Tojiboev Sarvar Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Katta raqamli ma’lumotlarni (Big Data) fuqarolik-huquqiy tartib solish”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1534
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Ismanjanov Akbar Anvarjanovich, yuridik fanlar doktori; Bozorov Sardor Sohibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Big Data va unga oid munosabatlarni fuqarolik-huquqiy tartibga solish, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot resursi deganda axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi, shu jumladan axborot tizimlarida ochiq shaklda joylashtiriladigan yoxud e’lon qilinadigan audio-, video-, grafik va matnli axborot tushunilishi haqidagi taklif ilgari surilgan;
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar bazalari ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi asoslab berilgan;
biometrik va genetik ma’lumotlarni elektron shaklda saqlashda ushbu ma’lumotlar shifrlangan va kriptografik yoki boshqa usullarda himoyalangan bo‘lishi zarurligiga oid taklif asoslangan;
mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik ma’lumotlar qayd etilgan moddiy jismlarning o‘g‘irlanishi, o‘chirilishi, yo‘q qilinishi, ruxsatsiz olinishi, o‘zgartirilishi hamda nazoratsiz qoldirilishining oldini oluvchi tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rishi lozimligi qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Big Datani fuqarolik-huquqiy tartibga solish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
axborot resursi tushunchasiga oid taklif “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ–683-sonli Qonuni 3-moddasining 1-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 30-avgustdagi 64-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi axborot tizimi tarkibi va shaklining huquqiy asosini yaratishga xizmat qilgan;
avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda ishlov beriladigan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar bazalari ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestri to‘g‘risida”gi nizomning
5-bandi ikkinchi qismi ettinchi va sakkizinchi xatboshilarida qayd etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 30-iyundagi 35-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi shaxga doir ma’lumotlar bazasi sifatida talqin qilinmaydigan holatlarni aniqlashga xizmat qilgan.
biometrik va genetik ma’lumotlarni elektron shaklda saqlashda qo‘llaniladigan himoya usullariga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil
30-iyundagi 35-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi shaxsga oid ma’lumotlarni himoya qilish usullarini, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qo‘llaniladigan xavfsizlik choralarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
mulkdor va (yoki) operator biometrik va genetik ma’lumotlar qayd etilgan moddiy jismlarni saqlashga oid tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rishi lozimligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
5-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Biometrik va genetik ma’lumotlar mavjud bo‘lgan moddiy jismlarga hamda bunday ma’lumotlarni shaxsga doir ma’lumotlar bazalaridan tashqarida saqlash texnologiyalariga oid talablar to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil
30-iyundagi 35-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi biometrik va genetik ma’lumotlar qayd etilgan moddiy jismlarning o‘g‘irlanishi, o‘chirilishi, yo‘q qilinishi, ruxsatsiz olinishi, o‘zgartirilishi hamda nazoratsiz qoldirilishining oldini oluvchi tegishli xavfsizlik choralariini ishlab chiqishga xizmat qilgan.