Amonov Dilshod Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «“Siratu asrori il-ilohiyya” risolasi XV-XVI asr musiqa ilmi kesimida», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/San289.
Ilmiy rahbar: Nosirova Yulduz Mirxamidovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.27.09.2024.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimxodjaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XV-XVI asrlarda shakllangan musiqiy ilmni “Siratu asrori il-ilohiyya” risolasi kesimida baholash bilan bir qatorda musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan davr musiqashunosligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Siratu asrori il-ilohiyya” qo‘lyozmasida musiqashunoslikka oid parda, iyqo, navbati murattab shakllar ud sozida tor va pardalarni belgilanadigan harflar vositasida maqomlar tuzilishining lad tovushqatorlaridagi jins va jamlar tizimlashtirilishi asosida aniqlangan;
iyqo usullariga bag‘ishlangan hazaj, ufor, turkiy zarb va muxammas kabi doira ritmik tuzilmalari, usul birliklari hamda takroriy segmentlari ritmik shakllanishni ta’minlovchi asosiy zarblar, pardalar ohang va matnga bog‘liqligi, mazkur tizimning Kavkabiy, Jomiy va Xusayniylar tomonidan ilgari surilgan usul va g‘azal uyg‘unligi haqidagi nazariy qarashlari bilan uyg‘un ekanligi dalillangan;
“Siratu asrori il-ilohiyya” qo‘lyozmasi bilan Kavkabiy, Jomiy va Xusayniy risolalari qiyosiy baholanishi manbalardagi zarbul qadim, duyak, ramal, avsat, saqil kabi ritmik tizimlarda Rost, Ushshoq, Navo, Buzruk advori zurublar negizida shakllanganligi isbotlangan;
maqomshunoslikda kam uchraydigan naqra, murakkabot, furuʼ kabi atamalarning o‘n ikki maqom rivojiga maqomot tuzilmasining murakkab ritmik va shakliy tizimi kengayishi sababli ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Siratu asrori il-ilohiyya” qo‘lyozmasida musiqashunoslikka oid parda, iyqo, navbati murattab shakllar ud sozida tor va pardalarni belgilanadigan harflar vositasida maqomlar tuzilishining lad tovushqatorlaridagi jins va jamlar tizimlashtirilishi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasi orqali efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” turkum eshittirishlari ssenariysida 2023–2024-yillarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasi 2024-yil 6-mart 04-36-341-son ma’lumotnomasi). Natijada, radio tinglovchilari shu asosda “Siratu asrori il-ilohiyya” risolasiga doir ma’lumotlar bo‘yicha aniq tasavvur hosil qilgan;
iyqo usullariga bag‘ishlangan hazaj, ufor, turkiy zarb va muxammas kabi doira ritmik tuzilmalari, usul birliklari hamda takroriy segmentlari ritmik shakllanishni ta’minlovchi asosiy zarblar, pardalar ohang va matnga bog‘liqligi, mazkur tizimning Kavkabiy, Jomiy va Xusayniylar tomonidan ilgari surilgan usul va g‘azal uyg‘unligi haqidagi nazariy qarashlari bilan uyg‘un ekanligi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasi orqali efirga uzatilgan “Musiqa javoni” va “Bastakorlar hayoti tarixidan” turkum eshittirishi ssenariysida 2023–2024-yillarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasi 2024-yil 23-sentyabr 04-36-1049-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilari shu asosda “Siratu asrori il-ilohiyya” risolasiga doir ma’lumotlar bo‘yicha aniq tasavvur hosil qilgan;
“Siratu asrori il-ilohiyya” qo‘lyozmasi bilan Kavkabiy, Jomiy va Xusayniy risolalari qiyosiy baholanishi manbalardagi zarbul qadim, duyak, ramal, avsat, saqil kabi ritmik tizimlarda Rost, Ushshoq, Navo, Buzruk advori zurublar negizida shakllanganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida “Musiqashunoslar bilan uchrashuv” turkum tadbirlari doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 5-mart 01-04/23-48-son ma’lumotnomasi). Natijasida yosh kompozitorlar va yosh olimlar XV-XVI asr musiqa ilmi haqida yanada yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
maqomshunoslikda kam uchraydigan naqra, murakkabot, furuʼ kabi atamalarning o‘n ikki maqom rivojiga maqomot tuzilmasining murakkab ritmik va shakliy tizimi kengayishi sababli ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘ba majlislarida “Musiqashunoslar bilan uchrashuv” turkum tadbirlari doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 5-martdagi 01-04/23-48-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh kompozitorlar va musiqa tadqiqotchilari XV-XVI asrlardagi risolalarda berilgan ma’lumotlar hamda musiqa yo‘nalishlarida olib borilgan ishlar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga va aniq tasavvurlarga ega bo‘lgan.