Qudratxo‘jaeva Shaxnozaxon Shavkatilla qizining
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda surunkali buyrak kasalliklarida nevrologik asoratlarning klinik-paraklinik xususiyatlari»,14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib3555.
Ilmiy rahbar: Saidxodjaeva Saida Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuradovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axrorova Shaxlo Botirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda klinik-nevrologik xususiyatlar va nevrologik asoratlarning rivojlanishini prognoz qiluvchi xavf omillarini aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanish darajasi va tomirlar kal`sifikatsiyasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi sababli astenonevrotik sindromli bemorlarda kasallik 3 yilgacha, ensefalopatiya sindromli bolalarda - 5 yil va periferik neyropatiya sindromli bolalarda - 3-5 yil va 5 yildan ortiq davom etganligi aniqlangan;
 surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda uremik ensefalopatiya rivojlanishi sababli aralashgan va aksonal  tabiatli nervlarning shikastlanishi, subaraxnoidal bo‘shliq va qorincha tizimining kengayishi, prevenrikulyar leykomalyasiya va kichik subkortikal ishemiya o‘choqlari, qadoqli tana va miyacha gipotrofiyasi kuchli bosh og‘rig‘i simptomlari bilan kechishi aniqlangan;
ilk bor gemodializ amaliyoti o‘tkazilgan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda buyrak nefronlari va quloq bo‘shlig‘i xujayralarida o‘hshash jarayon kechishi natijasida talvasa sindromi, neyrosensor karlik xamda kognitiv buzilishlar rivojlanishi isbotlangan;
gemodializ amaliyoti o‘tkazilgan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda aksonal degradatsiyasi yaqqol ifodalanganligi sababli dializ polineyropatiyasi rivojlanib, qo‘zg‘aluvchanlik tarqalish tezligi va M-amplitudaning javobi pasayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:            
Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemor bolalarda elektrofiziologik va neyrovizualizatsion tekshiruvlar orqali klinik va paraklinik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanish darajasi va tomirlar kal`sifikatsiyasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi sababli astenonevrotik sindromli bemorlarda kasallik 3 yilgacha, ensefalopatiya sindromli bolalarda - 5 yil va periferik neyropatiya sindromli bolalarda - 3-5 yil va 5 yildan ortiq davom etishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 8-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda surunkali buyrak kasalligida polineyropatiya sindromining erta tashxisini maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 10-son buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 23-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 11 apreldagi 00074-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanishi astenonevrotik, ensefalopatiya  va periferik neyropatiya sindromlari bilan namoyon bo‘lishi, CBK davomiyligi astenonevrotik sindromli bemorlarda ko‘pincha  3 yilgacha, ensefalopatiya sindromli bemorlarda asosan 5 yildan ortiq, periferik neyropatiya sindromi bilan kechayotgan bemorlar orasida ko‘pgina hollarda "3-5 yil" va "5 yildan ortiq" bo‘lishi mutaxassislar tomonidan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda nevrologik asoratlarni erta tashxislashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanishga va nevrologik nuqsonlarni korreksiyalash, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish uchun bemorlarni boshqarishning samarali algoritm va taktikani qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanishi astenonevrotik, ensefalopatiya  va periferik neyropatiya sindromlari bilan namoyon bo‘lishi, surunkali buyrak kasalligi davomiyligi astenonevrotik sindromli bemorlarda ko‘pincha  3 yilgacha, ensefalopatiya sindromli bemorlarda asosan 5 yildan ortiq, periferik neyropatiya sindromi bilan kechayotgan bemorlar orasida ko‘pgina hollarda "3-5 yil" va "5 yildan ortiq" bo‘lishini e’tiborga olish kasallikni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlardan (MRT) voz kechish hisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 290000 so‘m, 140 nafar bemorga 40600000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanishi astenonevrotik, ensefalopatiya va periferik neyropatiya sindromlari bilan namoyon bo‘lishi, CBK davomiyligi astenonevrotik sindromli bemorlarda ko‘pincha 3 yilgacha, ensefalopatiya sindromli bemorlarda asosan  5 yildan ortiq, periferik neyropatiya sindromi bilan kechayotgan bemorlar orasida ko‘pgina hollarda "3-5 yil" va "5 yildan ortiq" bo‘lishi isbotlanib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 290000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bolalarda