Xaydarov Xumoyn Samijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek milliy musiqa ta’limi va uning rivojlanish mezonlari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/San47.
Ilmiy rahbar: Kasimxodjaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmatova Azatgul Raximovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Begmatov Soibjon Maxmudovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi respublikamiz hududida qadimgi davrdan XX asrning boshlariga qadar musiqiy ta’lim tizimi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan mezonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bayozlar XIX asr o‘zbek musiqasi tarixini baholashda, xususan maqomlarning tuzilishi, ularga bog‘langan g‘azallardan ichki tarkibini aniqlash mumkinligi, bundan tashqari folklor, etnomusiqashunoslikka oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgani hamda sohaning ma’lum bir hodisa, jarayonning sodir bo‘lish vaqti bilan ifodalangan mezonlardan biri ekanligi isbotlangan;
Furqatning asarlarida musiqiy-tanqidiy qarashlar aks etgan Sharq musiqasiga Evropa musiqa madaniyatidan sanalmish dirijyorlik san’ati, xor musiqasi, kompozitorlik ijodiyoti kabi o‘ziga xos yo‘nalishlar, ijrochilik xususiyatlari kiritilganligi hamda muallifning bevosita musiqa cholg‘ularidan habardor ekanligi dalillangan;
XX asr musiqiy ta’lim sohasining rivojlanishida o‘quv dargohlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, milliy musiqiy meros xususan maqomlarning nota yozuvi orqali o‘rganish, musiqiy savodxonlikni oshirishda ilk bor gramaffondan foydalanilishi, ijrochilarining chet el oliygohlarida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yilishi, musiqiy-nazariy masalalarga bag‘ishlagan adabiyotlar chop etilishi Evropa va Sharq ta’lim tizimining o‘zaro ta’siri natijasida shakllanganligi aniqlangan;
o‘tmish allomalarining musiqiy risolalarida asosiy e’tibor sohaga oid bo‘lgan nazariy-amaliy bilimlarning umumlashuvi va buning negizida etuk xonanda, sozanda, bastakorlarni tizimli ravishda tayyorlashga qaratilganligi, parda-lad, iyqo-ritm, jins va jam tuzilishi-intervallar kabi atamalarning keng yoritilishi, ma’lumotlarning ketma-ketlikda oddiydan murakkablikka tamoyili asosida integratsiya qilinish jihatlari avvalo ta’limga yo‘naltirilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek milliy musiqa ta’limi va uning rivojlanish mezonlari” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bayozlar XIX asr o‘zbek musiqasi tarixini baholashda, xususan maqomlarning tuzilishi, ularga bog‘langan g‘azallardan ichki tarkibini aniqlash mumkinligi, bundan tashqari folklor, etnomusiqashunoslikka oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgani hamda sohaning ma’lum bir hodisa, jarayonning sodir bo‘lish vaqti bilan ifodalangan mezonlardan biri ekanligi “Xorazm urfiy maqomlari” kitobi taqdimoti ssenariysida foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2024-yil 10-dekabrdagi 01-12/713-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yigʻilganlar O‘zbekiston musiqa madaniyati tarixida musiqa ta’limining taraqqiyoti va shu bilan bir qatorda murakkab mashaqqat yoʻli haqidagi muayyan tasavvurlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
Furqatning asarlarida musiqiy-tanqidiy qarashlar aks etgan Sharq musiqasiga Evropa musiqa madaniyatidan sanalmish dirijyorlik san’ati, xor musiqasi, kompozitorlik ijodiyoti kabi o‘ziga xos yo‘nalishlar, ijrochilik xususiyatlari kiritilganligi hamda muallifning bevosita musiqa cholg‘ularidan habardor ekanligi “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun brayl alifbosida “Solfedjio” hamda “Musiqa nazariyasi” fanlaridan multimedia mahsulotlari majmuini yaratish” (2024-2026 yillarga mo‘ljallangan) nomli grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 3-fevraldagi 02-11-17-367-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruza-trening qatnashuvchilari bayozlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida musiqa ta’limi uchun xizmat qilgan muhim mezonlardan biri ekanligi xususida tasavvurga ega bo‘lgan;
XX asr musiqiy ta’lim sohasining rivojlanishida o‘quv dargohlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi, milliy musiqiy meros xususan maqomlarning nota yozuvi orqali o‘rganish, musiqiy savodxonlikni oshirishda ilk bor gramaffondan foydalanilishi, ijrochilarining chet el oliygohlarida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yilishi, musiqiy-nazariy masalalarga bag‘ishlagan adabiyotlar chop etilishi Evropa va Sharq ta’lim tizimining o‘zaro ta’siri natijasida shakllanganligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali efirga uzatilgan “Ko‘z o‘ngimizda”, “Sarhisob”, “Maqom saboqlari” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasi 2024-yil 15-noyabrdagi 02-14/223-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar o‘zbek milliy musiqa ta’limi rivojlanishida Furqatning yangicha qarashlari, uning o‘z yashagan davr musiqiy hayoti borasidagi fikr va mulohazalari borasidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
o‘tmish allomalarining musiqiy risolalarida asosiy e’tibor sohaga oid bo‘lgan nazariy-amaliy bilimlarning umumlashuvi va buning negizida etuk xonanda, sozanda, bastakorlarni tizimli ravishda tayyorlashga qaratilganligi, parda-lad, iyqo-ritm, jins va jam tuzilishi-intervallar kabi atamalarning keng yoritilishi, ma’lumotlarning ketma-ketlikda oddiydan murakkablikka tamoyili asosida integratsiya qilinish jihatlari avvalo ta’limga yo‘naltirilganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida milliy maqomshunoslikning janr va ashulalari, mahalliy uslublar shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 12-noyabrdagi 01-04/71-201-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh kompozitorlar, bastakor va musiqashunoslar erta matbuotda eʼlon qilingan maqolalar hamda arxiv ma’lumotlari asosida XX asr boshlarida musiqa ta’limi atrofida sodir bo‘lgan ishlar yuzasidan muayyan tasavvurlarga ega