Allayorov Hamdam Iris o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Milliy aloqa xizmatlari bozorini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4016
Ilmiy rahbar: Sharipov To‘lqin Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Tursunov Sherzod Abdukodirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida mehmonxona xo‘jaligida servis faoliyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning innovatsion rivojlanish darajasini (Ird) “boshlang‘ich daraja” (0<(Ird)≤0,39), “rivojlanayotgan daraja” (0,39<(Ird)≤0,69), “innovatsion daraja” (0,69<(Ird)≤0,89) va “raqamli lider darajasi” (0,89<(Ird)<1,0) shkalalarida baholash tizimi taklif etilgan;
“O‘zbektelekom”AK innovatsion faollik darajasining 2025-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi xizmatlar sifatini standartlar asosida to‘liq ta’minlash, mobil ilovalar orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish, boshqaruv samaradorligini oshirishda tarmoq boshqaruvining yagona markazini qurish, innovatsion xizmatlarning yagona paketini ishlab chiqish kabilarga ko‘ra takomillshatirilgan;
axborot hamda aloqa xizmatlari hajmi va ta’sir etuvchi omillar bog‘liqlikligiga ko‘ra ekonometrik model asosida axborot va aloqa xizmatlari hajmining 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
milliy aloqa xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari ijobiy baholangan holda ilg‘or xorijiy tajribaga ko‘ra “O‘zbektelekom” AK tizimida yangi turdagi raqamli xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilar, texnologik startaplar bilan integrasiyani va davlat-xususiy sheriklikni chuqurlashtirish, aloqa xizmatlari ekologik barqarorligini izchil ta’minlab borish kabilar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy aloqa xizmatlari bozorini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarning innovatsion rivojlanish darajasini (Ird) «boshlang‘ich daraja» (0<(Ird)≤0,39), «rivojlanayotgan daraja» (0,39<(Ird)≤0,69), «innovatsion daraja» (0,69<(Ird)≤0,89) va «raqamli lider darajasi» (0,89<(Ird)<1,0) shkalalarida baholash taklifidan «“O‘zbektelekom” AK “O‘zbektelekom-2030” strategiyasi»ni ishlab chiqishda hamda AK innovatsion faollik darajasini baholashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AK Samarqand filialining 2025-yil 14-apreldagi 24-sonli dalolatnomasi hamda “O‘zbektelekom” AKning 2025-yil 15-iyuldagi 02-07-21/1023-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif innovatsion faollik darajasini baholash imkoniyati va aniqlik darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbektelekom”AK innovatsion faollik darajasining 2025-2030 yillarda rivojlantirish strategiyasi xizmatlar sifatini standartlar asosida to‘liq ta’minlash, mobil ilovalar orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish, boshqaruv samaradorligini oshirishda tarmoq boshqaruvining yagona markazini qurish, innovatsion xizmatlarning yagona paketini ishlab chiqish kabilarga ko‘ra takomillshatirish taklifidan «“O‘zbektelekom” AK “O‘zbektelekom-2030” strategiyasi»ni ishlab chiqishda hamda AK faoliyatiga tadbiq etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2025-yil 15-iyuldagi 02-07-21/1023-sonli ma’lumotnomasi). Taklif “O‘zbektelekom” AKning respublikada ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik oshirilishini, masofadan o‘qitish va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini o‘rtacha 25-28 foizga oshirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
axborot hamda aloqa xizmatlari hajmi va ta’sir etuvchi omillar bog‘liqlikligiga ko‘ra ekonometrik model asosida axborot va aloqa xizmatlari hajmining 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifdan «“O‘zbektelekom” AK “O‘zbektelekom-2030” strategiyasi»ni ishlab chiqishda hamda AK faoliyatiga tadbiq etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2025-yil 15-iyuldagi 02-07-21/1023-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “O‘zbektelekom” AK aloqa va axborotlashtirish xizmatlari xajmini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
milliy aloqa xizmatlari bozorining rivojlanish tendensiyalari ijobiy baholangan holda ilg‘or xorijiy tajribaga ko‘ra “O‘zbektelekom” AK tizimida yangi turdagi raqamli xizmatlar bozorini ustuvor rivojlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilar, texnologik startaplar bilan integrasiyani va davlat-xususiy sheriklikni chuqurlashtirish, aloqa xizmatlari ekologik barqarorligini izchil ta’minlab borish kabilar yuzasidan taklifdan «“O‘zbektelekom” AK “O‘zbektelekom-2030” strategiyasi»ni ishlab chiqishda hamda AK innovatsion faollik darajasini baholashda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2025-yil 15-iyuldagi 02-07-21/1023-sonli ma’lumotnomasi). Taklif aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tahlil jarayonlari xarajatlarini 5% ga qisqarish va boshqaruv faoliyati samaradorligini 7% ga oshishi imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.