Babanazarova Gulruh Yunusovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek baxshichilik san’atida ijrochilik xususiyatlari (Qashqadaryo baxshichilik maktabi misolida)», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/San88.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo dostonchilik maktablarini aniqlab, dostonchilik ijodiyotining mavqei va uning o‘ziga xos baxshichilik san’atini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qashqadaryo baxshichiligida “ustoz-shogird” va sulolaviylik an’analarini saqlanishi (Qodir baxshi Rahimov maktabi), Dehqonobod dostonchilik maktabi vakili (Qodir baxshining shogirdi) Zulfiya baxshi huddi erkak baxshilar singari dostonlarni bo‘g‘iq ovozda ijrosi badiiy madaniyatidagi o‘rni va hozirgi davr jarayonida yangi doston namunalarini “Qo‘ylarni yig‘ish”, “Cho‘poncha”, “Do‘mbira kuy”larni alohida (yakka holda) ijrosiga ko‘ra ijodiy uslubi orqali ifodalanishi dalillangan; 
Sherobod-Boysun dostonchiligiga mansub Qamay dostonlaridan “Nuralining yoshligi”, “Xonimoy” dostonlarning yirik hajmli, voqeabop badiiy o‘ziga xosligi va lokal xususiyatlardan mahalliy til lahjasi, urf-odatlari bahodirlik dostonlarini Bozor Sherqul o‘g‘li, Hazratqul Xudoyberdi o‘g‘li, Mulla Xolnazar dostonchilar ijrosi faqatgina ushbu hududga xosligi aniqlangan;
Qashqadaryo baxshichilik san’atida nag‘malarni notalashtirish, kompozision xususiyatlari bilan Qodir baxshi Rahimovning ijod merosiga bag‘ishlangan Qahhor baxshi Rahimovning “Otam haqida doston” yangi dostoni shu vohaga xos muayyan ritm va ohangdorlikka ega bo‘lish, har bir bayt yoki misra musiqa ohangiga mos keladigan tarzda tuzish kabi musiqiy tili o‘z aksini topgani isbotlangan;
Qashqadaryo baxshichilik san’ati nag‘ma – kuy va noma – og‘zaki bayon(she’riy matn)ning o‘zaro mutanosibligi, dutor ijrochiligi orqali matnni dramatik kuchaytirish, xalq maqollari, hikmatlar bilan boyitilgani, ritmik va kuychan uslubda ifodalanishi ijrodagi hissiyot, dinamika va boshqa musiqiy ifoda vositalaridan foydalanishi kabi ijro texnikasi, repertuar tanlashi, avloddan-avlodga o‘tishi kabi o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek baxshichilik san’atida ijrochilik xususiyatlari (Qashqadaryo baxshichilik maktabi misolida)” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qashqadaryo baxshichiligida “ustoz-shogird” va sulolaviylik an’analarini saqlanishi (Qodir baxshi Rahimov maktabi), Dehqonobod dostonchilik maktabi vakili (Qodir baxshining shogirdi) Zulfiya baxshi huddi erkak baxshilar singari dostonlarni bo‘g‘iq ovozda ijrosi badiiy madaniyatidagi o‘rni va hozirgi davr jarayonida yangi doston namunalarini “Qo‘ylarni yig‘ish”, “Cho‘poncha”, “Do‘mbira kuy”larni alohida (yakka holda) ijro ijrosiga ko‘ra ijodiy uslubi orqali ifodalanishi “Oltin voha” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Durdona asarlar” turkum eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 5-iyundagi 17-05/92-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar shu asosida dostonchilik maktablari va baxshilar haqidagi muayyan tasavvurga ega bo‘lgan;
Sherobod-Boysun dostonchiligiga mansub Qamay dostonlaridan “Nuralining yoshligi”, “Xonimoy” dostonlarning yirik hajmli, voqeabop badiiy o‘ziga xosligi va lokal xususiyatlardan mahalliy til lahjasi, urf-odatlari bahodirlik dostonlarini Bozor Sherqul o‘g‘li, Hazratqul Xudoyberdi o‘g‘li, Mulla Xolnazar dostonchilar ijrosi faqatgina ushbu hududga xosligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida dostonchilik maktablari va baxshilar faoliyati, ijrochilik uslublari shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025-yil 13-maydagi 01-07/25-116-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh bastakorlar va musiqashunoslar dostonchilik ijodiyoti haqida yanada yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
Qashqadaryo baxshichilik san’atida nag‘malarni notalashtirish, kompozision xususiyatlari bilan Qodir baxshi Rahimovning ijod merosiga bag‘ishlangan Qahhor baxshi Rahimovning “Otam haqida doston” yangi dostoni shu vohaga xos muayyan ritm va ohangdorlikka ega bo‘lish, har bir bayt yoki misra musiqa ohangiga mos keladigan tarzda tuzish kabi musiqiy tili o‘z aksini topgani  haqida 2025-yil 12-mayda Respublika baxshichilik san’ati markazida ma’ruza bilan ishtirok etdi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika baxshichilik san’ati markazining 2025-yil 12-maydagi 05-12-227-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar shu asosida Qashqadaryo baxshichilarining nag‘ma va nomalarining nota tahlili haqida ma’lumotlar va muayyan tasavvurlara ega bo‘lgan;
Qashqadaryo baxshichilik san’ati nag‘ma – kuy va noma – og‘zaki bayon(she’riy matn)ning o‘zaro mutanosibligi, dutor ijrochiligi orqali matnni dramatik kuchaytirish, xalq maqollari, hikmatlar bilan boyitilgani, ritmik va kuychan uslubda ifodalanishi ijrodagi hissiyot, dinamika va boshqa musiqiy ifoda vositalaridan foydalanishi kabi ijro texnikasi, repertuar tanlashi, avloddan-avlodga o‘tishi kabi o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida dostonchilik maktablari va baxshilar faoliyati, ijrochilik uslublari shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2025-yil 13-maydagi 01-07/25-116-son ma’lumotnomasi). Pirovardida musiqashunoslar va yosh olimlar dostonchilargai ijro yo‘nalishlari, tili va madaniyati haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish