Nurmuxamedova Durdona Qobil qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yarali kolit kasalligini oldini olish va davolashda sut achituvchi bakteriyalarni qo‘llash imkoniyatlari», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V909.
Ilmiy rahbar: Kutlieva Guzal Djumaniyazovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Xalilov Ilxom Mamatqulovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut achituvchi bakteriyalarning antimikrob xususiyatga ega shtammlarini ajratib olish va ularni to‘g‘ri ichakdagi yarali kolit kasalligida qo‘llash istiqbollarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor to‘g‘ri ichakdagi yarali kolitni davolash va profilaktika qilishda samarali bo‘lgan ya’ni yallig‘lanish va tiklovchi terapevtik xossalarga ega mahalliy Weissella cibaria WC-1 va Weissella viridescens WV-1D turiga mansub shtammlar ajratib olingan va ularning probiotik imkoniyatlari tavsiflangan;
ilk bor O‘zbekistonda sut mahsulotlaridan ajratilgan mahalliy Weissella cibaria WC-1  va Weissella veridescens WV-1D turiga mansub shtammlarning yarali kolit infeksiyalarini qo‘zg‘atuvchilari Klebsiella oxytoca, Enterococcus faecalis, Enterobacter sp., Staphylococcus aureus shtammlariga qarshi yuqori antagonistik faolligi asoslangan;
Weissella cibaria WC-1  va Weissella viridescens WV-1D shtammlari adabiyotlarda keltirilgan shu turga mansub fermentlangan mahsulotlardan ajratib olingan bakteriyalar sintez qilgan propion va qahrabo kislotalariga nisbatan 8 marta (196,59 mkg/ml) hamda propion kislotasi 4,5 marta (9,076 mkg/ml) yuqori ekanligi isbotlangan;
Weissella cibaria WC-1  va Weissella viridescens WV-1D turiga mansub probiotik bakteriya shtammlarining to‘g‘ri ichakdagi yarali kolitni davolashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi in vivo tajribalarda va gistologik tahlillarda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yarali kolit kasalligini oldini olish va davolashda sut achituvchi bakteriyalarni qo‘llash imkoniyatlarini amaliyotda joriy etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
mikroblarga qarshi vosita sifatida va ozuqa tarkibida qo‘llash uchun Weissella cibaria WC-1 shtammiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti  olingan (№ IAP 7836, 30.10.2023 y). Natijada, oziq-ovqat sanoatida fermentlangan sut mahsulotlarini ishlab chiqishda, agro va veterinariya sohalarida, farmatsevtika sanoati koloproktologiya tarmog‘ida qo‘llanilish imkonini bergan; 
echki sutidan ajratib olingan Weissella cibaria WC-1 shtammi 16S rPHK nukleotid ketma-ketligi aniqlanib GenBank va National Center for Biotechology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida Weissella cibaria WC-1 (IMUZ2) raqamlar ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zbekicton Pecpublikaci Fanlap akademiyacining 2023 yil 6 noyabrdagi 4/1255-2459-son  ma’lumotnomaci). Natijada, ushbu shtammning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan;
yuqori antimikrob faollikga ega bo‘lgan Weissella viridescens WV-1D shtammi “ProbioKorm” universal probiotik ozuqabop qo‘shimcha tarkibiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 25 martdagi 02/23-615-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu probiotik ozuqabop qo‘shimcha veterinariya va chorvachilik sohalariga samarali joriy etilishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish