Toshov Xurshid Ilxomovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ongni manipulyasiyalashning argumentatsion mexanizmlari» 09.00.01 – «Ontologiya, gnoseologiya va mantiq».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fal 270.
Ilmiy maslahatchi: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna – falsafa fanlari doktori, professor, Karimov Baxtiyor Rahmonovich – falsafa fanlari doktori, professor, Suvanov Ilhom Abduxalilovich – falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ongni manipulyasiyalashning argumentatsion mexanizmlarini formal va noformal mantiq paradigmalari metodologiyasi komparativistik tahlili asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Asoslarning chinligi talabini buzish yokisun’iy tarzda unga rioya qilganlik effektini hosil qilishda yolg‘on asos keltirish hiylasining stiriotiplarga, sog‘lomfikrga, dogmalarga, isbotsiz bahoga, yolg‘on avtoretitga, noaniq statistikaga, samimiylikka tayangan holda dalillash kabi aksiomatik shakldagi hamda, faktlarni buzib ko‘rsatish turlaridan foydalanish orqali ularning jamoatchilik fikrini  chalg‘itish, dizinformatsiya tarqatish, norozilik kayfiyatini uyg‘otish kabi intensional manipulyativ funksiya bajarishi ochib berilgan.
“Uchinchisi istisno” qonunining kontradiktorlik munosabatidagi mulohazalarga nisbatan formal mantiqiy tizimlarda amal qiladigan formal talablariga rioya qilish, noformal mantiqiy tizimlarda amal qilmaydigan ma’noviy talablarga rioya qilmaslik orqali “nozidlik” qonuni talablarini buzgan holda, sun’iy tarzda  soxta dilemma hosil qilinib, tashkilotlar, menejmentdagi korporativ ziddiyatlar, geosiyosiy jarayonlardagi etno-konfessional konfliktlarni boshqarishda shuningdek, distruktiv mafkuralar targ‘ibot samaradorligini oshirishda  ongni manipulyasiyalashning argumentatsion mexanizmi sifatida tadbiq etilishi mumkinligi ilmiy asoslangan.
Tezisning chinligini tasdiqlovchi yoki, rad etuvchi argumentlarni saralashda relevantlik mezoni o‘rniga situativ-pragmatik yondashuvni ishlatish, ikkiyoqlama standart manipulyativ-mantiqiy hiylasining sinonimlardan foydalanish,iboralarni qayta shakllantirish, niqoblovchi effemizmlar,gradual nomlar, faktlarni noxolis talqin etish singari ko‘plab shakllarini qo‘llash, sud amaliyoti, ijtimoiy va shaxslararo kommunikatsiya, siyosiy bahslar va targ‘ibot jarayonlarida jamoatchilik fikrini chalg‘itish, yo‘nalishini keskin o‘zgartirish, raqib pozisiyasini qayta shakllantirish, qolaversa, ayni sofizmning reklamaviy tadbig‘i asosida iste’molchilarning tavar va xizmatlarga nisbatan ijobiy bahosini hosil qilib, xaridlar hajmini oshirish kabi manipulyativ oqibatlarga olib kelishi ochib berilgan.
Sababiy aloqadorlikni simulyasiyalash asosida hosil qilinadigan sud yoki nizoli kommunikativ vaziyatlardagi oqlash jarayonida “zarurat yoki imkonsizlikka dalil”, sarosima va xavotir uyg‘otish orqali g‘ayriixtiyoriy qarorlarni qabul qilish yoxut tavar va xizmatlarni sotib olishda “kelajakka dalil”, soxta xalq tabobati, tavarlari va xizmatlari, soxta tabiblar, folbinlar, bashoratchi munajjimlar, real va vertual tavakkalchilik o‘yinlari reklamalari hamda targ‘ibotida “Post hoc ergo propter hoc” shuningdek, uning “apofeniya shakli”, paranormal hodisalarning mavjudligini isbotlashda, maishiy va siyosiy-mafkuraviy ayblov jarayonlarida “bilimsizlikka dalil kabi kauzal dimonstrativ mantiqiy hiylalari samarador manipulyativ funksiya bajarishi oilmiy asoslangan.
Saylovoldi uchrashuvlari, xalq bilan muloqot jarayonlari, ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan kontentlarda mas’ullarga nisbatan qo‘llaniladigan “kambag‘allikka dalil”, oziq-ovqat mahsulotlari, dori va gegeena vositalari, qurilish va energetika tavarlari reklamalarida qo‘llaniladigan “tabiiylikka yoki naturalistik dalil”singari kvalitativ demonstrativ manipulyativ hiylalari narsa-hodisalarning sifati, belgisi hamda munosabatlariga doir mantiqiy aloqadorlikni simulyasiyalash orqali hosil qilinishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ongni manipulyasiyalashning argumentatsion mexanizmlari mavzusini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Asoslarning chinligi talabini buzish yoki sun’iy tarzda unga rioya qilganlik effektini hosil qilishda yolg‘on asos keltirish xiylasining stereotiplarga, sog‘lom fikrga, dogmalarga, isbotsiz bahoga, yolg‘on avtoritetga, noaniq statistikaga, samimiylikka tayangan holda dalillash kabi aksiomatik shakldagi hamda, faktlarni buzib ko‘rsatish  turlaridan foydalanish orqali ularning jamoatchilik fikrini  chalg‘itish, dezinformatsiya tarqatish, norozilik kayfiyatini uyg‘otish kabi intensional manipulyativ funksiya bajarishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars”, “Tadqiqot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 27-dekabrdagi 02-06-1366 - son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar ko‘rsatuv ssenariysining metodologik jihatdan takomillashishi hamda fuqarolarning dezinformatsiya va yolg‘on xabar manipulyativ effektlariga qarshi kurash haqidagi tasavvurlari kengayishiga xizmat qildi.
