xarid qilishni boshqarish va mahsulot tannarxini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
eksportyor hisoblangan mahalliy oziq-ovqat korxonalarida mahsulot raqobatbardoshligini boshqarish amaliyotini tabaqalashgan imtiyozli kredit ajratish orqali mahsulotlar ishlab chiqarish zanjirini o‘zlashtirishni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘ra takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 2.b-bandini ishlab chiqishda  foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 15-martdagi 15-28/03-25-sonli ma’lumotnomasi). Taklif eksportyor mahalliy oziq-ovqat korxonalarining mahsulotlari narxini optimal boshqarish asosida ishlab chiqiladigan mahsulotlar eksport hajmi va raqobatbardoshligini oshirishga  muayyan darajada xizmat qilgan;
2024-2029-yillarda Andijon viloyati oziq-ovqat korxonalari mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha viloyatning ushbu mahsulot turi bo‘yicha tashqi savdo saldosi rivojlanishining bazaviy, pessimistik va mobilizatsion ssenariylarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi 
PF-36-son “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 3-ilova, 1.3-bandi maqsadli indikatorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2025-yil 15-martdagi 15-28/03-25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif resurslarni maqsadli yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, viloyatning tashqi savdo saldosini optimallashtirish kabilarga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish