Djurabekova Saodat Zarifbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda organ musiqa san’ati», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/San188.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Otanazar, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Ganixanova Shoyista Sharafutdinovna, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor; Ganieva Lola Muxsindjanovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda organ musiqa madaniyatining shakllanish muammolari hamda uning kompozitorlik ijodidagi o‘ziga xos talqini masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston kompozitorlari organ uchun yozilgan G.Mushelning “Syuita”, “Poema”, “Ballada”; T.Qurbonovning “Prelyudiya”, “Muxammas mavzusiga passakalya” kabi asarlarida milliy musiqa merosimiz monodik rivojlov qonuniyatlarining Evropacha prelyudiya, fuga, fugetta va kanon kabi polifonik shakllar orqali muvaffaqiyatli uyg‘unlashganligi isbotlangan;
organ ijrochilik an’analarining asosiy xususiyatlaridan ritm, artikulyasiya, registrovkaga munosabat, shuningdek manual va pedal texnikasi mutanosibligi, shuningdek ijro jarayonida kompozisiyaning ichki rivoji kulminatsiya va mantiqiy tugash nuqtalarini his etish kabi dramaturgiyani ochib berish ustida ishlash uslubiyoti XX asr jahon organ musiqasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan I.A.Braudo maktabidan meros sifatida davom etib kelayotganligi aniqlangan;
O‘zbekiston kompozitorlarining organ asarlarida milliy obraz va mavzularni aks ettirishda asar mazmun mohiyatini aniqroq etkazib berish uchun o‘zbekona tantana va marosimlarni aks ettiruvchi tasviriylik va ulug‘ siymolardan Amir Temur, Alisher Navoiy kabi obrazlarga bag‘ishlangan so‘zsiz musiqiy dasturiylik xususiyatlariga urg‘u berish ustuvor ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
zamondosh kompozitorlarning organ uchun yaratgan yangi opuslarida Habibulla Raximov va Dmitriy Yanov-Yanovskiylarning konsert asarlari, Polina Medyulyanovaning organ uchun barcha asarlarida nazariy parametrlardan dinamika, tembr, faktura, metroritm jihatlari aleatorika, sonoristika, puantilizm, minimalizm kabilar ishtirokida modernizatsiya jarayonlari bilan uyg‘unlashgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston kompozitorlari organ uchun yozilgan G.Mushelning “Syuita”, “Poema”, “Ballada”; T.Qurbonovning “Prelyudiya”, “Muxammas mavzusiga passakalya” kabi asarlarida milliy musiqa merosimiz monodik rivojlov qonuniyatlarining Evropacha prelyudiya, fuga, fugetta va kanon kabi polifonik shakllar orqali muvaffaqiyatli uyg‘unlashganligi “O‘zbekiston” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Soz sadosi” radioeshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-yanvardagi 23-03-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston organ ijrochiligi tarixi va O‘zbekiston kompozitorlarining qalamiga mansub organ uchun yozilgan asarlarning tahlili va musiqasini tinglab, bu cholg‘uning ijro imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
organ ijrochilik an’analarining asosiy xususiyatlaridan ritm, artikulyasiya, registrovkaga munosabat, shuningdek manual va pedal texnikasi mutanosibligi, shuningdek ijro jarayonida kompozisiyaning ichki rivoji kulminatsiya va mantiqiy tugash nuqtalarini his etish kabi dramaturgiyani ochib berish ustida ishlash uslubiyoti XX asr jahon organ musiqasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan I.A.Braudo maktabidan meros sifatida davom etib kelayotganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2023-yil 11-dekabrdagi 01-04/109-215-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh bastakorlar va musiqashunoslar O‘zbekistondagi organ cholg‘ularining dispozisiyalari va imkoniyatlari, shuningdek, zamondosh o‘zbek, Evropa va rus kompozitorlari qalamiga mansub asarlar tahlili jarayonida qiziqarli ma’lumotlarga va muayyan tasavvurga ega bo‘lgan;
O‘zbekiston kompozitorlarining organ asarlarida milliy obraz va mavzularni aks ettirishda asar mazmun mohiyatini aniqroq etkazib berish uchun o‘zbekona tantana va marosimlarni aks ettiruvchi tasviriylik va ulug‘ siymolardan Amir Temur, Alisher Navoiy kabi obrazlarga bag‘ishlangan so‘zsiz musiqiy dasturiylik xususiyatlariga urg‘u berish ustuvor ahamiyat kasb etganligi O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbek milliy maqom san’ati markazi davlat muassasasining 2025-yil 22-maydagi 01-12/383-son ma’lumotnomasi). Natijada ijrochilikning ushbu turini targ‘ib qilishda samaradorlikka erishish hamda aholini yuksak san’at turlaridan bo‘lmish organ musiqasi bilan tanishtirish imkoni berilgan;
zamondosh kompozitorlarning organ uchun yaratgan yangi opuslarida Habibulla Raximov va Dmitriy Yanov-Yanovskiylarning konsert asarlari, Polina Medyulyanovaning organ uchun barcha asarlarida nazariy parametrlardan dinamika, tembr, faktura, metroritm jihatlari aleatorika, sonoristika, puantilizm, minimalizm kabilar ishtirokida modernizatsiya jarayonlari bilan uyg‘unlashgani “O‘zbekiston” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Notadagi taqdirlar” radioeshittirishi ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompa-niyasining 2024-yil 23-yanvardagi 01-24-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositasi orqali ijodiyotning ushbu turini targ‘ib qilishda samaradorlikka erishish, O‘zbekiston organ musiqasining yanada rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ba’zi muammoli masalalar va ular echimi haqidagi ma’lumotlar yoritilib, tinglovchi auditoriya ushbu san’at turi haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘lgan.