Kushakov Fayzulla Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv jarayonida ilmiy-texnik taraqqiyotning ijtimoiy-falsafiy omillari” 09.00.04 – “Ijtimoiy falsafa”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal690.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultanovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tuychiev Berdiqul Turakulovich, falsafa fanlari doktori, professor, Telebaev Gaziz Turisbekovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Globallashuv jarayonlaridagi ilmiy-texnik taraqqiyotning inson va jamiyat hayotiga salbiy va ijobiy oqibatlarini taxlil qilib, ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-texnik taraqqiyot, jamiyat hayoti, inson ongi integrasiyalashuvining ijtimoiy-madaniy qadriyatlarga aloqador, inson o‘zligini anglashiga moyil vositalarini ssientizm va antissientizm tamoiylariga asoslanishining umumfalsafiy va metodologik ahamiyati ochib berilgan;
zamonaviy ilm-fan konsepsiyalari va ilmiy-texnik taraqqiyotning jamiyat va davlat institusional o‘zgarishlariga ta’sirining tizimlilik, izchillik, mantiqiylik, konstruktiv va destruktiv jihatlari ilmiy asoslangan;
ilmiy-texnik taraqqiyotning globallashuvi jamiyat va inson faoliyatining transformasiyalashuviga ta’sirining differensial va integratsion oqibatlari hamda ilmiy-texnikaviy inqilob bosqichlari progressivligiga aloqador, individual va maxsus belgilari orqali namoyon bo‘lishi dialektik metodlarga bog‘liqligi dalillangan;
globallashuv jarayonidagi ilmiy-texnik taraqqiyotning ijtimoiy (pozitiv va negativ) oqibatlari evristik falsafaning alohidalik, xususiylik, umumiylik kategoriyalarini o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, ularning ijtimoiy oqibatlarini texnika falsafasi kontekstida tadqiq etish zarurati ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ilmiy-texnik taraqqiyotning ijtimoiy-falsafiy tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
an’anaviy va texnogen sivilizasiyaning mutanosibligi sivilizasiya kelajagining bosh omili ekanligi O‘zbekiston madaniyatiga rivojiga ta’siri borasidagi xulosalaridan “Falsafa” va “Temir yo‘l transportida fuqaro muhofazasi” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-914-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijacida, texnogen sivilizasiya va inson ongining transformasiyalashuvi tushunchalariga doir umumfalsafiy va metodoligik tavsiyalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy metodologik asoslar bilan boyitishga xizmat qilgan;
ilmiy-texnik taraqqiyotlarning tasnifi qiyosiy tahlil etilgan va texnogen sivilizasiyaning ijtimoiy ong transformasiyasining ta’siri deduktik-nomologik tushuntirish natijalariga oid g‘oyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 20170930369 raqamli “Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 5 martdagi 02/022-238-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar uchun tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalar yaratishga xizmat qilgan;
texnogen sivilizasiya kashfiyot va ixtirolari inson tafakkurining cheksiz imkoniyatining mahsuli ekanligi va ulardan jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida foydalanishning barqarorlik harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining dasturlari va “Yo‘l xaritasi” va uni rivojlantirish bo‘yicha yo‘riqnomalarida aks etgan. (“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 fevraldagi 01/749-20-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida, temir yo‘l tizimida ko‘plab yosh mutaxassislarni innovasion texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish faolligini oshirishga xizmat qilgan;
texnologiyalarning tabiat ekologiyasiga ta’siri va ekologik tanglikdan chiqishda texnika imkoniyatlaridan foydalanishning zarurati kabi masalalarga doir fikr-mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasining “Munavvar soatlar” va “Bolalar davrasida” turkum ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” radiokanalining 2020 yil 9 martdagi 04/107-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlardagi texnika va texnologiyalardan foydalanishga doir ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlar mazmuni boyitishga erishilgan.