Musurmanov Raxmatillaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida o‘quv-tarbiya faoliyatini klaster texnologiyalari asosida takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Ped714
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurjan Israilovich, kimyo fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapo Muradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ismailova Zuxra Karabaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida o‘quv-tarbiya faoliyatini klaster texnologiyalari asosida takomillashtirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida o‘quvchilarga klaster texnologiyalari asosida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da ko‘zda tutilgan tarbiyaviy ta’sir shakllari va vositalarini maktablarda qo‘llanishini milliy kontekst va mentallitet nuqtayi nazaridan ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish muammo sifatida asoslangan;
o‘quvchilarning o‘quv-tarbiya faoliyatini klaster texnologiyalari asosida takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari ma’naviy muhit hamda ma’naviy idealning belgilovchi roli, ahamiyatini asoslash orqali maktablarda ma’naviy-axloqiy hamkorlik qobiliyatini rivojlantirishning didaktik tizimi hamda metodik ta’minoti aniqlashtirilgan;
pedagogik klaster yondashuvi asosida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiyaviy ishlar, axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari (pedagogik madaniyat, intellektual faollik, korreksiya)ga qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini kognitiv-maqsadli ta’minlash asosida anglash, uqtirish, o‘zlashtirish kabi tarbiya berishga tayyorlash jarayoni samaradorligining innovatsion pedagogik modeli takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligi kasbiy mahorat (o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik texnikaga ega bo‘lish), deontologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalari motivatsion-diagnostik moslashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan salbiy munosabatlari sabablarini aniqlashga yo‘naltirilgan turli yondashuvlar orqali zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida maktab, oila, mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan ishlash vositalari, shakllari, usullari, mezonlari aniqlashtirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Modernizatsiyalashgan ta’lim sharoitida o‘quv-tarbiya faoliyatini klaster texnologiyalari asosida takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
tadqiqot doirasida umumta’lim maktablarida klaster texnologiyalari asosida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu jarayonda ma’naviy-axloqiy munosabatlarning xususiyatlari, integral diagnostikaga asoslangan baholash mezonlari, muloqot maydoni, shaxslararo masofa shkalasi va indeksiga oid takliflar ilgari surildi. Mazkur yondashuv asosida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va tarbiya subektlari o‘rtasidagi funksional hamkorlikni kuchaytirish imkoniyati yaratildi (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-oktyabr 03-33-2916-sonli ma’lumotnomasi). Natijalari maktab muhitida “o‘quvchi-pedagog”, “o‘quvchi-ota-ona” kabi ma’naviy-axloqiy munosabatlarni yaxshilashga xizmat qildi hamda “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”da nazarda tutilgan tarbiyaviy ta’sir vositalarini milliy kontekstda qo‘llashga ilmiy asos bo‘ldi;
o’quvchilar jamoasidagi ma’naviy muhit darajasini belgilovchi integral pedagogik ko‘rsatkichlar va shaxslararo muloqotda emotsional masofaning integral koeffisienti ta’siriga oid takliflar, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda, o‘quvchilarning o‘quv-tarbiya faoliyatini klaster texnologiyalari asosida takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, ma’naviy muhit va ma’naviy idealning belgilovchi roli va ahamiyatini asoslash orqali maktablarda ma’naviy-axloqiy hamkorlik qobiliyatini rivojlantirishning didaktik tizimi va metodik ta’minoti aniqlashtirildi. Xalq ta’limi tizimida tarbiyaviy ishlarga integrativ yondashuvni joriy etish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda qo‘llanildi (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 18-oktyabr 03-33-2916-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatmalar umumta’lim maktablarida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, shuningdek, “o‘quvchi–o‘quvchi”, “o‘quvchi–guruh”, “o‘quvchi–pedagogik jamoa”, “pedagog–pedagog”, “o‘quvchi–ota-ona” kabi ma’naviy-axloqiy munosabatlarni samarali rivojlantirish imkonini berdi;
pedagogik klaster yondashuvi asosida o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishga tayyorlash jarayoni takomillashtirildi. Tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kasbiy mahorat va akmeologik motivatsiya texnologiyalari orqali oshirildi. Darsga salbiy munosabatlarni aniqlash, tarbiya jarayonini samarali boshqarish uchun yangi yondashuvlar ishlab chiqildi. Maktab, oila, mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik usullari va mezonlari aniqlashtirildi. Ota-onalarning tarbiyaviy mas’uliyatini oshirish va maktab bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali ma’naviy-axloqiy munosabatlarning monitoringi amalga oshirildi. Shuningdek, "Oila pedagogikasi" darsligida oilaviy tarbiyaning ma’naviy-axloqiy aspektlariga e'tibor qaratildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi №429 buyrug‘i). Natijada, innovatsion ta’lim klasteri asosida maktablarda o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligi oshdi, tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash jarayoni samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarildi va maktab, oila, mahalla, davlat hamda nodavlat tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;
o‘quvchilarning darsga bo‘lgan salbiy munosabatlari sabablarini aniqlashga yo‘naltirilgan turli yondashuvlar orqali zamonaviy ta’lim klasteri sharoitida maktab, oila, mahalla, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan ishlash vositalari, shakllari, usullari, mezonlari aniqlashtirilgan, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-axloqiy munosabatlarini integral diagnostika vositasida rivojlantirish modeli hamda unda subektlar faoliyati funksiyalariga oid takliflaridan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida maʼnaviy-axloqiy munosabatlarni integral diagnostika vositasida rivojlantirish modeli hamda unda subektlar faoliyati funksiyalariga oid takliflardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston milliy tarbiya pedagogikasi instituti Qoraqalpog‘iston filiali A1-XT-O-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (14.10.2024-y. №410 raqamli ma’lumotnomasi) amaliy loyihasini bajarishda;
tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati umumta’lim maktablarida pedagogik klaster yondashuvi asosida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishning metodik asoslari, ma’naviy tarbiya mezonlari ishlab chiqilganligi, tarbiyalash usullari takomillashtirilganligi, maktablarda tashkil etiladigan to‘garaklar faoliyatini “Besh muhim tashabbus” asosida tashkil etish tuzilmasi takomillashtirilganligi bilan izohlanadi; o‘quvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlashga doir kompetensiyalarning aniqlashtirilganligi; ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonini samarali loyihalash mexanizmlarining takomillashtirilganligi; umumta’lim maktablari o‘quvchilarining axloqiy sifatlarini rivojlantirishning diagnostik tizimi ishlab chiqilganligi O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining ko‘rsatuv va radio eshittirishlarida (6-may 2025-yilgi 05-09-606-son xati) foydalanilgan. Natijada ota-onalarda oilada farzand tarbiyasi muammolariga echim topish maqsadida taklif va tavsiyalardan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.