“Uchinchisi istisno” qonunining kontradiktorlik munosabatidagi mulohazalarga nisbatan formal mahtiqiy tizimlarda amal qiladigan formal talablariga rioya qilish, noformal mantiqiy tizimlardaamal qilmaydigan ma’noviy talablargarioya qilmaslik orqali “nozidlik” qonuni talablarini buzgan holda, sun’iy tarzda soxta dilemma hosil qilinib, tashkilotlar, menejmentdagi korporativ ziddiyatlar, geosiyosiy jarayonlardagi etno-konfessional konfliktlarni boshqarishda shuningdek, distruktiv mafkuralar targ'ibgt samaradorligini oshirishda ongni manipulyasiyalashning argumentatsion mexanizmi sifatida tadbiq etilishi mumkinligi tog‘risidagi xulosalar va dissertatsiyadagi boshqa bir qancha amaliy takliflardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining mafkura targ‘ibotini tadqiq etishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarida foydalanilgan. (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashilotlari milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 3-fevraldagi 01-037/25 - son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
Tezisning chinligini tasdiqlovchi yoki, rad etuvchi argumentlarni saralashda relevantlik mezoni o‘rniga situativ-pragmatik yondashuvni ishlatish, ikkiyoqlama standart manipulyativ-mantiqiy xiylasining sinonimlardan foydalanish, iboralarni qayta shakllantirish, niqoblovchi evfemizmlar, gradual nomlar, faktlarni noxolis talqin etish singari ko‘plab shakllarini qo‘llash, sud amaliyoti, ijtimoiy va shaxslararo kommunikatsiya, siyosiy bahslar va targ‘ibot jarayonlarida jamoatchilik fikrini chalg‘itish, yo‘nalishini keskin o‘zgartirish, raqib pozisiyasini qayta shakllantirish, qolaversa, ayni sofizmning reklamaviy tatbiqi asosida  iste’molchilarning tovar va xizmatlarga nisbatan ijobiy bahosini hosil qilib, xaridlar hajmini oshirish kabi manipulyativ oqibatlarga olib kelishi  to‘g‘risidagi xulosalar va dissertatsiyadagi boshqa bir qancha amaliy takliflardan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining Ijtimoiy tarmoqlarni tadqiq etishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarida foydalanilgan. (Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2025-yil 11-fevraldagi 1-16-29 - son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar, amaliy takliflar “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlarning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
Sababiy aloqadorlikni simulyasiyalash asosida hosil qilinadigan sud yoki nizoli kommunikativ vaziyatlardagi oqlash jarayonida “zarurat yoki imkonsizlikka dalil”, sarosima va xavotir uyg‘otish orqali g‘ayriixtiyoriy qarorlarni qabul qilish yoxud Tovar va xizmatlarni sotib olishda “kelajakka dalil”, soxta xalq tabobati, tovarlari va xizmatlari, soxta tabiblar, folbinlar, bashoratchi munajjimlar, real va virtual tavakkalchilik o‘yinlari reklamalari hamda targ‘ibotida “Post hoc ergo propter hoc” shuningdek, uning “apofeniya shakli,”, paranormal hodisalarning mavjudligini isbotlash, shuningdek, maishiy va siyosiy-mafkuraviy ayblov jarayonlarida “bilimsizlikka dalil kabi kauzal demonstrativ mantiqiy hiylalari samarador manipulyativ funksiya bajarishi to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining sohaga oid hukumat qaror, farmon va farmoyishlarining ijrosiga oid targ‘ibot ishlarini tashkil etishda mazkur dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 23-yanvardagi 1-16-21-352 - son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar mazkur yo‘nalishlar amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
saylovoldi uchrashuvlari, xalq bilan muloqot jarayonlari, ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan kontentlarda mas’ullarga nisbatan qo‘llaniladigan “kambag‘allikka dalil”, oziq-ovqat mahsulotlari, dori va gegeena vositalari, qurilish va energetika tavarlari reklamalarida qo‘llaniladigan “tabiiylikka yoki naturalistik dalil” singari kvalitativ demonstrativ manipulyativ hiylalari narsa-hodisalarning sifati, belgisi hamda munosabatlariga doir mantiqiy aloqadorlikni simulyasiyalash orqali hosil qilinishi ochib berilganligi borasidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviyma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon,ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 18-bandi “G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning ta’sirini tadqiq qilish, zamonaviy raqamli targ‘ibot texnologiyalarini qo‘llash borasida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish uchun ilmiy jamoalarni xorijga yuborish yuzasidan takliflar tayyorlash” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 24-fevraldagi 10/93 - son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar fuqarolarning huquqiy ongi va media savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish