Davletova Zuhra Ikromboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gumin kislotosi va makroelementlar asosida yaratilgan Naykl preparatining g‘o‘zadagi samaradorligini o‘rganish”, 06.01.08-O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx 667.
Ilmiy rahbar: Abdualimov Shuxrat Xamadullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Saidmurod Kimsanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida mineral o‘g‘itsiz va o‘g‘itlar bilan parvarishlangan g‘o‘zada gumin kislotasi va makroelementlardan iborat Naykl stimulyatorini turli muddat va me’yorlarda qo‘llashning chigit unib chiqishiga, o‘simlik jadal o‘sib rivojlanishiga, fiziologik jarayonlariga, paxta hosili va tola sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida mineral o‘g‘itsiz va o‘g‘itlar bilan parvarishlangan g‘o‘zada Naykl stimulyatorini maqbul qo‘llash muddatlari va me’yorlari ilmiy asoslangan;
mineral o‘g‘itsiz va o‘g‘itli sharoitda chigitga ekish oldidan Naykl stimulyatori bilan 4,0 l/t me’yorda ishlov berilganda nihollarning unib chiqishi 6,8-11,5% tezlashgan, g‘o‘zaning shonalash davrida 1,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga va hosil tugish davrida 3,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda o‘simlikning o‘sib rivojlanishi jadallashib, 1-chin barg chiqishi 1-2 kunga, 3-4 chin barg chiqishi 1-3 kunga, shonalash davri 1-2 kunga, gullash davri 1-3 kunga, ko‘saklarning ochilishi 2-5 kunga tezlashishi aniqlangan;
mineral o‘g‘itsiz parvarishlangan g‘o‘zaga Naykl qo‘llanganda g‘o‘zaning bo‘yi 7,0-13,3 sm baland, hosil shoxlar soni 0,7-2,7 dona va ko‘saklari 1,7-3,7 donaga ortib, ochilishi 9,6-15,0% tezlashgan, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda o‘simlik bo‘yi 2,4-5,5 sm, hosil shoxlar soni 0,5-0,7 dona, ko‘saklari 1,6-4,0 donaga, ochilishi 2,6-9,5% ga yuqori bo‘lishi aniqlangan;
pishish davrida bir tup g‘o‘za barg yuzasi 156,0-276,8 sm2, barg soni 1,6-3,3 dona, barg og‘irligi 6,2-9,1 g, bitta barg vazni 0,08-0,18 g, fotosintez sof mahsuldorligi shonalash-gullash davrida sutkasiga 0,44-2,32 g/m2, gullash-pishish davrida 0,71-1,76 g/m2 ortgan va hosil elementlarining to‘kilishi mineral o‘g‘itsiz sharoitda 7,4-12,3%, mineral o‘g‘itlar qo‘llanganda 4,9-8,3% kamaygani aniqlangan;
g‘o‘za mineral o‘g‘itsiz o‘stirilganda va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilganda Naykl stimulyatorini qo‘llash o‘g‘itsiz sharoitda 34,5 s/ga, mineral o‘g‘itlar qo‘llanganda 40,6 s/ga paxta hosilini etishtirish va 5,4-6,1 s/ga qo‘shimcha hosil olish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zani mineral o‘g‘itsiz va mineral o‘g‘itlar bilan parvarishlashda Naykl stimulyatorini qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“G‘o‘zani mineral o‘g‘itlar va o‘g‘itlarsiz etishtirishda Naykl stimulyatorini qo‘llash bo‘yicha” tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 3 iyuldagi 05/04-04-301-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma, bugungi kunda paxtachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. 
G‘o‘za mineral o‘g‘itlar bilan N-200, P-140 va K-100 kg/ga me’yorlarda oziqlantirib, Naykl stimulyatorini chigitga 4,0 l/t, shonalash davrida 1,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga, hosil tugish davrida 3,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “GARDEN ECO PLYUS” f/x 10,0 ga, PSUEAITI Namangan ilmiy tajriba stansiyasida 10,0 ga, PSUEAITI Jizzax ilmiy tajriba stansiyasida 3,0 ga, PSUEAITI Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida 5,0 ga, PSUEAITI Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida 5,0 ga, jami 33 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 3 iyuldagi 05/04-04-301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘za nihollari unib chiqishi 12-15% tezlashib, o‘simlik bo‘yi 5-6 sm baland, hosil shoxlari 1-2 donaga, ko‘saklar soni 2-3 donaga ortgan va hosildorlik 35,0-40,6 s/ga ni tashkil qilib, qo‘shimcha 3,0-6,1 s/ga hosil olishga erishilgan va gektardan 14102,7 ming so‘m sof daromad olingan holda rentabelligi 73,8%ni tashkil etgan hamda odatiy texnologiyada parvarishlangan g‘o‘zaga nisbatan gektariga 3197,5 ming so‘m ko‘proq daromad olishga va rentabellik darajasi 10,8 % ortishiga erishilgan.
G‘o‘za mineral o‘g‘itlarsiz etishtirilganda Naykl stimulyatori bilan chigitga ekish oldidan 4,0 l/t me’yorda ishlov berish va g‘o‘zaning shonalash davrida 1,0 l/ga, gullash davrida 2,0 l/ga, hosil tugish davrida 3,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash PSUEAITI markaziy tajriba xo‘jaligida 1,0 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2024 yil 3 iyuldagi 05/04-04-301-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning bo‘yi 65,4 sm, hosil shoxlar soni 11,7 dona, ko‘saklar soni 9,8 donani tashkil etib, 34,5 s/ga hosil etishtirilgan va qo‘shimcha 5,4 s/ga hosil olinib, mineral o‘g‘itlarga sarflanadigan 4745,2 ming so‘m iqtisod qilingan va gektariga 14898,4 ming so‘m daromad olinib, rentabellik darajasi 111,8 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish