Artikxodjaeva Barnoxon Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nanozarrachali polimer tashuvchi asosida antibakterial preparat yaratish», 03.00.12 - Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V766.
Ilmiy rahbar: Toshmuxamedova Shoxista Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.38.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynitdinova Lyudmila Ibraximovna, biologiya fanlari doktori, professor; Kudishkin Valentin Olegirovich kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kumush nanozarralari bo‘lgan polimer plyonka asosida antibakterial preparatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda kraxmal va akril xomashyosi asosida polimer tashuvchini ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan;
kraxmal va akril sopolimerlarini plyonka hosil qiluvchi moddalar sifatida qo‘llanilishi hamda polimerlashning optimal sharoitlari aniqlangan;
metilmetakril va butilmetakril kislotalarning monomerlarini plyonka hosil qiluvchi moddalar sifatida ishlatish imkoniyatlari asoslangan va polimerlanishi uchun sharoitlari optimallashtirilgan;
Scutellaria Iscanderi L., o‘tining suvli ekstraktidan olingan fitosintezlangan kumush nanozarralarini ishlab chiqilgan polimer tashuvchisi strukturasiga samarali adsorbsiya va immobilizatsiya qilishi asoslangan;
ilk bor kumush nanozarrachalari bo‘lgan polimer tashuvchi asosida yangi tibbiy mahsulot – “LiPatch” suyuq yamog‘inining ishlab chiqarish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va iqtisodiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kumush nanozarralari bo‘lgan polimer plyonka asosida antibakterial preparatini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kraxmal va akril sopolimerini plyonka hosil qiluvchi moddalar asosidagi polimer tashuvchidan O‘zbekiston milliy universitetining SPF-30-sonli “LiPatch” (LiPach/LiPatch) suyuq yamoq” starttap loyihasida yuqori biologik faollikga va antibakterial ta’siriga ega kumush nanozarralari bilan arzon aerozol preparatini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 4/17-son ma’lumotnomasi). Natijada, terining shikastlanishi va mayda jarohatlarda birlamchi yordam sifatida qo‘llaniladigan suyuq yamoq yaratish imkonini bergan;
"LiPatch" arzon aerozol preparatining kosmetik mahsulot tarkibi “ART CARE” MChJ xususiy korxonasida ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2020 yil 23 apreldagi 265118-son xulosasi). Natijada, aerozol preparati suyuq "LiPatch" kumush nanozarralari asosida kosmetik mahsulotini ishlab chiqish texnologiyasini yaratish imkonini beradi.