Shodieva Gulrux Nazir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tilida so‘z turkumlari tasnifi va transpozisiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Fil14243 Ilmiy rahbar: Dusmatov Xikmatullo Xaitboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Vositov Valijon Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Mehrinigor Bahodirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tiliga oid so‘zlarni turkumlarga ajratishning tamoyil hamda tasniflarini qiyoslash, umumiy va farqli jihatlarini aniqlash, ushbu tillarda transpozisiya hodisasining namoyon bo‘lishini tadqiq etish va lingvistik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tilidagi mustaqil, yordamchi va alohida olingan so‘z turkumlari tasnifi va tasnif tamoyillari (semantik, morfologik, sintaktik) va ularning tipologik xususiyatlari asoslab berilgan;
o‘zbek va ingliz tilidagi so‘z turkumlari guruhlari, ularning umumiy mushtarak jihatlari, mustaqil, alohida va yordamchi so‘z turkumlarining farqli tomonlari qiyosiy tarzda dalillangan;
qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham transpozisiya hodisasi lisoniylashgan va lisoniylashmagan ko‘rinishda namoyon bo‘lishi, transpozisiya hodisasi orasida substantivatsiya va lisoniylashmagan – kontekstual turi nisbatan keng tarqalganligi lisoniy dalillar bilan isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tilida so‘zlarni turkumlarga ajratishda leksik-semantik, morfologik, sintaktik tamoyillar ustuvor ekanligi, so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosan ushbu tamoyillarga tayanilishi, o‘zbek tilshunosligida so‘zlarning o‘zaro birikishiga ko‘ra tasnifi tamoyili deyarli e’tiborga olinmasligi aniqlangan;
yordamchi so‘z turkumlarining o‘zaro (ko‘makchining bog‘lovchiga, bog‘lovchining yuklamaga, yuklamaning bog‘lovchiga) ko‘chishi lisoniy dalillar bilan asoslangan va bu birliklarda presuppozitiv ishora (yashirin ma’no) mavjudligi izohlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida so‘z turkumlarining tasnifi va transpozisiyasi mavzusi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tilidagi mustaqil, yordamchi va alohida olingan so‘z turkumlari tasnifi va tasnif tamoyillari (semantik, morfologik, sintaktik) va ularning tipologik xususiyatlari tavsiflangan dissertatsiyasi natijalari, taklif va tavsiyalaridan Respublika tojik milliy-madaniy markazi Farg‘ona viloyat bo‘linmasida 2022 yili 20 iyundan 20 dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1-raqamli loyihasini bajarishda foydalanilgan. Loyiha doirasida tadqiqotning o‘zbek va ingliz tilida ham transpozisiya hodisasi lisoniylashgan va lisoniylashmagan ko‘rinishda namoyon bo‘lishi, transpozisiya hodisasi orasida substantivatsiya va lisoniylashmagan – kontekstual turi nisbatan keng targanganligi bo‘yicha asoslangan nazariy xulosalari joriylangan (Respublika tojik milliy madaniy markazi Farg‘ona viloyat bo‘linmasining 2023-yil 16-noyabrdagi 60-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligi oshgan;
o‘zbek va ingliz tilidagi so‘z turkumlari guruhlari, ularning umumiy mushtarak jihatlari, mustaqil, alohida va yordamchi so‘z turkumlarining farqli tomonlari qiyosiy tahlillari, umumiy xulosa va tavsiyalardan Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining 2023-2024 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida, markazning yig‘ilish va seminarlarida, askiya va qiziqchilik bo‘yicha o‘tkazilgan respublika va xalqaro maqomdagi anjumanlarimizda amaliyotga tatbiq etildi. Xususan, dissertatsiyaning o‘zbek va ingliz tilidagi so‘z turkumlari guruhlari, ularning o‘ziga xos, umumiy mushtarak jihatlari va farqli tomonlari yuzasidan asoslangan ilmiy taklif va tavsiyalardan “Mahorat maktablari” mashg‘ulotlarida, viloyatlar bo‘ylab uyushtirilgan gastrol` safarlari doirasida hamda “Ustoz-shogird” ishlari doirasida amaliy foydalanilgan (Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining 2024 yil
19 avgustdagi 225-son ma’lumotnomasi). Natijada Shodieva Gulrux Nazir qizining fikr-mulohazalari, xulosa va tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligi oshgan;
qiyoslanayotgan har ikkala tilda ham transpozisiya hodisasi lisoniylashgan va lisoniylashmagan ko‘rinishda namoyon bo‘lishi, transpozisiya hodisasi orasida substantivatsiya va lisoniylashmagan – kontekstual turi nisbatan keng tarqalganligi haqidagi lisoniy dalillar va xulosalardan Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti talabalariga o‘zbek va ingliz tillari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda amaliyotga tatbiq etilgan. Tadqiqotchining dissertatsiyasi mazmunini qamragan maqola va tezislaridan qiyosiy tilshunoslik ilmi bo‘yicha magistrantlar, aspirantlar va doktorantlarning ilmiy tadqiqot ishlarida, ilmiy seminarlarda foydalanib kelingan. Zamonaviy o‘zbek va ingliz tillarining morfologiyasiga oid darslik va qo‘llanmalar, jumladan, o‘zlashma so‘zlar o‘quv lug‘atini yaratish uchun xizmat qilishi isbotlangan (Tojikiston Respublikasi fan va ta’lim vazirlogi akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2024 yil 23 sentyabrdagi 01/5169-son ma’lumotnoma). Natijada ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mazmundorligi va sifati oshgan;
o‘zbek va ingliz tilidagi so‘zlarni turkumlarga ajratishda leksik-semantik, morfologik, sintaktik tamoyillar ustuvor ekanligi, so‘zlarni turkumlarga ajratishda asosan ushbu tamoyillarga tayanilishi yuzasidan bildirilgan xulosa va ilmiy natijalaridan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va mul`timedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi
IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 6-martdagi 1/04-191-son ma’lumotnomasi). Natijada Shodieva Gulrux Nazir qizining fikr-mulohazalari, xulosa va tavsiyalari asosida mazkur lug‘atning ilmiy-nazariy jihatlari takomillashgan.