Safarov Maqsudali Kamol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Bakr ar-Roziy ilmiy merosining falsafiy tahlili (“Tibb ur-ruhoniy” va “Siyrat ul-falsafa” asarlari misolida), 09.00.03 –Falsafa tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PHD/ Fal1099
Ilmiy rahbar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Xo‘jaev Mo‘minjon Isoxonovich falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Bakr ar-Roziyning falsafiy-axloqiy qarashlarini «Tibb ur-ruhoniy» (“Ruhiy tabobat”) va “Siyrat ul-falsafa” («Falsafiy turmush tarzi») asarlari orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Bakr ar-Roziy axloqiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan moniylik, mazdakiylik va mu’taziliy ta’limotlarning mazmuni ilk bor evolyusion-metodologik asosda ochib berilib, ularning diniy-falsafiy tafakkur va ijtimoiy boshqaruvdagi epistemologik izchiligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
Abu Bakr ar-Roziyning “Tibb ur-Ruhoniy” asaridagi axloqiy g‘oyalar ilk bor zamonaviy etik tafakkur bilan qiyosiy tahlil asosda o‘rganilib, ularning aktual metodologik ahamiyati aniqlangan;
Abu Bakr ar-Roziyning “Tibb ur-Ruhoniy” asardagi axloqiy kategoriyalarning Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasi, globallashuv sharoitidagi axloqiy kompetensiyalar va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan me’yorlar tizimi ilmiy asosda dalillangan.
Abu Bakr ar-Roziyning «Siyrat ul-falsafa asari orqali chinakam falsafiy hayotning qanday bo‘lishi kerak ekanligi, kiyinish odoblari, mol-mulk to‘plashga, ovqat va ichimlikka, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi kamolot mezonlari tizimi yoshlar xulq-atvori, intellektual, axloqiy, professional, kreativ fikrlash, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi bilan bog‘liq akseologik, falsafiy yondashuvlar jamiyatda qabul qilingan normalar va me’yorlar asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Bakr ar-Roziy axloqiy-falsafiy qarashlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan moniylik, mazdakiylik va mu’taziliy ta’limotlarning mazmuni ilk bor evolyusion-metodologik asosda ochib berilib, ularning diniy-falsafiy tafakkur va ijtimoiy boshqaruvdagi epistemologik izchiligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan Sharq va G‘arb diniy-falsafiy tafakkurida axloq va aql uyg‘unligi borasidagi g‘oyalarni targ‘ib etishda Abu Bakr ar-Roziyning “Ruhiy tabobat” taʼlimoti borasidagi tahlillardan, takliflar, amaliy tavsiya va ilmiy xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yillik rejaga muvofiq o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati” mavzularidagi davra suhbatlari hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilib, ko‘zlangan samarani berdi. Bugungi global ma’naviy tahdidlar avj olgan zamonda ar-Roziy dunyoqarashining mazkur jihati yanada muhim ahamiyat kasb etishi, nazariy va amaliy jihatlari ochib berilganligi diqqatga sazovor (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025 yil 18-martdagi 01-07/42-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan Sharq va G‘arb diniy-falsafiy tafakkurida axloq va aql uyg‘unligi borasidagi g‘oyalarni targ‘ib etishda muhm manba bo‘lib xizmat qilgan.
Abu Bakr ar-Roziyning “Tibb ur-Ruhoniy” asaridagi axloqiy g‘oyalar ilk bor zamonaviy etik tafakkur bilan qiyosiy tahlil asosda o‘rganilib, ularning aktual metodologik ahamiyati aniqlangan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan turli xil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” hamda mazkur yo‘nalishning 28-bandi “Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzuilaridagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda ma’naviyat, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdas axloqning o‘rni,radikalizm va ekstremizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi faoliyatini tashkil etishda hamda respublikadagi ma’naviy-ma’rifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini yuksaltirish, dinlar va madaniyatlarning o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashda diniy-ma’rifat va ilm-fanning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025 yil 18-martdagi 10/137-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya xulosalar mamlakatimizda ma’naviyat, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda axloqning o‘rni, radikalzm va ekstremizmga qarshi kurash yo‘nalishidagi faoliyatini tashkil etishda hamda respublikadagi ma’naviy-marifiy soha targ‘ibotchilari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Abu Bakr ar-Roziyning “Tibb ur-Ruhoniy” asardagi axloqiy kategoriyalarning Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasi, globallashuv sharoitidagi axloqiy kompetensiyalar va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanish uchun zarur bo‘lgan me’yorlar tizimi ilmiy asosda dalillangan. Bugungi kunda jahonda globallashuv tendensiyasi keskin tus olib, xalqlarning milliy mental xususiyatlari va uning lokal sivilizatsiyalariga nisbatan tahdidlar oshib borayotgan bir davrda jamiyat ma’naviy hayotida kerak bo‘ladigan axloqiy kategoriyalar nazariy tahlil qilinib ochib berilgan.Jamiyatda insonlar hayotida uchraydigan axloqiy kategoriyalar qanchalik muhim ekanligi ularni bartaraf qilish va yuksaltirish borasidagi fikrlar dolzarbligini yo‘qotmagan. Axloq borasidagi fikrlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi nomli ensiklopediyasi”ni tayyorlashda hamda markaz tomonidan amalga oshirilgan davra suhbatlarini o‘tkazishda, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025 yil 13 fevraldagi 02/63 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomondan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi nomli ensiklopediyadasi” ni tayyorlashda hamda markaz tomonidan amalga oshirigan davra suhbatlarini o‘tkazishda, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda xizmat qilgan.
Abu Bakr ar-Roziyning «Siyrat ul-falsafa asari orqali chinakam falsafiy hayotning qanday bo‘lishi kerak ekanligi, kiyinish odoblari, mol-mulk to‘plashga, ovqat va ichimlikka, hamjihatlik va ma’rifatga undovchi kamolot mezonlari tizimi yoshlar xulq-atvori, intellektual, axloqiy, professional, kreativ fikrlash, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi bilan bog‘liq akseologik, falsafiy yondashuvlar jamiyatda qabul qilingan normalar va me’yorlar asosida ochib berilgan. Ar-Roziy falsafiy dunyoqarashi, ularning qalb va ong borasidagi qarashlariga doir ilmiy-tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 18-fevraldagi 01-33-81-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surlgan taklif va tavsiyalar “ O‘zbekiston tarixi” telekanlida ayrim ko‘rsatuvlarning ssenariysini shakllantirishda xizmat qilgan.