Madrahimov Kamoliddin Ro‘zimbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4250.
Ilmiy rahbari: Djurabaev Otabek Djurabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Norov Asror Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiy sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chmas mulk bozorida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish
va iqtisodiy shaffoflikni ta’minlashda boshqaruv tizimidagi innovatsion texnologiyalar asosida noqonuniy qurilish obektlarini aniqlash va ularni avtomatik monitoring qilish mexanizmlarini joriy etish orqali mahalliy byudjet tushumlarini 12-15%ga oshirish taklifi asoslangan;
er va suv resurslaridan barqaror foydalanishni boshqarishda innovatsion texnologiyalar yordamida erlarning meliorativ holati va suv taqsimotini kuzatish aniqligini oshirish, suv tanqisligi va sho‘rlanish holatlarini oldindan bashorat qilish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (IChSqx = 10-13%) va yo‘qotishlarni kamaytirish (YKqx = 7-9%)ning miqdoriy chegaralari asoslangan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimida monitoring” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy jarayonlar, resurslar harakati va faoliyat natijalarini tizimli ravishda kuzatish, baholash va tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlarini tezkor, asosli va maqsadli qabul qilishni ta’minlashga xizmat qiluvchi, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va prognozlash asosida iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan doimiy va interaktiv axborot-talqin jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar asosida iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida tabiiy resurslardan samarali foydalanish darajasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiy sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
ko‘chmas mulk bozorida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish va iqtisodiy shaffoflikni ta’minlashda boshqaruv tizimidagi innovatsion texnologiyalar asosida noqonuniy qurilish obektlarini aniqlash va ularni avtomatik monitoring qilish mexanizmlarini joriy etish orqali mahalliy byudjet tushumlarini 12-15%ga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
20-maydagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 20-martdagi
12/20-03-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik joriy etilishi iqtisodiy sohalarda shakllantirilayotgan ma’lumotlarni aniqlik darajasi 85-90 foizgacha oshib, bu o‘z yo‘lida ma’lumotlarni yig‘ish uchun ketgan sarf xarajat va vaqtni kamaytirgan;
er va suv resurslaridan barqaror foydalanishni boshqarishda innovatsion texnologiyalar yordamida erlarning meliorativ holati va suv taqsimotini kuzatish aniqligini oshirish, suv tanqisligi va sho‘rlanish holatlarini oldindan bashorat qilish orqali qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish (IChSqx = 10-13%) va yo‘qotishlarni kamaytirish (YKqx = 7-9%)ning miqdoriy chegaralaridvn foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 20-martdagi 12/20-03-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil yanvar-oktyabr oylarida 8 ta viloyatda
56 521 gektar maydonning foydalanilmayotgani aniqlangan hamda xuddi shu davrda 86 107 gektar zaxira erlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 27 266 ta holat qayd etilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimida monitoring” tushunchasining iqtisodiy mazmunini iqtisodiy jarayonlar, resurslar harakati va faoliyat natijalarini tizimli ravishda kuzatish, baholash va tahlil qilish orqali boshqaruv qarorlarini tezkor, asosli va maqsadli qabul qilishni ta’minlashga xizmat qiluvchi, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va prognozlash asosida iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan doimiy va interaktiv axborot-talqin jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Ijro menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 26-iyundagi 211-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash
va prognozlash asosida iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirishga qaratilgan doimiy va interaktiv axborot-talqin jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimida monitoring” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar asosida iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ekonometrik model asosida tabiiy resurslardan samarali foydalanish darajasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 274-son qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil
va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 20-martdagi 12/20-03-24-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik joriy etilishi istiqbolda innovatsion texnologiyalar asosida iqtisodiy sohalardagi boshqaruv tizimini takomillashtirish asosida tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlashda asosiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkonini yaratgan.