Uzoqboev Xojiakbar Qobuljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika yo‘nalishi talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped6589
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nodira Alisherovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Satarov Aleksandr Xoshimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Egamberdiya Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika yo‘nalishi talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tarixiy yondashuv asosida talabalarning ilmiy pedagogik bilimlariga oid ta’limot va nazariyalarni chuqur tadqiq qilish asosida mazmunan boyitilgan, o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari, omillari va rivojlantirish bosqichlariga oid tarixiy tajribalar yig‘indisini umumpedagogik talablar bilan zamonaviy innovatsion kompetensiyaviy yondashuvlarning retrospektiv jihatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish aksiologik, akmeologik, interfaol, muammoli, sinergetik hamda kreativ yondashuv g‘oyalari asosida mazkur jarayonni tashkil etishning nazariyasi, metodik, pedagogik shart-sharoitlari va refleksiv boshqaruv omillari (tarixiy-pedagogik, texnologik, diagnostik va kasbiy)ning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida rivojlantirish modeli, pedagogik faoliyatga doir izchil, maqsadli, metodik, kommunikativ, tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) kabi ta’lim vositalari va innovatsion (interfaol, muammoli, kesy, refleksiv) texnologiyalar vositasida mazkur jarayonlarning yangi o‘qitish metodikasini ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ilmiy-pedagogik faoliyatini tarixiy yondashuv asosida tashkil etish komponentlarni (mazmun va talablari, protsessual asoslari, metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari) mohiyati tarixiy-metodik o‘qitish usullari (manbalar tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspektlari, muhokama va munozara, tahlil qilish, strategik tahlil qilish) hamda amaliyotda joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika yo‘nalishi talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirishning nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqot natijalari asosida:
tarixiy yondashuv asosida talabalarning ilmiy pedagogik bilimlariga oid ta’limot va nazariyalarni chuqur tadqiq qilish asosida mazmunan boyitilgan, o‘qitishning mazmun-mohiyati, pedagogik-psixologik xususiyatlari, omillari va rivojlantirish bosqichlariga oid tarixiy tajribalar yig‘indisini umumpedagogik talablar bilan zamonaviy innovatsion kompetensiyaviy yondashuvlarning retrospektiv jihatlarini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid metodik tavsiya va takliflar “Umumiy pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyatlar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №656571-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishi talabalarining ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirishning mazmuni va pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
talabalarning ilmiy-pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish aksiologik, akmeologik, interfaol, muammoli, sinergetik hamda kreativ yondashuv g‘oyalari asosida mazkur jarayonni tashkil etishning nazariyasi, metodik, pedagogik shart-sharoitlari va refleksiv boshqaruv omillari (tarixiy-pedagogik, texnologik, diagnostik va kasbiy)ning o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiualardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-uil 7-apreldagi №10/175-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish mexanizmlarini mustahkamlashga erishilgan;
talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida rivojlantirish modeli, pedagogik faoliyatga doir izchil, maqsadli, metodik, kommunikativ, tarixiy refleksiya tamoyillariga tayangan holda integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) kabi ta’lim vositalari va innovatsion (interfaol, muammoli, keys, refleksiv) texnologiyalar vositasida mazkur jarayonlarning yangi o‘qitish metodikasini ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish asosida takomillashtirishga doir metodik tavsiualaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil dekabr va 2025-yil mart oylaridagi “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” dasturlarini tashkil etish va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-uil 26-martdagi №05-09-372-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishi talabalarning ilmiy pedagogik bilimlarini tarixiy yondashuv asosida takomillashtirish modelini modifikatsiya qilishga erishilgan.
talabalarning ilmiy-pedagogik faoliyatini tarixiy yondashuv asosida tashkil etish komponentlarni (mazmun va talablari, protsessual asoslari, metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari) mohiyati tarixiy-metodik o‘qitish usullari (manbalar tahlili, tarixiy vaqtning muayyan aspektlari, muhokama va munozara, tahlil qilish, strategik tahlil qilish) hamda amaliyotda joriy etish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan KA107/2022-2023-raqamli “Erasmus+mobility program” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 27-martdagi №11-05-1877/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika yo‘nalishi talabalarida ilmiy pedagogik bilimlarni rivojlantirishning didaktik asoslari mustahkamlash va metodik imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.