Atamurodov Saidmurod Yaxyoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul oqimlari tahlili va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 — “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2464.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Azamat Normuradovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqotlar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul oqimlari tahlili va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot shakliga «Innovatsion faoliyat bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari» nomli 070-satrini hisob siyosatiga kiritish, ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va baholash mezonlarini qo‘llash orqali innovatsion moliyaviy oqimlarni alohida aniqlash va tahlil qilish taklifi asoslangan;
pul oqimlarini tahlil qilishning an’anaviy va zamonaviy texnologiyasini qo‘llashning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashda an’anaviy tekshiruvda “O‘rtacha” (50-60%), blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda tekshirishda “Yuqori” (70-80%), sun’iy intellekt va mashinali o‘rganishda “Juda yuqori” (90% dan yuqori) aniqlik darajasini ta’minlash taklifi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari pul oqimlarining biznes jarayonlar (BJ), mahsulot turlari (MT), bozor segmentlari (BS) va mijoz guruhlari (MG) bo‘yicha segmentlashtirilgan tahlilni joriy etish asosida foyda darajasi nisbatan yuqori faoliyat segmentlarini aniqlash orqali pul oqimlari auditining samaradorligini oshirish asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar investision faoliyatga doir pul oqimlariga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida pul oqimlarining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda pul oqimlari tahlili va auditini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot shakliga “Innovatsion faoliyat bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” nomli 070-satrini hisob siyosatiga kiritish, ularni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va baholash mezonlarini qo‘llash orqali innovatsion moliyaviy oqimlarni alohida aniqlash va tahlil qilish taklifi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi “Betlis tekstil” MChJ va “Osiyo grand tekstil” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 03/25-1114-sonli, “Betlis tekstil” MChJning 2024 yil 26 sentyabrdagi 173-sonli, “Osiyo grand tekstil” MChJning 2024 yil 20 sentyabrdagi 24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot shakli takomillashib, “Innovatsion faoliyat bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari” (070-satr)ni hisob siyosatiga kiritish orqali innovatsion moliyaviy oqimlarni alohida aniqlash va tahlil qilish imkoni yaratilgan;
pul oqimlarini tahlil qilishning an’anaviy va zamonaviy texnologiyasini qo‘llashning samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashda an’anaviy tekshiruvda “O‘rtacha” (50-60%), blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda tekshirishda “Yuqori” (70-80%), sun’iy intellekt va mashinali o‘rganishda “Juda yuqori” (90% dan yuqori) aniqlik darajasini ta’minlash taklifi “Oʻzbekiston Auditorlar palatasi”, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va uning tarkibidagi korxonalar tomonidan foydalanilgan (“Oʻzbekiston Auditorlar palatasi”ning 2025 yil 12 maydagi 12.05/01-sonli dalolatnomasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 26-maydagi 03/25-1114-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yondashuvni amaliyotga joriy etish natijasida audit jarayonida pul oqimlarini tahlil qilishning zamonaviy texnologiyasini qo‘llash orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholashda aniqlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari pul oqimlarining biznes jarayonlar (BJ), mahsulot turlari (MT), bozor segmentlari (BS) va mijoz guruhlari (MG) bo‘yicha segmentlashtirilgan tahlilni joriy etish asosida foyda darajasi nisbatan yuqori faoliyat segmentlarini aniqlash orqali pul oqimlari auditining samaradorligini oshirish taklifi “Oʻzbekiston Auditorlar palatasi” va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda uning tarkibidagi “Osiyo grand tekstil” MChJga joriy etilgan (“Oʻzbekiston Auditorlar palatasi”ning 2025 yil 12 maydagi 12.05/01-sonli dalolatnomasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 03/25-1114-sonli, “Osiyo grand tekstil” MChJning 2024 yil 20 sentyabrdagi 24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish natijasida blokcheyn texnologiyasini pul oqimlari auditiga tatbiq etish orqali ma’lumotlarning o‘zgarmasligi, shaffofligi va xavfsizligi ta’minlanib, manipulyasiya va qalbakilashtirishlarning oldini olish imkoni yaratilgan;
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar investision faoliyatga doir pul oqimlariga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model` asosida pul oqimlarining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Betlis tekstil” MChJ va “Osiyo grand tekstil” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 03/25-1114-sonli,“Betlis tekstil” MChJning 2024 yil 26 sentyabrdagi 173-sonli, “Osiyo grand tekstil” MChJning 2024 yil 20 sentyabrdagi 24-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish natijasida to‘qimachilik korxonalarida investision faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni tasniflash va 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz modelini ishlab chiqish orqali investision qarorlarni yaxshiroq rejalashtirish va moliyaviy oqimlarni maqbullashtirish imkoni yaratilgan.