uremik ensefalopatiya rivojlanishi sababli aralashgan va aksonal  tabiatli nervlarning shikastlanishi, subaraxnoidal bo‘shliq va qorincha tizimining kengayishi, prevenrikulyar leykomalyasiya va kichik subkortikal ishemiya o‘choqlari, qadoqli tana va miyacha gipotrofiyasi kuchli bosh og‘rig‘i simptomlari bilan kechishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 8-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda surunkali buyrak kasalligida polineyropatiya sindromining erta tashxisini maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 10-son buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 23-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 11 apreldagi 00074-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: SBK bilan og‘rigan bolalarda aralashgan va aksonal  tabiatli nervlarning shikastlanishi, subaraxnoidal bo‘shliq va qorincha tizimining kengayishi, prevenrikulyar leykomalyasiya va kichik subkortikal ishemiya o‘choqlari, qadoqli tana va miyacha gipotrofiyasi uremik ensefalopatiya rivojlanishi sababli, kuchli bosh og‘rig‘i simptomlari bilan kechishi aniqlangaishi nevrolog, pediatr va bolalar nefrologi mutaxassislari tomonidan SBK bo‘lgan bolalarda asab tizimining shikastlanishini erta tashxislashda o‘ziga xos elektrofiziologik va neyrovizulyasion diagnostik mezonlardan foydalanishga hamda bemorlarni boshqarishning samarali taktikasini qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda CBKning dastlabki bosqichlarida elektroensefalografiyada bemorlar yoshiga mos davriy o‘tkir to‘lqinlar va yuqori chastota diapazonida ritm assimilyasiyasi bilan kechadigan fonlik bioelektrik faollik ritmlari aniqlanishi, keyingi bosqichlarda stimulyasiyaga reaktivlikning pasayishi, teta to‘lqin faolligining ustunligi bilan ritmning sekinlashishi, mahalliy va bilateral-sinxron tabiatga ega bo‘lgan epifenomenlar, asimptomatik, simptomatik va nogironlashtiruvchi neyropatiya, aralashgan  va aksonal  tabiatli nervlarning shikastlanishi, engildan og‘ir darajasigacha bo‘lgan subaraxnoidal bo‘shliq va qorincha tizimining kengayishi, PVL va kichik subkortikal ishemiya o‘choqlari, qadoqli tana va miyacha gipotrofiyasi aniqlanishi orqali kasallikni tashxislash muddatini qisqartirish hamda samarali bemorlarni olib borish taktikasini begilash imkonini yaratgan. Xulosa: bolalarda CBKning dastlabki bosqichlarida elektroensefalografiyada bemorlar yoshiga mos davriy o‘tkir to‘lqinlar va yuqori chastota diapazonida ritm assimilyasiyasi bilan kechadigan fonlik bioelektrik faollik ritmlari aniqlanishi, keyingi bosqichlarda stimulyasiyaga reaktivlikning pasayishi, teta to‘lqin faolligining ustunligi bilan ritmning sekinlashishi, mahalliy va bilateral-sinxron tabiatga ega bo‘lgan epifenomenlar, asimptomatik, simptomatik va nogironlashtiruvchi neyropatiya, aralashgan va aksonal  tabiatli nervlarning shikastlanishi, engildan og‘ir darajasigacha bo‘lgan subaraxnoidal bo‘shliq va qorincha tizimining kengayishi, PVL va kichik subkortikal ishemiya o‘choqlari, qadoqli tana va miyacha  gipotrofiyasi aniqlanishi orqali kasallikni tashxislash muddatini qisqartirish hamda samarali bemorlarni olib borish taktikasini begilash orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 55000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor gemodializ amaliyoti o‘tkazilgan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda buyrak nefronlari va quloq bo‘shlig‘i xujayralarida o‘hshash jarayon kechishi natijasida talvasa sindromi, neyrosensor karlik xamda kognitiv buzilishlar rivojlanishi isbotlanligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 8-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda surunkali buyrak kasalligida polineyropatiya sindromining erta tashxisini maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 10-son buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 23-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 11 apreldagi 00074-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon bosimining oshishi, mochevina miqdorining oshishi  va D vitamini miqdorining pasayishi bosh miyaning yaqqol namoyon bo‘ladigan shikastlanishiga olib kelishi, periferik neyropatiyaning I bosqichi diagnostikasida qon zardobida paratgormon sezuvchanligiva o‘ziga xosligining  sezilarli darajada ishonchli oshishi,  periferik neyropatiyaning II bosqichi diagnostikasida kreatinin, mochevina, kaliy, EChT, ferritin  va paratgormon ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati, qon bosimining oshishi, o‘tkazilgan gemodializ amaliyoti, kreatinin, mochevina, kaliy, kalsiy va paratgormon hamda neyrosensor karlikning rivojlanishi o‘rtasida ishonchi korrelyasiyaning mavjudligi nevrolog, pediatr va bolalar nefrologi mutaxassislari tomonidan SBK bo‘lgan bolalarda nevrologik asoratlarni erta tashxislashda o‘ziga xos klinik va laborator bashoratlovchi belgilardan foydalanish hamda bemorlarni boshqarishning samarali taktikasini qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qon bosimining oshishi , mochevina miqdorining oshishi  va D vitamini miqdorining pasayishi bosh miyaning yaqqol namoyon bo‘ladigan shikastlanishiga olib kelishi, periferik neyropatiyaning I bosqichi diagnostikasida qon zardobida paratgormon sezuvchanligi  va o‘ziga xosligining sezilarli darajada ishonchli oshishi,  periferik neyropatiyaning II bosqichi diagnostikasida kreatinin , mochevina , kaliy, EChT, ferritin va paratgormon ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati, qon bosimining oshishi, o‘tkazilgan gemodializ amaliyoti, kreatinin, mochevina, kaliy, kalsiy va paratgormon hamda neyrosensor karlikning rivojlanishi o‘rtasida ishonchi korrelyasiyaning mavjudligi isbotlanishi orqali kasallikni tashxislash muddatini qisqartirish hamda SBK bo‘lgan bemorlarni samarali boshqarish imkonini yaratgan (BMTM klinikasining preyskurantiga ko‘ra bemorning klinikada bir kunlik harajati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi, erta tashxislash va davolash taktikasini belgilash natijasida 140 nafar bemor hisobidan 151200000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi). Xulosa: qon bosimining oshishi, mochevina miqdorining oshishi va D vitamini miqdorining pasayishi bosh miyaning yaqqol namoyon bo‘ladigan shikastlanishiga olib kelishi, periferik neyropatiyaning I bosqichi diagnostikasida qon zardobida paratgormon sezuvchanligi va o‘ziga xosligining sezilarli darajada ishonchli oshishi,  periferik neyropatiyaning II bosqichi diagnostikasida kreatinin, mochevina, kaliy, EChT, ferritin va paratgormon ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati, qon bosimining oshishi, o‘tkazilgan gemodializ amaliyoti, kreatinin, mochevina, kaliy, kalsiy va paratgormon hamda neyrosensor karlikning rivojlanishi o‘rtasida ishonchi korrelyasiyaning mavjudligi isbotlanishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 120000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 225000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gemodializ amaliyoti o‘tkazilgan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda aksonal degradatsiyasi yaqqol ifodalanganligi sababli dializ polineyropatiyasi rivojlanib, qo‘zg‘aluvchanlik tarqalish tezligi va M-amplitudaning javobi pasayishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 8-son yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bolalarda surunkali buyrak kasalligida polineyropatiya sindromining erta tashxisini maqbullashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 10-son buyruq hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bo‘yicha 06.02.2025 yildagi 23-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ilmiy texnik Kengashining 2025 yil 11 apreldagi 00074-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: gemodializ amaliyoti o‘tkazilgan bolalarda aksonal degradatsiyasi yaqqol ifodalanganligi sababli dializ polineyropatiyasi rivojlanib, quzgaluvchanlik tarqalish tezligi va M-amplitudaning javobi pasayishi aniqlanishi surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarni boshqarishning samarali taktikasini qo‘llash imkonini beradi. Bunday bemorlarni boshqarish bo‘yicha tavsiya etilgan algoritm bemorlarda nevrologik nuqsonlarni korreksiyalagan, tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya jihatidan ijobiy natijalar bergan. Iqtisodiy samaradorligi: CBKning avj olishi natijasida bemorlarning hayot sifati yomonlashishi, periferik neyropatiya sindromi bo‘lgan bemorlarda boshqa sindromlarga nisbatan jismoniy va ijtimoiy faoliyatni  baholovchi subshkalalar ko‘rsatkichlarining pasayishi, gemodializdagi bolalarda ijtimoiy faoliyatni baholovchi subshkala bo‘yicha sezilarli darajada past ko‘rsatkichlar aniqlanishi bemorlarda kasallikni erta tashxislash va klinik kechishini bashoratlash samaradorligini 72,8%ga oshirgan. Buning negizida bemorlarning davolanishga qaratilgan pullik harajatlari 1,2 baravarga kamaygan. Xulosa: CBKning avj olishi natijasida bemorlarning hayot sifati yomonlashishi, periferik neyropatiya sindromi bo‘lgan bemorlarda boshqa sindromlarga nisbatan jismoniy va ijtimoiy faoliyatni  baholovchi subshkalalar ko‘rsatkichlarining pasayishi, gemodializdagi bolalarda ijtimoiy faoliyatni baholovchi subshkala bo‘yicha sezilarli darajada past ko‘rsatkichlar aniqlanishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 240000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish